Lesgaft Pvotr Fransevich (1837-1909) pedagog, olim va Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning eng faol ijodkori, jismoniy tarbiya ilmiy sistemasining asoschisidir. U o'zining ilmiy asarlarida jismoniy tarbiya jarayonining hamma tomonlarini aks ettirgan. 1861-yilda meditsina-xirurgiya akademiyasini tamomlagan va shu akademiyaning o‘zida anatomiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshlagan.
50
P.F.Lesgaft 1865-yillarda birin-ketin ikkita dissertatsiya yoqladi hanida meditsina doktori va xirurgiya doktori degan ilmiy darajalami olgan. Lesgaft dissertatsiyalar tayyorlayotgan vaqtidayoq antropo- logiyani odani haqidagi fan sifatida keng ma’noda tushundi va uni o'rganishga kirishgan edi. Xuddi^ shu vaqtning o'zida u odam organizmining taraqqiy etish nazariyasi asoslari ustida ham ishlay boshlagan.
Lesgaft mashqlami butun organizmni va uning ayrim qismlarini taraqqiy ettiruvchi yagona vosita deb bilgan. Gavdaning barcha a'zolarini uyg'un ravishda mashq qildirilganda, organizm juda yaxshi taraqqiy etadi. Bu narsa Lesgaflni, jlsmoniy tarbiyaning ilmiy ravishda asosiangan tizimini yaratish zarur, iegan fikrga olib keldi. U bu ishga ikkinchi dissertatsiyasini yoqlaganidan so'ng bir necha yil o‘tgach kirishgan edi.
1874-yilda Lesgaft o‘zining gimnastika masalalariga doir birin- chi maqolasini chop ettirdi. Maqolada gimnastikaning asoslari haqida, asosan, uning organizmga la'siri to'g'risida gap borar edi. So'ngra Lesgaft harbiy vazirlikning topshirig‘i bilan bir yil mobaynida Yevropaning turli mamlakatlarida bo'ldi. Bundan maqsad o‘sha mamlakathirda jismoniy tarbiyaning qanday yo‘lga qo'yilganligi bilan tanishish edi.
P.F.Lesgaft 1876-yilda o‘zining «Anatomiyaning jismoniy tarbi- yaga munosabali va maktabda jismoniy ta'limning asosiy vazifasi» degan asarini nashrdan chiqardi. Endilikda bu asarda jismoniy tarbiyaning vazifalari anchagina kengroq bayon qilingan edi. U jismoniy tarbiyaning bilim silatidagi xarakterini ta'kidlab o'tishga harakat qilib. unijismoni) tarbiya deb emas. baJki jismoniy ta'Jim deb atadi. Undan keyingi yillarda Lesgaft «Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo‘llanma», «Nazariy anatomiya asoslari», «Oila tarbiyasi» va boshqa asarlarini yozgan.
P.F.Lesgaftning butun hayoti va faoliyati chorizm reaksion kuchlari bilan uzluksiz kurashdan, butun insoniyat manfaatlari yo‘lida fan tantanasi uchun kurashishdan iborat bo'lgan.
Lesgaft biologiya. antropologiya, pedagogika, anatomiya. tarix va jismoniy tarbiya sohasida ish olib borgan. Shuningdek, u yana o‘z ilmiy faoliyatini amaliyot bilan uzviy ravishda bogMab, o‘zining jismoniy madaniyat nazariyasi va melodikasining asosiy tamoyillarini
51
ishlab chiqqan. P.F.Lesgaft ishlab chiqqan jismoniy ta'lim nazariyasining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:4
Aqliy ta'lim ham, jismoniy ta'lim ham odanini butun jamivat baxt-saodati uchun serunum mehnat qilishga tayyorlash imkonini berishi kerak. Har qanday ta'limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfaatini emas, balki jamiyatga foyda keltirishni birinchi o'ringa qo‘yishiga erishishdan iborat bo‘lishi lozim. Odam butun umrida ijodkor bo‘lishi, yodaki uslublardan foydalanmasligi darkor. Shunday qilingan taqdirdagina odamning uzluksiz shaxsiy kamolotiga va butun jamiyat madaniyatining taraqqiyotiga erishish mumkin.
Inson aqliy faoliyatida ham, jismoniy faolivatida ham ijodiy faollikka qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalar ongli ravishda tanlangan taqdirdagina erishish mumkin. Shuning uchun niashq qilish natijasida hosil bo'lgan narsalami bir-biridan farq qila olishga odatlanishni, ulami o'zaro bir-biri bilan taqqoslay olish hamda ularga baho bera bilish. ya'ni tahlil qila olishni jismoniy ta'limning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Lesgaft ana shu nuqtayi nazardan mashqlami ko‘rsatib berishni emas, balki ulami tushuntirib berishning o‘zi bilan cheklanishni tavsiya qilgan. Bu narsa o'quvchini bajargan harakatini ko'r-ko'rona takror qilib berishga emas, balki uning haqida ongli tasavvur hosil qilishga, undan keyin esa o‘sha harakatni takror bajarishga majbur etadi. Odam ongi uning har bir faoliyatini oldindan bajarishi kerak.
Lesgaft kishining har taraflama kamol topishi deganda, odam- ning aqliy va jismoniy kuchlarini bir-biriga qo'shib, to'g'ri taraqqiy ettirishni, ong yetakchi rol o'ynagan paytda kishi faolivatida bu kuchlaming faol ishtirok etishiga imkon beruvchi ulardagi uzviy bogMiqlikni nazarda tutgan. Har bir odam jismoniy kainolotining yosh, jinsiy va individual xususiyatlarini hisobga olib, kucli sarflash- dagi asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga rioya qilgan taqdirdagina har tomonlama jismoniy kamolotga erishish mumkin.
Jismoniy ta'limning ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimi yordamida ish tutgan taqdirdagina to'g'ri jismoniy o'sishiga erishish mumkin. Jismoniy ta'Iimning tajriba tizimi ko‘pchilik avlod tajri- basida sinab ko'rilganidan keyingina to'g'ri tajriba deb tan olinishi mumkin. Jismoniy ta’Iim tizimining o'zi esa har xil sharoitda va har
4 Pyotr Franscvich Lcsgafl. Tuzuvchilar:V.A.Taymaznv, Yu.F.Kuramshin. A.T. Mar'yanovich SPb.: 2006,- 102 b.
52
xil shaklda qo'llanuvchi, ta'lim-tarbiyaviy vazifalariga qarab asta- sekin o‘zgaruvchi uncha ko‘p bo'lmagan harakatlar tizimidan tarkib topadi. Lesgaft yurish, vugurish, sakrash. uloqtirish yoki irg'itish, kurash, oddiy gimnastik mashqlar. o*yinlar va ekskursivalami ana shunday mashqlar5. deb hisoblagan.
P.F.Lesgaft o‘zining jismoniy ta'Jim tizimini yaratib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari jismoniy tarbiya tizimini qattiq tanqid qildi. U bu gimnastika tizimi mashqlari bola organizmining anatomik tuzilishiga mos emasligini isbotlab »berdi. Olim nentis va shved gimnastikasini tanqid qilgan bo'lsji ham, aksincha, gimnastika mashqlarini keng qoilagan holda jismoniy taiimnmg ilmiy jihatdan asoslab berilgan tizimini yaratish ustida ishlagan. U olimlar va pedagoglarni ijodiy faol boiishga, gimnastika va sportning odat tusiga kirgan chet el tizimi rus yoshlari jismoniy taiimiga kirib kelishiga tanqidiy ko‘z bilan qaramaslikka qarshi kurashishga da'vat etgan edi.
P.F.Lesgaft tizimining asosiy kamchiligi shundaki, u jismoniy tarbiyani faqat biologik nuqtay i nazardan tushuntirib bergan. Bundan tashqari, u sport musobaqalari va bolalar uchun gimnastika snarvadlarida bajariladigan mashqlaming foydali ekanligini inkor etgan, jismoniy mashqlarga o'rgatishda ko'rgazmalik usulining ahamiyatini tushunmagan edi. Sliunga qaramasdan. Lesgaft asarlari hozirgi kunga qadar ilmiy-nazariy ahaniivatga egadir.
Xulosalar
Yangi davrda jismoniy tarbiya va sportning dastlabki ilmiy- nazariy asoslari yaratilgan.
** G'arbiy Yevropa davlatlarida yangi davrda jismoniy tarbiyaning harbiy-jismoniy inaqsadlarga qaratilgan ikki yo‘nalishi - gimnastika va sport o'yinlari tizimlari rivojlangan.
Filantropin maktablarida jismoniy tarbiya ilk bor o‘quv dasturiga kiritilgan.
Yangi davrda jismoniv tarbiya pedagogik asoslarining rivojlanishiga ilm-fan. texnika. biomexanika sohalarining yangi bilimlari ta'sir etgan.
Pvolr Franscvich lc.goit Tuzuvchiin; V.A Taymazov, Yu.F.Kuratn$iuo. A.T. Mar'ranovich. SPb.: 2006,- 147 b
53
Do'stlaringiz bilan baham: |