Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
bilan birga xon o‘rdusiga chiqardik. Bugun ertalab qaytib keldi. Xon barcha sultonlarning 
oldida qo‘liga qur’on olib aytibdir: «Shuncha qon to‘kilgani yetar, endi Xonzoda begim 
ro-zi bo‘lsinlar, inilariga, onalariga, boshqa odamlariga tegmaymiz, qal’adan bexavotir 
chiqib ketsunlar», debdi. Katta to‘y-tomosha bilan uylanmoqchi emish. Samarqand 
xalqiga ham avfi umumiy bermoqchi emish! Bir qancha mo‘ysafidlar buni eshitib, bizdan 
iltimos qildilar. Nachora? 
Bobur chakkalarini ikki qo‘li bilan qisib, bir lahza jim turdi-yu, so‘ng birdan alami kelib 
gapirdi. 
— Gulday Xonzoda begim nevaralik xonning haramida... Yo‘q, yo‘q! Bu insofsizlik! 
— Amirzodam, — deb endi Qosimbek gapga aralashdi. — Shu ketishda Shayboniyxon 
Samarqandni baribir olur. O‘shanda zo‘rlik bilan bo‘lsa ham o‘z niyatiga yetur. 
Bobur onasidan himoya kutib, Qutlug‘ Nigor xonimga yuzlandi: 
— Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku. Shunday 
jigarbandimizni qaysi vijdon bilan o‘tga solurmiz?! 
O‘zi zo‘rg‘a turgan Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘lining bu gapidan kuyunib yig‘lay boshladi: 
— Xudo mening boshimga bu qora kunlarni solguncha jonimni olsa bo‘lmasmidi?! 
Xonzoda begim — mening to‘ng‘ichim! Yolg‘izligimni bildirmay yurgan sirdoshim, 
mehribonim! Men undan qandoq ayrilgaymen, e, parvardigor? Men shunday qizimni 
yog‘iy panjasiga qanday topshirurmen?! 
Eson Davlat begim qizining yelkasidan silab, uning iztirobini bosishga tirishar ekan: 
— O‘zingizni bosing, bolam! — dedi. — Sizdan ko‘ra qizingiz aqlliroq. Xonzoda begim 
hamma narsani tushundi. Mushkilotlarga fahmi yetdi. Yig‘lab-siqtab, axiri ko‘ndi. 
Bobur hang-mang bo‘lib Qosimbekka yuzlandi: 
— Nahotki shu gap rost? Xonzoda begim rozi bo‘ldilarmi? 
— Ha, amirzodam! 
— Ishonmaymen! — dedi Bobur. So‘ng kaftini kaftiga asabiy urib savdarboshini chaqirdi-
yu: — Xonzoda begimni chorlang! — deb buyurdi. Keyin onasi, buvisi va Qosimbekka 
qarata dedi: — Meni ma’zur tutingiz, begim bilan yakkama-yakka so‘zlashmoqchimen. 
Uchovlari indamay chiqib ketishdi. Anchadan keyin yashil kabo kiygan Xonzoda begim 
eshikdan motamsaro bir alfozda sekin kirib keldi. 
Bobur uni qarshisiga o‘tqazib, bir lahza yuziga tikilib turdi. Ilgarigi gulgun yonoqlar endi 
sarg‘ayib ichiga botgan. Lablar so‘lg‘in. Faqat yirik-yirik ko‘zlarida qandaydir qat’iyat 
alomati bor. 
— Begim, siz... Shayboniyxon taklifiga rizolik bergan emishsiz. Shu rostmi? 
— Rizo bo‘lmay ne ilojim bor? 
— Mening mag‘lubiyatim sizni ilojsiz qoldirgani rost. Lekin iningiz hali tirik. Men asir 
tushmoqchi emasmen. Bir o‘lim bo‘lsa, hammavaqt bor. Ajal yetmagan bo‘lsa, sizlarni 
olib chiqib keturmiz. Kunim bitgan bo‘lsa, ilkimda qilich bilan jon berurmen. Ana undan 
keyin rizolik bersangiz mayli. Unda hech kim: «O‘zi omon qolib egachisini qurbon qildi», 
deyolmas. Menga bunday malomatdan o‘lim afzal. Rizo bo‘lmang! 
Xonzoda begimning ko‘ziga yosh quyulib keldi. U Boburni yov halqasini jang bilan yorib 
chiqib ketolmasligini bilardi. Bobur bir o‘limni astoydil bo‘yniga olib shunday deganini 
sezardi. U Boburni mana shu mardligi va dovyurakligi uchun ham jonidan ortiq ko‘rar, 
o‘zini yov qo‘liga tutqazib, ukasini naqd o‘limdan olib qolishni istardi. 
Lekin u o‘zining bu niyatini Boburdan yashirishga majbur edi. Chunki Bobur, hozir o‘zi 
aytganday, opasini qurbon qilib qutulib ketish malomatidan o‘limni afzal ko‘rardi. Agar u 
Xonzoda begimning asl niyatini bilib qolsa, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham opasini 
niyatidan qaytaradi. Undan keyin najot yo‘li butunlay bekiladi! 
— Boburjon, siz meni deb bevaqt o‘limni bo‘yningizga olmang. Men sizning ulug‘ 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish