Birinchi usul – pul bilan mukofatlash. Pul bilan ragʻbatlantirishning shakllari turlicha boʻlishi mumkin: ish haqini oshirish; mukofatlar; kutubxona- axborot muassasasi tomonidan tomonidan bajarilgan pullik xizmatlardan kelgan foydadan mukofot tarzida taksimlab berish.
Ikkinchi usul – tan olish. Moddiy omillar qanchalik kuchli boʻlmasin, xodimga uning qobiliyatiga ishonch bildirilishi, uning oʻz rahbaridan maqtov eshitishi ham xodimga motivatsiya beradi.
Uchinchi usul – boʻsh vaqt.Bu usul kishilarga vaqtni bekor oʻtkazmaslikni oʻrgatadigan usul boʻlib, rahbar ishchi xodimlarini mehnat taʼtillarini uzaytirish yoʻli bilan ham ragʻbatlantirishi mumkin. Bu usulni har kuni ham qoʻllash imkoniyati bor. Masalan, xodimga vazifa yuklanib va muddatidan oldin bajarilgan ish uchun unga dam olishga javob berib yuborish mumkin. Bu usuldan kutubxona- axborot tashkilotlarining aniq normallash mumkin boʻlgan faoliyatlarida qoʻllash mumkin.
Toʻrtinchi usul – qiziqarli ish. Bu usul yaxshi ishchilar uchun qoʻllaniladi. Agar xodim ishlasa va rahbarning jamoa aʼzolarining eʼtiborini qozonsa, rahbar unga oʻzi qiziqadigan ishni topshirib, yoqmaydigan ish bilan shugʻullanmaslikka ruxsat berib mukofatlaydi. Bu usulni kutubxona- axborot muassasalarida keng qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
Beshinchi usul - erkinlik. Baʼzi kishilar uchun doimiy nazorat va gʻamxoʻrlik ishdagi toʻsiqqa oʻxshab koʻrinadi. Agar mana shunday xarakterdagi odam berilgan topshiriqni yaxshi bajarsa, unga koʻproq erkinlik berish mumkin. Masalan, ishning bir qismini uyida bajarishga ruxsat berish va x.k. Kutubxona amaliyotida bu usuldan koʻproq ilmiy- tadqiqot va ilmiy – uslubiy boʻlim xodimlarida qoʻllash maqsadga muvofiqdir.
Koʻpincha muassasalar xodimlarini yuqori lavozimga koʻtarishga, yaʼni “oʻsishiga” imkoniyat bermaganligi uchun yaxshi xodimlarni yoʻqotib qoʻyadilar. Bunday xolatga chek qoʻyish uchun rahbar ularga kasbiy oʻsish istiqbolini koʻrsatishi lozim. Bu degani, hamma xodimlarni yuqori lavozimlarga koʻtarish emas, balki biron javobgarligi koʻproq ish bilan taʼminlash hamdir. Bunda albatta ishga yarasha maosh ham koʻproq toʻlanadi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kadrlar siyosatidagi zamonaviy usullar kutubxona- axborot muassasalaridagi xizmat koʻrsatish samaradorligini taʼminlashda muassasa rahbariyati bilan bir qatorda, xodimlarni ham hal qiluvchi oʻrni borligini unutmaslik kerak.
Har qanday rahbar muassasaning asosiy boyligi uning xizmatchilari ekanligini unutmasligi kerak. Kutubxona - axborot muassasalari oʻziga eng qobiliyatli mutaxassislarni jalb etishi, ularni malakasini oshirish boʻyicha doimiy ish olib borishi, har bir xodimga muassasa faoliyatini turli sohalarida imkon qadar oʻz kuchini sinab koʻrish imkoniyatni beradigan joyni uzgartirish usullarini amalda qoʻllashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |