3 soniyalik fakt
O‘ta yupqa dielektrik
qatlam bilan o‘zaro
ajratilgan kontakt orqali
o‘tuvchi o‘ta o‘tkazgich
tokning xossalari amaliy
qo‘llash uchun juda
foydali bo‘lib chiqdi.
Aloqador mavzular:
Tunnel effekti
(73-sahifa)
Kubitlar
(97-sahifa)
Kvant kompyuteri
(99-sahifa)
O‘ta o‘tkazgichlar
(127-sahifa)
Mulohaza uchun 3
daqiqa:
Jozefson kontaktlari
o‘ta tezkor mantiqiy
element sifatida
qo‘llanishi mumkin. Bu
g‘oya olimlarni o‘ta
tezkor kompyuterlar
yaratish sohasida,
aynan ushbu
kontaktlardan
foydalanishga
undamoqda
. Jozefson
kontaktining juda qiziq
kvant xossasi shundaki,
ushbu kontakt qo‘llangan
o‘ta o‘tkazgich zanjirda
oqayotgan elektr toki
uchun superpozitsiya
holati yuzaga keladi.
Ya’ni, bunda tok zanjir
bo‘ylab, bir vaqtning
o‘zida har ikkala tarafga
oqa boshlaydi. Hozirgi
paytda, kvant
kompyuterlari uchun
ushbu kontaktlardan
foydalanish ustida
izlanishlar olib
borilmoqda.
Biografiyalar uchun
3 soniyadan:
Leo Esaki
(1925)
Ivar Yever
(1929)
Brayan Jozefson bilan
birgalikda,
elektronlarning
tunnellanishi hodisasini
o‘rganganliklari uchun,
1973-yilgi Nobel
mukofotiga sazovor
bo‘lgan fiziklar.
SQUID o‘ta past va
sust magnit
maydonlarini ham,
shu jumladan, odam
miyasi tarqatadigan
magnit maydonini
ham qayd qila oladi.
1940-yilning 4-yanvar
sanasida Kardiffda
dunyoga kelgan.
1960
Kembrij universitetini
tabiiy fanlar mutaxassisligi
bo‘yicha tamomladi.
1962
«Fizikaga oid qaydlar»
jurnalida ilmiy ishi e’lon
qilinadi. Aynan ushbu
ishda «Jozefson kontakti»
haqida ilk marta so’z
boradi.
1964
Kembrij universitetida fan
doktori darajasini qo’lga
kiritdi.
1964
Jozefson kontaktini
qo’llash orqali ishlaydigan
o’ta sezgir magnetometr –
kvant interferometri ixtiro
qilindi.
1965
Illinoys universiteti ilmiy
tadqiqotlar markazida
professor-assistent
lavozimida ish boshlaydi.
1967
Kembrijga qaytib, ilmiy
tadqiqotlar markazi
direktori muovini
lavozimida ishlay
boshlaydi.
1972
Kembrijda fizika bo’yicha
katta ma’ruzachi etib
tayinlanadi.
1973
Leo Esaki va Ivar Yever
bilan birgalikdan Nobel
mukofotiga sazovor bo‘ldi.
1974
Kembrij universitetida
fizika professori darajasiga
erishdi.
1988
Kembrij universiteti ong va
materiyani birlashtirish
loyihasiga rahbarlikka
tayinlandi.
2007
Jozefson iste’fo berdi.
Hozirda u ma’ruzalar
o’qimayapti va rasmiy
faoliyatda qatnashmayapti.
Ilmiy tadqiqotlarni mustaqil
olib bormoqda.
Brayan Jozefson
Aksariyat yetuk olimlar haqida so’z ketganda aytiladigan gap – olimning bolalik
chog’idanoq o’ta ziyrak va zehni o’tkir bo‘lgani haqidagi e’tirof – Brayan Jozefson
uchun ham nihoyatda o’rinlidir. Uning kuchli xotirasi va o’ta ziyrak aqliga
universitetdagi ustozlari ham doim tahsin o’qishar edi. Jozefson o’zining ilk ilmiy
ishlarini e’lon qilgan va dastlabki ilmiy darajasini qo’lga kiritgan paytda – hali
yigirmaga ham to’lmagan, juda yosh yigitcha edi. Kembrij universitetida o’qishni
tamomlagach, u ushbu ilmiy dargohda qolib, doktorlik dissertatsiyasini tayyorlay
boshladi. Olim o’zini talabalik yillaridan buyon qattiq qiziqtirib qo‘ygan fizik hodisa
– o’ta past haroratlardagi o’ta o‘tkazuvchanlik hodisasini chuqur ilmiy tahlil qilishga
kirishadi. Hali dissertatsiyani to’liq tugallamay turib, Jozefson o‘z ilmiy
tekshirishlarining ayrim muhim xulosalari haqidagi maqolalarni ilmiy jurnallarda
chop ettirdi. Uning o‘z ilmiy ishlari doirasida e’lon qilgan sakkizinchi maqolasi «O’ta
o‘tkazgichli tunnellashdagi yangi effektlar» deb nomlangan. Bu paytga kelib, kvant
fizikasida elektronlarning «o’tib bo’lmas to’siq» orqali xuddi ushbu to‘siq yo’qday
o’tib ketishi, ya’ni, tunnellanishi hodisasi allaqachon ma’lum edi. Jozefson esa, ushbu
effekt o’ta o‘tkazgich materiallarda qanday namoyon bo’lishini ko’rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |