Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

TOSHKENT, O‘RATEPA, SO‘X 
KO‘CHKI BOSGAN BULOQ 
 
1 
 
Toshkent... O‘n besh-yigirma yildan beri urushning sovuq nafasi tegmagan bu shahar 
Sa-marqandga nisbatan osuda hayot kechirmoqda edi. Toshkent qo‘rg‘onining har o‘n 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
ikki darvozasidan odamlar bemalol kirib-chiqib turibdi. Bo‘zsuv va Solor arig‘ining 
bo‘ylaridagi mevali daraxtlar kuz yomg‘irida yuvingan. O‘rik, olcha barglari o‘z butoqlari 
bilan vidolashish oldidan shafaqday qizil tus olgan. Uzoqdan ko‘rinib turgan Chotqol 
tog‘lariga qor tushgan. 
Qamal dahshatlarini boshdan kechirib kelayotgan Boburga Toshkentning to‘kin-sochin 
kuzi, bag‘ri kengligi, tog‘dan esgan sarin shabadasi ma’sud o‘smirlik davrini eslatdi. U 
o‘n olti yasharligida kelganida Xadradan pastdagi Hazrati Ukkosha bulog‘idan suv 
ichgan. O‘qchi mahallasida Toshkentning jahonga mashhur o‘q-yoylarini yasagan 
ustalarga oltin bezakli «Kamoni Shoshiy» buyurtma bergan, Shayhantohurga ko‘milgan 
bobosi Yunusxonning qabrini ziyorat qilgan edi. 
Hozir u elliktacha bek va navkari bilan (qolganlari uni O‘ratepada kutib turadigan 
bo‘lishdi) Besh-og‘och darvozasidan kirib, Qoratosh mahallasi orqali xon saroyi tomon 
borar ekan, yonidagi Qosimbek birdan bezovta bo‘ldi: 
— Nechun dorug‘a peshvoz chiqmadi? 
Bobur Toshkent xonining jiyani edi, o‘tgan gal kelganlarida shahar dorug‘asi ularni 
qo‘rg‘ondan tashqarida izzat-ikrom bilan kutib olib, saroyga boshlab borgan edi. 
— Bu gal biz xonumondin ayrilib, mag‘lub bo‘lib kelmoqdamiz, janob Qosimbek! — dedi 
Bobur ma’yus kulimsirab. — Shuning uchun ortiqcha ehtirom kutmang. 
Chindan ham Mahmudxon saroyida Boburni juda sovuq qarshi olishdi. Uning navkarlarini 
hatto arkka kirgizishmadi. Bobur Qosimbekning izzat-nafsga borib asabiylashayotganini 
ko‘rdi-yu: 
— Siz bilan biz Samarqandda naqd o‘limni zimmamizga olgan edik, hatto o‘limdan najot 
izlagan edik!— dedi. — O‘shal dahshatlarning oldida bu mayda behurmatliklar hech gap 
emas. Kecha O‘ratepada bir bayt bitdim, aytaymi? 
— Bajonidil! 
— Eshiting: 
Davlat uchun ko‘ngulni zor etma, 
Izzat uchun o‘zingni xor etma! 
— Haq gapni bitibsiz, amirzodam. Bu bevafo dunyo g‘am yemakka arzimaydir! 
Shu bilan ikkovlari bir-birlariga sal tasalli bergan bo‘ldilaru, Bobur xonning 
qabulxonasiga qarab ketdi. 
Qo‘liga oltin dastali hassa ushlagan, zarbof to‘n kiygan shig‘ovul Mahmudxonning 
Shayboniyxon elchisi bilan band ekanini aytganda, Boburning qalbida birdan noxush 
tuyg‘ular qo‘zg‘aldi. U qamaldan chiqqandan so‘ng ikki oycha O‘ratepada xolasinikida 
turgan, Shayboniyxon Mahmudxonga elchi yuborib, Movarounnahrni bo‘lib olish haqida 
bitim tuzishga intilayotganini o‘sha yerda eshitgan edi. Mishmishlarga qaraganda, 
Shayboniyxon Farg‘ona vodiysini Toshkent xoniga berib, O‘ratepani o‘zi ishg‘ol qilmoqchi 
emish. Agar shu gap rost chiqsa, Boburning bu atrofda jon saqlaydigan joyi qolmaydi, 
Movarounnahrdan bosh olib chiqib ketish kerak bo‘ladi. 
Uning bugun Toshkentga kelishidan maqsadi — tog‘asini Shayboniyxonning makru 
hiylalaridan ogoh qilish va uni bosqinchilarga qarshi mudofaaga chorlash... 
Bobur qabulxonada ancha vaqt muntazir turgandan keyin shig‘ovul chiqib, uni xonning 
huzuriga boshlab kirdi. To‘rda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan shatranj donalari 
ko‘rindi. Shayboniyxonning elchisi yo‘g‘on gavdali, bahaybat Jonibek Sulton xonga ta’zim 
qilib turibdi. Sarg‘ish yuzli, xushbichim Mahmudxon tillarang mo‘ylovini dikkaytirib 
mamnun kulimsirayotganiga qaraganda, hozir Jonibek Sultonni shatranjda yutgan edi. 
To‘rt yildan beri jiyanini ko‘rmagan tog‘asi shuncha uzoqdan boshiga kulfat tushib kelgan 
Boburni kuttirib qo‘yib, o‘zi Shayboniyxonning elchisi bilan shatranj o‘ynab o‘tirganida 
qandaydir yashirin ma’no bor edi. Mahmudxon mag‘lub bo‘lgan jiyanidan ko‘ra g‘olib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish