8- mavzu: Fosforli o’g’itlari olinishi, xossalari va ishlatilishi
R E J A
1. Fosforli o’g’itlarning turlari
2.Superfosfat va qo`shsuperfosfatni olinishi
3.Pretsipiat va tomasshlak o’g’itlarini olinishi
5.Fosforit unining olinishi va ishlatilishi
O’simliklarning oziqlanishda azotdan keyingi urinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. O’simliklar fosforni asosan ortofosfat PO4-3 anionlari uzlashtiriladi. Ular fosforni metofosfat (H3PO3) va prifosfat kislotalarning tuzlardan uzlashtirish shuningdek ba’zi organik fosfatlar -fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforni ham uzlashtirish mumkin 3 asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota pH 7-8 da undan pastda disotsiyalanib 1ta yoki 2 ta H+ ion ajratib chikaradi va H2PO4- hamda HPO4-2 ionlarini hosil kiladi ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklar vegitatsiya davri mobaynida 1ga yerdagi tuproqdan o`rtacha 20 dan 60 kg gacha miqdorda ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam P2O5 istemol kiladi. Tuproqda fosforning urnini hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan tuldirib bulmaydi. Tuproqdagi fosfor zahirasini tuldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo`q. Fosforli o’g’itlar eruvchanligiga va o’simliklarga kqrab 3 guruhga bo`linadi:
1.Suvda yahshi eriydigan o’g’itlar oddiy superfosfat va qo`sh superfosfat.
2. Suvda kam eriydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’itlar pretsipitat, tomasshlak, termofos-fatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.
3. Suvda erimaydigan faqat kuchli kislotalarda tupik eriydigan o’g’itlar - fosforit uni suyak uni
Superfosfat oddiy superfosfat maydalangan apatit eki fosforitga kislota bilan ishlov berish yuli bilan olinadi bunda keyin eruvchan fosfatlar parchalanib suvda eriydigan monokaltsiy fosfat Ca(H2PO4) va suvda erimaydigan gips CaSO4 hosil bo`ladi.
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 7H2SO4 +3H2O → Ca(H2PO4)2 ·H2O+7CaSO4 +2HF
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 10H2SO4 → 6H3PO4 +10CaSO4 +2HF
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 4H2SO4 +12H2O → CaHPO4 · 2H2O +4CaSO4 +2HF
Pretsipitat kaltsiy difsofat (CaHPO4 •2H2O) tarkibida 27 dan 35 % gacha P2O5 bo`ladi. Pretsipitat fosfori suvda erimay di lekin ammoniy tsitrptda eriydi va uni o’simliklar yahshi uzlash tiradi.O’g’it yahshi fizik xossalarga ega. Pretsipitatni barcha tuproqlarda turli hil ekinlarga asosiy o’g’it sifatda ishlatsa bo`ladi.
Tomasshlak -fosforga boy chuyanlarni tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va po`latga aytantirishda hosil buladigan kushimcha mahsulot. Tomasshlak to`q rangli og`ir, mayin kukun. Tarkibada 14 dan 20 % gacha P2O5 buladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni, fosforitni un holiga keguncha maydalash yuli bilan olinadi.
Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib kolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo`ladi.
Fosforit uni eng arzon fosforli o’g’it. Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga qandlavlagi, kartoshka, makkajuhori va boshqalarga solinganda eng ko`p samara beradi. Fosforit uni qancha ko`p solingan bo`lsa, ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo`ladi.
Sinov savollari.
1. Fosfor o’simliklar uchun ahamiyatga ega va o`simlikka fosfor qanday birikmalar shaklida uchraydi?
2. Fosfor o’simlik tanasidagi qaysi jarayonlarda faol qatnashadi?
3. Tuproqdagi fosforni o’simliklar qaysi birikmalar tarzida o`zlashtiradi?
4. Fosforli o’g’itlar suvda eruvchanligi va o`simlikka o`zlashtirilishi bo’yicha qanday asosiy gruppalarga bo`linadi?
5. Suvda yahshi eriydigan, faqat kuchli kislotalarda to`liq eriydigan fosforli o’g’itlarni birma-bir ayting?
6. Suvda kam eriydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan fosforli o’g’itlarni bilasizmi?
7. Suvda eriymaydigan, faqat kuchli kislotalarda tulik eriydigan fosforli o’g’it larni ayting?
8. Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida ishlatiladi, hom-ashyolarning asosiy konlarini ayting?
9. Har hil tuproqlarda Umumiy fosforning saklanish miqdori necha %. Tuproqning 0,30 sm katlamida uning umumiy zahirasi necha kg ni tashkil etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |