Magnit-rezonans tomografi (MRT)
1970-yillarda turli tadqiqotchilar orasida
AQSHlik olimlar - fizik Reymond Damadian, kimyogar
Pol Loterbur, hamda, Angliyalik fizik Piter Mensfild
ham magnit rezonansi vositasida jism tasvirini olish
ustida ilmiy tajribalar olib borishgan. Magnit rezonansi
orqali tasvir hosil qilishning zamonaviy usulini aynan
ushbu olimlar ixtiro qilishgan va keyinchalik yanada
takomillashtirishgan edi. Hozirda aholi orasida MRT
nomi bilan tanilgan mazkur usul vositasida, vrachlar
inson tanasida uchraydigan turli-tuman kasalliklarga
tashxis qo‘yishda, tig‘ tekkizmasdan va to‘qimga zarar
yetkazmasdan xulosa qilish imkoniga ega bo‘lishgan.
MRT orqali tashxis qo‘yish mumkin bo‘lgan kasalliklar
ro‘yxati juda katta. U saraton kasalliklaridan boshlab,
pay va bo‘g‘imlardagi nuqsonlargacha bo‘lgan turli
sohalarni o‘z ichiga oladi. Bunda, MRT vositasida
tashxis qo‘yilayotgan bemorni maxsus kameraga
kiritiladi. MRT kamerasi ichidagi magnit maydoni
kuchlanganligi
sayyoramiz
magnit
maydoni
kuchlanganligidan 30000 martadan 60000 martagacha
kuchliroq bo‘ladi. Bunday katta quvvatli magnit
maydoni hosil qilish uchun MRT uskunasi uchun o‘ta
o‘tkazgich elektromagnit qo‘llaniladi. Odam organizmi
taxminan 65% ulushda suvdan tashkil qopgan bo‘ladi.
Suvning hammaga yaxshi tanish bo‘lgan formulasi H
2
O
ekanidan bilasizki, suv tarkibida, demakki, odam tanasi
tarkibida ham albatta vodorod atomlari mavjud bo‘ladi.
Har vodorod atomida esa proton mavjud bo‘lib, u o‘z
spini tufayli, xuddi mikroskopik magnit singari, aylana
oladi. Kuchli magnit maydoni ta’sirida protonlar
muayyan spinga ega bo‘lib qoladi. Keyin esa, MRT
kamerasi ichida turgan bemor tanasiga radioto‘lqinlar
yuboriladi
va
ushbu
radioto‘lqinlar
boyagi
protonlarning spinini o‘zgartirishga majbur qiladi.
Aynan shu orqali, ularning magnit momenti ham
teskarisiga
o‘zgaradi.
Radioto‘lqinlar
uzatilishi
to‘xtatilishi hamonoq, protonlar yana o‘z boshlang‘ich
vaziyatiga qaytadi va aynan shu jarayonda, ular o‘zidan
muayyan radioto‘lqin diapazonidagi signallar chiqaradi.
Ushbu signallarni MRT uskunasining o‘ta sezgir
maxsus datchiklari qayd qilib oladi. Olingan axborotni
maxsus kompyuter dasturlari qayta ishlaydi va MRT
qilingan ichki organlarning tasvirini namoyish qilib
beradi. Vrachlar ushbu tasvirni o‘rganish orqali,
tekshirilayotgan organlarda patalogik o‘zgarishlar bor-
yo‘qligi haqida xulosa qilishlari mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |