Xalqaro olimpiyada qo’mitasining faoliyati hamda sportning yanada taraqqiy etishi
MUNDAREJA
KIRISH..................................................................................................................3
I.BOB. Xalqaro olimpiyada qõmitasining faoliyati............................................6
1.1Xalqaro sport va olimpiya xarakatining vujudga kelishi. ..................................6
1.2 Olimpiya an'analarini qayta tiklash harakati....................................................13
II.BOB.OLIMPIADA FAOLIYATI VA SPORTNING TARAQQIY ETISHI...................22
2.1. Nemis sportchilarining xalqaro sport va Olimpiya maydonlariga chiqish yo'li..........................................................................................................................22
2.2Olimpiada kongresslari va hozirgi davr muammolari…………………….......26
XULASA................................................................................................................32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................................33
KIRISH
XIX asrning oxiri nisbatan tinchlik-osoyishtalik bilan o'tdi. Fransiya-Yaponiya urushidan (1870-1871) va Parij Kommunasidan (1871) boshlab, rus-yapon urushigacha (1904-1905) va Rossiyadagi birinchi inqilobgacha (1905-1907) jahonda hech qanday yirik urushlar bo'lmagan edi. Bunday holat mamlakatlararo aloqalar va sportni rivojlantirishga qulaylik yaratdi.
Sportning rivojlanishi va XSUni tuzish. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablaridan eng muhimi sportni rivojlantirish va xalqaro sport uyushmalarini (XSU) tuzish harakati bo'ldi. Hozirgi davr sporti XVIII-XIX asrlardagi yirik ijtimoiy o'zgarishlar, ishlab chiqarish jarayonidagi inqiloblar, harbiy ishlar, fan, madaniyat va san'atdagi taraqqiyot mahsulidir.
Jamoat harakatlari yoshlar orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha jamoatchilik (ommaviy) harakatining yuzaga kelishi ham bunga katta sabab bo'ldi. XIX asrning so'nggi choragi jamoat arboblari, tibbiyotchilar, pedagoglarning yoshlarga ta'lim berish, jismoniy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan umumiy harakatlari, faoliyatlari ancha kengaygan davr edi.Bu jarayonlarda jismoniy tarbiya va sportning yangi shakllari, usullarini izlash boshlandi. Ba'zi mutafakkirlar milliy jismoniy tarbiya va sport bilan chegaralanib qolmasdan, balki xalqaro sport aloqalarini o'rgatishni tavsiya etib maydonga chiqdilar. Bu yo'lda Fransiya, Yunoniston, Angliya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning jamoatchiligi o'z faoliyatlari bilan alohida ajralib turar edi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash maqsadida olimpiya o'yinlaridan foydalanish kabi fikrlar ham bildiriladi. Bu to'g'rida chex pedagogi Ya.A.Komenskiy, nemis gimnastika maktabining asoschilari I.X.Guts-muts va G.Fit, rus jismoniy ta'limi tizimining asoschisi P.F.Lesgaft va boshqalar bir necha bor ta'kidlashgan.
Ular qadimgi yunon olimpiya o'yinlari kabi musobaqalarni tashkil etish yoshlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalash yo'lida ko'p xizmat qilishi mumkinligini e'tirof etganlar.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelishi XIX asrning oxirgi yillariga to'g'ri keladi. Bu davrlarda tarix sahnasida nisbatan osoyishtalik hukm surayotgan bir payt edi. Xalqaro sport va Olimpiya harakatining vujudga kelish sabablari ko'pgina rasmiy manbalarda izohlangan. Ularni quyidagicha sharhlash mumkin.
Xalqaro sport aloqalarining vujudga kelish sabablaridan biri, jahondagi mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarning rivojlanishida, deb bilish zarur bo'ladi. XIX asrning oxirlarida Germaniya, Angliya, Fransiya, AQSH, Rossiya, Italiya kabi taraqqiy etgan davlatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuqori darajaga ko'tarildi. Bu davrda ishlab chiqarish, fan, ta'lim tez rivojlandi. Bu jarayonlar ishlab chiqarish, xalqaro uyushmalar, trestlar, sindikatlarni va bir qator boshqa yangi tarmoqlarni tashkil etish bilan birgalikda davom etdi. Yevropa mamlakatlari va Amerikada ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonining mahsuli sifatida aloqa va kommunikatsiya vositalari yuzaga keldi. Chegaralangan kichik doiradagi milliy jarayonlar jamoat taraqqiyotiga putur yetkaza boshladi. Bunday sharoitda turli sohalar bo'yicha xalqaro munosabatlarni kuchaytirish, ya'ni iqtisodiy, ilmiy, madaniy va sportdagi aloqalarni bog'lash qonuniyat darajasiga yetdi.
XIX asrning oxiri nisbatan tinchlik-osoyishtalik bilan o'tdi. Fransiya-Yaponiya urushidan (1870-1871) va Parij Kommunasidan (1871) boshlab, rus-yapon urushigacha (1904-1905) va Rossiyadagi birinchi inqilobgacha (1905-1907) jahonda hech qanday yirik urushlar bo'lmagan edi. Bunday holat mamlakatlararo aloqalar va sportni rivojlantirishga qulaylik yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |