Boshqaruvning yaponcha stili- milliy anʼanalarni va mamlakatning iqtisodiy ahvoli, xususiyatlarini xisobga olgan xolda, insonda ijodkorlik xislatlarini faollashtirishning bir shakli xisoblanadi.
Boshqaruv stilini tanlash boʻyicha koʻplab tavsiyalarda, bajariladigan umumiy ish hajmidan, ijodkorlik faoliyati xissasi yetarli xisobga olinmaydi. Vaxolanki, aynan shu omil zamonaviy ishlab chiqarishda rahbarning, xodimlarni tanlashda ularning malakasini oshirish, motivatsiya usullari va boshqaruv stilini tanlashdagi strategik xarakatni belgilaydi.
Rahbar nafaqat oʻz ishini, balki jamoa ishini ham toʻgʻri tashkil qila bilishi kerak. Shu nuqtai nazardan olganda boshqaruvning uchta asosiy hal etilishi lozim boʻlgan vazifasi mavjud:
- xodimlarni tashkilotga jalb etish;
- ularni tashkilotda ushlab qolish;
- xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish.
Raxbar odatda, xodimni nima maqsadda ishga qabul qilayotganini yaxshi biladi. Bunda asosiy masala shundaki, tashkilot uchun zarur boʻlgan, toʻgʻri keladigan xodimni topishi lozim. Turli toifadagi fuqorolarning ehtiyojlari va qiziqishlari ham turlicha boʻlganligi sababli, ishga qabul qilinayotgan shaxs , mazkur ishni bajarishdan koʻzlangan maqsad nima ekanligi oldindan aniqlangan boʻlishi shart. Ehtiyojlar maʼlum boʻlgandan soʻng ularni qondirish yoʻllari aniqlanib, shaxs ishga taklif etiladi. Bilim, tajriba, mahoratli shaxsgina emas, balki oʻziga xos xarakterga, odatlarga ega boʻlgan inson ishga qabul qilinayotganligini esdan chiqarmaslik lozim.
Xodimlarni ishda saqlab qolish uchun ularni ish faoliyatini shunday tashkil etish lozimki, xodim aynan shu tashkilotda ishlashni xoxlasin. Xodim mazkur tashkilotda faqat ish bajarib qolmasdan, balki jamoa hayotida ishtirok etadi, munosabatda boʻladi, yaratilgan qulayliklardan foydalanadi. Yangi takliflar bilan chiqadi, kiyinadi, ovqatlanadi, umuman olgada hayotining muayyan qismini jamoada oʻtkazadi. Xodimni ishda saklab kolish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi zarur.
Xodimga xos xususiyatlardan biri shundaki, ular doim oz miqdorda kuch, energiya sarflashga intiladi. Bunga qarshi eng samarali kurash yoʻli – ragʻbatlantirishdir. Ragʻbatlantirish taklif va gʻoyalar bilan chiqish, ish unumdorligini oshirish, masʼuliyatni xis kilgan xolda jonbozlik bilan ishlash kabilarni muxim usuli xisoblanadi. Bu borada ragʻbatlantirish deyilganda, ishlovchi tomonidan zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarganlik uchun emas, balki ularga qoʻshimcha yuklatilgan, rahbariyat uchun zarur boʻlgan xarakatlar uchun beriladigan har qanday ragʻbatlantirish tushuniladi.
Ragʻbatlantirishni amalga oshirishdan oldin aniq vaqt mobaynida xodimning ish faoliyati qanday boʻlishi lozimligi aniqlanib olinishi kerak. Rahbar uchun kerakli ishlar, faoliyatlarni ragʻbatlantirish, uning asosiy mexanizmini tashkil qiladi. Rahbar xodimlarni ragʻbatlantirishni oʻylar ekan, maʼlum qiynchiliklarga duch keladi. Chunki ragʻbatlantirish tizimini nafaqat joriy vaqt vazifalari bilan, balki tashkilotning asosiy maqsadlari va daromadlari bilan ham bogʻlashga toʻgʻri keladi.
Ragʻbatlantirish turlicha shaklda boʻlishi mumkin. Aksariyat xollarda u pul daromadi koʻrinishida boʻladi. Bu guruxdagi motivlar jumlasiga, ish bilan taʼminlanishga ishonch, taqchil neʼmatlardan foydalana olish, ijtimoiy himoyalanish kabilar ham kiradi.
Oʻz ishlarini oʻqish bilan qoʻshib olib borayotgan ishchilar, yosh bolali ayollar, ijodiy mehnat qiluvchilar uchun – boʻsh vaqt faoliyatlarining muhim motivi xisoblanadi. Farovonlikni ortib borishi bilan boʻsh vaqtni jozibasi ham kuchayib boradi. Yaqin kelajakda, rivojlangan mamlakatlarda majburiy mehnat muddatini qisqartirilishi kutilmokda.
Ijtimoiy soʻrovlar natijasiga koʻra motivatsiyaning tarkibiy tuzilmasi koʻp jihatdan farovonlik darajasiga, anʼanalarga, yoshga va boshqa omillarga bogʻlikdir. Boshqaruv amaliyotida odamlarni- ularni motivatsion tuzilmasi boʻyicha farqlanishini xisobga olish muhimdir. Har bir xodim faoliyatining motivlarini aniqlash, bu motivlarni kutubxona- axborot muassasasi maqsadlari bilan bogʻlay olish xodimlar boshqaruvining asosiy masalasi xisoblanadi.
Ish haqini koʻpaytirishdan tortib, rahmat aytib qoʻyishgacha hamma narsa ragʻbatlantirish turiga kirishi mumkin.Moddiy ragʻbatlantirishning odat boʻlib qolgan shakllari mukofatlash, ish haqiga individual qoʻshimcha qilish, yillik attestatsiya yakunlari boʻyicha maoshni oshirish, lavozimni oʻzgartirib yoki oʻzgartirmagan xolda ish haqini oshirishdan iborat.
Boshqarishda motivatsiya – odamlarni unumli ishlashga yoʻnaltirish va undash degan maʼnoni beradi. Koʻpincha unumli ishlatish deganda koʻz oldimizga har xil ragʻbatlantirishlar – mukofat, ish haqi va boshqa pullik toʻlovlar keladi. Xaqiqatdan ham pul odamldarning ishga boʻlgan munosabatlarining eng muxim sabablaridan biridir. Lekin motivatsiya tushunchasi har xil haq toʻlash iborasidan birmuncha kengroqdir.
1. Kutubxonachi: kasb tanlash. Master -klass prof. Yu N. N. Stolyarova. - M.: Libereya-Bibinform, 2010.- 176 b .; Tereshin, V. I. Kutubxonaning istiqbollari va unga tayyorgarlik / V. I. Tereshin // SSSR ilmiy -texnik kutubxonalari. 1991. - No 4. - S. 24–28.
2. Bagrova, I. Yu. Strategik menejment: Evropa milliy kutubxonalari tajribasi / I. Bagrova // Kutubxonashunoslik. - 2003 yil. - № 5. - S. 84–89; Gorshkov, Y.A. Kutubxona va axborot faoliyatining siyosiy iqtisodiga kirish / Y. A. Gorshkov. - M .: Pashkov uyi, 2004.- 224 b .; Eremenko, T.V. AQSh universitet kutubxonasida kadrlar bilan ishlash / T.V. Eremenko // Ilmiy -texnik kutubxonalar. 1999. - No 5. - S. 55–64; Zaxarenko, M.P. Yosh kutubxona mutaxassislari: motivatsion tahlil / M.P. Zaxarenko // Ma'lumot. RBA byulleteni. - 2009. - No 53. - S. 81–84; Illarionova, N. F. Kutubxona xodimlari va xodimlarni boshqarish [Elektron manba] / N. F. Illarionova. - Kirish rejimi: //http: // konf. cpic. ru / yuklash / eva2005 / hisobotlar / doklad579.doc ..- SanaShikoyat qilish
Kalashnikova, G. I. Yosh mutaxassislarning motivatsiyasi kutubxonani yangilash omili sifatida / G. I. Kalashnikova // Yoshlar kutubxonachilikda: kadrlar siyosati: yig'ish Birinchi stajyorning materiallari. ilmiy-amaliy konf. "Yoshlar kutubxonachilikda" (2001 yil 23-24 aprel, Moskva) va "Yoshlar kutubxonachilik" bo'limining yig'ilishlari (23 may 2001 yil, Saratov). - M., 2002, - son. 1, - 130–134 -betlar; Suxorukov, K.M. Kutubxonachilikni qanday qayta tashkil qilamiz / K.M. Suxorukov // Bibliografiya. - 2010. - No 3. - S. 3–10.
3. Klyuev, V.K. Kutubxona xodimlarini qo'shimcha rag'batlantirish tizimi / V.K.Klyuev // Bibliografiya. 2007. - No 3. - S. 57-63;Kozhevnikova, L. A. Kutubxona faoliyati iqtisodiyoti: darslik. - 2 -nashr. - Novosibirsk, 2005.- 200 b .; Mogilever, N.V. Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi faoliyatini jarayonlarni axborot bilan ta'minlashni tahlil qilish asosida baholash (Rossiya Milliy kutubxonasidagi tadqiqotlar natijalari asosida) // Ilmiy kutubxonalar manbalari: foydalanishni optimallashtirish. - Novosibirsk, 1994. - S. 3–12.
4. Visotskaya, E. K. Shahar kutubxonalarining kadrlar resurslari: davlat va optimallashtirish muammolari / E. K. Visotskaya // Ilmiy -texnik kutubxonalar. - 2001 yil. - № 9. - S. 40-44; Dubenok, TE, vakolatlarning taqsimlanishi zamonaviy kutubxona boshqaruvini samarali tashkil etish omili sifatida // Kutubxonachilik - 2004: Ma'lumotlarning umumiy mavjudligi. To'qqizinchi stajyorning materiallari. ilmiy. konferentsiyalar (2004 yil 22-24 aprel) - M., MGUKI, 2004. - 170-171 -betlar; Zazerskiy, E. Ya.Kutubxonachilik kasbini ilmiy bilish usullari to'g'risida / E. Ya.Zazerskiy, A. V. Sokolov // Sov. kutubxona ilmi. -1990 yil. - № 4. - S. 60–67; Kapterev, A. I. Kutubxonachilar virtual dunyosi tahlilidan haqiqiy xulosalar / A. I. Kapterev // Kutubxonaning uzluksiz ta'limi. - 2000. - No 12. - S. 26-30.
5. Potanina, E. A. Kutubxona xodimlarining mehnat faoliyati motivatsiyasi: Ural viloyati materiallari bo'yicha: dis. ... Cand. ped. Fanlar: 05.25.03 / E.A. Potanina. - Chelyabinsk, 2008.- 219 b .; Shapiro, S.A. Xodimlarni rag'batlantirish va rag'batlantirish / S. A. Shapiro. - M .: GrossMedia, 2005.- 224 b.
6. Suslova, I. M. Kutubxona va axborot faoliyatini boshqarish: darslik. madaniyat va san'at universitetlari uchun / I. M. Suslova, V. K. Klyuev; jami ostida. ed I. M. Suslova; MGUKI. - SPb. : Kasb, 2009. - 600 b .; Yastrebova, E.M. korporativ madaniyat kutubxonalar / E.M. Yastrebova. - M. , 2008.- 122 p.
7. Motivatsiya, // Falsafiy entsiklopediya [Elektron manba] .- Kirish rejimi:http: // dic. akademik. ru / dic. nsf / enc_philosophy / 2755 /% D0% 9C% D0% 9E% D0% A2% D0% 98% D0% 92% D0% 90% D0% A6% D0% 98(d Murojaat sanasi: 05. 12.2016).
8. Shapiro, S.A. Xodimlarni rag'batlantirish va rag'batlantirish / S. A. Shapiro. - M.: GrossMedia, 2005.- 224 b.
9. Crag'batlantirish [Elektron manba] // Inqirozga qarshi boshqaruv shartlari lug'ati. - kirish rejimi:http:// dic. akademik. ru/ dic. nsf/ qarshi/73470 (d Kirish sanasi: 05.12.2016).
10. Suslova, I. M. Motivatsiya kadrlar boshqaruvini takomillashtirish omili sifatida / I. M. Suslova // Ilmiy -texnik kutubxonalar. - 2006. - No 12. - S. 5–12.
Do'stlaringiz bilan baham: |