xalqaro uyushmalarni tashkil’qilishga olib keldi, ya'ni uyushmalar. iigalar, federatsiyalar yuzaga kelgan.
Birinchi milliy uvushma - AQSHning beysbol milliy federatsiyasi 1858-yilda ta'sis etilgaiv 1863-yilda Angliya futbol ligasi tuziigan. Keyinchalik esa gimnastika, qilichbozlik, boks va boshqa sport turlari bo‘yicha milliy uyushmalar Yevropa, Amerika, Osiyo, Avstraliya mamlakatlarida ham tashkil qilingan.
Sport harakatining kengayishi. qit'alarda milliy sport uyushma- larining tashkil etilishi. xalqaro sport federatsiyalarining ta'sis etilishi va musobaqalar o‘tkazilishi zamonhviy Olimpiya o‘yinIarini qayta tiklashga olib kelgan.
Professional sport. XVII-XVIII asrlarda professional sport paydo bo'lgan, bu savdo, ishlab chiqarish va moliyaviy kapital bilan uzviy bog'liq edi.
Professional sport - sportning sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazishga doir qismi bo'lib, sportchilar ularda o'zining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik ko‘rganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi. Professional sportchini sotib olish va sotish mumkinligi sababli yollanma ish kuchi predmetiga aylanadi. Chunki u tovarlarni reklama qilish va boshqa sohalarda katta foyda keltira boshladi. Professional sportchi va tadbirkorlaming o‘zaro munosabatlari shartnomalar asosida rasmiylashtiriladi. «Qan- day bo'lmasin g‘alaba>> shiori ostida katta pul evaziga barcha joylarda reklama qilish professionalizin yo‘lida amalga oshirib borildi.
Sportchilarga giyohvand moddalar (doping) berish. ulaming jismoniy, ma'naviy xususiyatlari svn'iy ravishda kuchaytirildi. Professional sport ko‘rgazmalanda jinoyatkorlik ishlari ham amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi. Professional sportni rivojlantirish bilan reklamaJar, turli xil ajyorlik yo‘llari bilan katta foydani qo‘lga kiritadi.
Professional sportning salbiy tomonlari bilan birgalikda uning targ‘ibot yo‘Iidagi ba'zi ijobiy xususiyatlarini ham tan olishga to‘g‘ri keladi. Ya'ni ominaning jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, yoshlami sport, o'yin va gimnastika bo‘vicha tashkil qilingan klublarga jalb etishda bu sport harakatining o'ziga xos xizmatlari mavjud boigan.
Birinchi jahon urushi arafasi. urush yillarida jismoniv tarbiya va sportni miliiylashtirish boshlangan. Imperialistik hokimiyat harbiy
49
qurollanishni kuchaytirish, zaxiralarni harbiy-jismoniy jihatdan tayyorlanishini yaxshilashga katta ahainiyat berilgan. 1911-yildan boshlab Germaniyadagi sport uyushmalarining barcha yo'riqnoma va dasturlari yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashga da'vat etadi.
Bunda ko'proq harbiy-sport o'vinlari, katta guruhda yurishlar, sport klublari tashkil qilish avjiga chiqdi. Nemis maktablarida harbiy- jismoniy tayyorgarlik darslari tashkil qilinib. haflada 3 soatgacha mashg'ulot 0‘tkazila boshlangan va har kuni 10 daqiqali gimnastika va yurish mashg'ulotiari tashkil qilingan.
Jismoniy tarbiyani miiliylashtirish AQSH, Angliva, Fransiva va boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. O'q otish jamiyatlari, jismoniy va harbiy tayyorgarlik qo‘mitalari, skaut jangovor guruhlarining tashkil etilishi, o'quv yurtlari dasturlariga harbiy- jismoniy tayyorgarlikning kiritilishidan maqsad salomatligiga ko'ra yaroqli kishilami harbiy xizmatga tayyorlashdan iborat edi.
Fransuz harbiy leytenanti Jorj Eber (1875-1957) o‘zining harbiy jismoniy tayyorgarlik usulini tashkil etgan. Bunda yurish, sakrashlar, yuk ko'tarish, uloqtirish, suzish, himoya va hujum kabi jismoniv mashqlarga tayanildi. Harbiylarga miltiq, to“pponcha, shpagadan foydalanish, otda yurish, mototsikl haydash, qayiqlarda eshkak eshish, yelkanlami tiklash, belkurak, lom, arra, bolta va bolg‘aiami qo'llay bilish kabi sifatlami tezda o'zlashtirishni tavsiya etgan.
Eber sportga qarshi bo‘lib, faqat sportdagi professionallikning jiddiy tarafdori edi. Eber «Sport jismoniv madaniyatga qarshi» nomJi kitobini yozgan. U shu sohaga rahbarlik qilsada, ilmiy tayyorgarlikka ega emas edi va o‘z uslubiyatini faqat tajribalar asosida tashkil etadi. Eber xotin-qizlaming jismoniy tarbiyasiga qarshi noilmiy fikrlar bildirgan. Uning fikricha, erkaklaming mashqlarini xotin-qizlar ham bajarishi lozim. Buni o'rgatilgan hajvonlar misolida ko'rish mumkinligini ta'kidlaydi. Ebeming uslubiyatini Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlardagi harbiy o‘quv yurtlarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarida qoMladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |