2.2. Logoritmik mashg’ulotlarda nutq va bilish jarayonlarini rivojlantirish (metodik tavsiyalar)
Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan,ularning bilish jarajonlari ustida logoritmik mashg’ulotlarda quyidagi mashq va o’yinlarni o’tkazish maqsadga muvofiq:
Korish; eshitish va ko’rish idrokining diqqat e’tiborini va xotirasini rivojlantirish uchun; ritmni xis qilishda va makonda mo’ljalga olishni rivojlantirish uchun;
taqlidchilikni rivojlantirish uchun;
ijodiy, syujetli-rolli, harakatlanadigan o’yinlar, tashabbus, mustaqillik, faollik, iroda sifatlarini rivojlantirish uchun ijodiy etyudlar; qo’l motorikasini, barmoqlarni, panjani, umumiy motorikani rivojlantirish uchun harakatlanadigan o’yin va mashqlar qoidalari bilan; yuz mimikasi va oral praksisini rivojlantirish uchun;
nutq prosodiyasini rivojlantirish uchun musiqa jo’rligida ashulali, xorovodli, dramatik o’yinlar; ijodiy qobiliyatni, tasavvur qilishni rivojlantirish uchun etyudlar; musiqiy ijodni va musiqiy xotirani rivojlantirish uchun;
yakunlovchi; saxnalashtirish, ertaliklar, ko’ngil ochar tomoshalar, bayramona chiqishlar (bolalar uchun), yumor kechalari, pantomimalar, kontsertlar va boshqalar (kattalar uchun).
Turlicha nutqiy buzilishlar bor bolgan bolalar bilan korreksion ishda logopedik ritmika vositalari logopedik ishga qaraganda, nutq prosodiyasi, umumiy temp va ritmni hamda nutq harakatini me’yorga solishga imkon beradi. harakatning statik va dinamik muvofiqligini harakatlantiruvchi, musiqali-harakatli, musiqali-nutqiy, ritmik, nutqiy musiqa jo’rligisiz, harakatlantruvchi-nutqiy mashq va o’yinlar, muskullar tonusini boshqarish qobiliyatini, nafas chiqarishning davomiyligini, ovozning yumoshq qujumini va prosodiyaning boshqa komponentlarini tarbiyalaydi. Bolaning harakat doirasini me’yorga solish uning muloqotga, atrof-olamga va o’z nutqining buzilishiga bo’lgan munosabatini qayta qurishga yordam beradi. Nutqiy kamchiligi bolgan bolalarda bu qayta qurishga psixomotorikani korreksiyalash jarayonida paydo bo’ladigan fe’li va xulqidagi ijobiy xislatlar sabab bo’ladi, chunonchi: harakatlarda dadillik, ularni boshqara olish, to’g’ri qomat, suhbatdoshini ko’rishni mo’ljallash, botirlik, muloqotda tashabbuskorlik, harakatlantiruvchi va nutqiy qiyinchiliklarni hal qilishda mustaqillik, faoliyatda faollik, nutq nuqsoniga bo’lgan munosabatni qayta qurish sababli hayotiy vaziyatlar ahamiyatida qayta yo’lga solish va boshqalar.
Logopedik ritmika mashg’ulotlarini logoped ishi bilan boshlash kerak va o’quv yili davomida logoritmika materialiga muvofiq logopedik dastur bajariladi. Shunday qilib, tekshirish davrida logoritmik mashg’ulotlarda nutqning cheklanganligi (indamaslik tartibi, pichirlash nutqi) tutashlik, silliqlik, harakatlarning o’tishi ishlab chiqiladi. Yurishga, muvofiqlashishga, diqqatni, xotirani rivojlanitirishga, optik-fazoviy yo’lga solishga, motorli ko’rishni muvofiqlashtiruvchi mashqlar taklif qilinadi va boshqalar. Bog’lab talaffuz qilishni tarbiyalash davridan boshlab talaffuzning silliqligi va tutashligi, harakatlar tempi, ifodalilik, hayajonlilikni ishlab chiqadigan nutqli vazifalar beriladi. Nutq nuqsoniga ega o’quvchilar, o’smirlar va kattalar bilan logoritmik ishda quyidagi bo’limlarni ajratish mumkin.
Silliq harakatlar va sekin tempni tarbiyalash. Muskullar tonusini keskinlashtirish va bo’shashtirishga; diqqat va xotira hajmini tarbiyalashga; harakatlarni muvofiqlashtirish va ayni bir vaqtda bo’lishlikka; tormozlanish; avtomatlashtirishni tanlash va yengib chiqish ta’siriga mashqlar, masalan, nutq nuqsoniga ega lar aylana bo’ylab qadam tashlaydilar: «bir» sanog’iga to’xtaydilar, «ikki» sanog’iga orqalariga yuradilar, «uch» sanog’iga aylanadilar va teskari tomonga yuradilar, «to’rt» sanog’iga markaz va orqaga yuradilar. Signallar bo’lib beriladi: eshitish va ko’rish.
Jamoaviylikni yaqqol ifoda etadigan ohista tempdagi mashqlar, masalan, qo’llar uchun galma galdan harakat o’ylab topadilar. O’z harakatlarini bajara turib davom etadilar, o’ng tomondagi qo’shnisining harakatlariga e’tiborini qaratadilar va signal bo’yicha uning hamma harakatlarini taqlid qilib o’rganib oladilar. Shug’ullanayotganlarga dastlabki harakatlari qaytib kelmagunicha shu tarzda davom etadi. Harakat va musiqali ritm bilan nutqning boqliqligi. Yurish bilan bog’liq sanoq; harakat bilan bog’langan sanoq yoki nutqli mashqlar.
Harakatni muvofiqlashtirish bilan bog’langan sanoqli yoki nutqli mashqlar koptokni: «yuqoriga o’ziga», «yuqoriga qo’shniga» so’zlari bilan irqitish va boshqalar. Tormozlanish bilan bog’langan sanoqli va nutqli mashqlar: qadam tashlash va chap oyoq bo’yicha sanash. Signal bo’yicha to’xtaladi va sanaladi, keyin yuriladi va sanoq tiklanadi. Avtomatlashtirishni bartaraf qilish bilan bog’langan sanoqli va nutqli mashqlar: chap oyoq bo’yicha tartib bilan sanash. Signal bo’yicha orqaga qadam tashlash va keyingi signalgacha teskari tartibda sanash. Tanlash ta’siri bilan bog’langan sanoqli va nutqli mashqlar: har qanday otni talaffuz qilib koptokni bir biriga irqitadilar, koptokni qabul qilib olib unga sifatni qo’shadilar, keyin aksincha. Nutq tempining mustahkamligi, nutqni harakat bilan muvofiqlashishini tekshirish uchun bu bo’lim xulosasida vazifalar beriladi.
Harakat, so’z va nutqning ritm xarakteri bilan bog’liqligi. Harakat va nutqda forte hamda piano ni ko’rsatish: iboralarni baland va pichirlab talaffuz qilish va baland ovozda sanash. Crescendo va diminuyendo ning nutq va harakatda kuchayadigan yoki tinchib qoladigan musiqali ritm bilan bog’liqligi: sanoq va tovushni kuchaytirish bilan asta-sekin qo’llarni yuqoriga ko’tarish va tovushni pasaytirish va teskari tartib bilan sekin-asta tushirish. Nutqning mantiqiy ma’nosi va qo’lning aynan harakati bilan boqliq bo’lgan muayyan so’z ta’kidlanadi, ya’ni urg’u: «Menga koptokni ber. Menga koptokni ber. Menga koptokni ber».
Pauza mazmunini faollik, to’yinganlik bilan tarbiyalash. Bolalar matnni baland ovozda talaffuz qiladilar va qadam tashlaydilar, signal bo’yicha to’xtaydilar va matnni o’sha tempda keyingi signalgacha hayolan davom ettiradilar, keyin yana qadam tashlaydilar va signal tutib qolgan so’zdan baland gapiradilar. 2G’4, 3G’4, 4G’4 miqdorida dirijyorlik qilish mashqlari ohangdosh vositasi sifatida. Nutq nuqsoniga ega bir bola dirijyorlik qiladi, tovushning kuchayishi va pasayishini o’z harakatlari bilan ifoda etadi boshqalar esa dirijyorning ko’rsatmalariga rioya qilib baland, past ovozda sanaydilar.
3G’4 miqdordagi dirijyorlikda taktining birinchi bo’lagi tekis harakat bilan pastga (yoki ozgina chapga og’ish bilan), ikkinchisi yoysimon harakat bilan o’ngga, uchinchisi yuqoriga yo’naltirilgan ozgina yoysimon harakat bilan chapga ko’rsatiladi. 3 dagi taktlashtirish sxemasining tuzilishi taktdagi kuchli, ancha kuchsiz va juda kuchsiz bo’laklarning tabiiy mutanosibligini ta’minlaydi. 2G’4, 4G’4 miqdordagi dirijyorlikda (agar ijro etish tempi sekin bo’lsa) taktlashtirishning to’rt bo’lakli sxemasi qo’llaniladi. Uning mohiyati avvalgidagidek, uch bo’lakli sxemaning ikkinchi va uchinchi bo’laklari haqida gapirilgan, mos ravishda to’rt bo’lakli sxemaning oxirgi ikkita bo’lagiga taalluqlidir. Bir bola dirijyorlik qiladi tovushning kuchayishi va pasayishini o’z harakatlari bilan ifoda etadi boshqalari esa baland, past ovozda sanaydilar. Harakatlantiruvchi nutqli vazifalarda botirlik, dadillik, hujumkorlik amaliyoti. Ikki ko’rinishdagi vazifa taklif qilinadi:
1) musiqa bilan boqliq so’zni vaqtda taqsimlashni uddalashga, masalan, chapga, o’ngga qadam tashlash, teskari tomonga aylanish, joyida chapak chalish. Bolaning o’zi harakatni va yo’nalishni o’zgartirishi uchun so’z bilan signallar berib guruhga rahbarlik qiladi;
2) o’zini nutq muloqotida ko’rsatish imkonini beruvchi musiqa bilan bog’lanmagan.
Katta yoshdagi bolalar bilan logoritmik mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyati mashg’ulotlarning zarurligini anglash darajasining va harakatlarni mustaqil bajarishning yuqoriligidan iborat bo’ladi. Katta yoshdagi bolaning uyda musiqa ostida mustaqil mashq qilishlari katta ahamiyat kasb etadi (magnitofon yozuvlari). Fikrni ifoda etish uchun aynan pantomimo harakatlari to’plamining, qomatning, harakatning nafisligi ustidan doimiy nazorat amalga oshiriladi. Oyna oldida turib tasavvurdagi holat bilan bog’langan harakatni nutq bilan bajarish foydali. Musiqa jo’rligida yoki usiz sahna etyudlarini ijro etadilar. Uyda ishlab bo’lingan etyudlar jamoaviy mashg’ulotlarda ko’rsatiladi. Ko’rilgan yoki ko’rsatilganlari xususida jamaoaviy fikr almashuvi yoki ikkitadan bo’lib keyingi munozaralar kelib chiqadi.
Asabiy bemorlar uchun logoritmikaga muskullar tonusini me’yorlashtirishga, jismoniy kuch va chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan jismoniy tarbiya belgilarini kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu bemorlarga uzoq davom etadigan harakatlantiruvchi vazifalardan harakatlantiruvchi nutqli mashqlarga, keyin esa musiqa yordamida yoki usiz faqat nutqli mashqlarga o’tish uchun motor mashqlari kerak emas. Ularda musiqali-ritmik qobiliyatning yuqori rivojlanganligi temp va ritmni o’zgartirib kiritishga, vazifalarni tez murakkablashtirishga imkon beradi. Masalan Asabiy duduqlanishda harakatlantiruvchi nutq stereotipining saqlanganligi talab qilinadi, logopedik ritmika mashg’ulotlari nutq nuqsoniga ega larning diqqatini shaxsiy nutq jarayonidan ritm va tempda o’zgarib turadigan ritmik harakatlarga o’tkazishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunda nutqli va harakatli ta’sirlarning turli uyg’unliklarini yetarlicha kiritish mumkin bo’lib qoladi va bolada diqqatni oshishiga sababchi boladi.
Asabiy duduqlanishga o’xshashlikda harakat funksiyasining o’ziga xos xususiyati logopedik ritmika tizimiga maxsus usullarni kiritishni talab qiladi. Shuning uchun asabiy duduqlanishga o’xshashlikda harakatning hamma bosqichlari ko’tariladi, bu bemorlarda markaziy asab tizimi bilan bog’langan buzilgan yoki bo’lmagan harakat funksiyalarini shakllantirish zarur. Bunda tiklash jarayonini saqlangan harakatlar tayanchi bilan qurish zarur. Bemorda musiqaning ritmi va tempida muvofiqlashgan va ritmik harakatlar aniqligini ishlab chiqish, umumiy motor faoliyatini tashkil qilish, musiqiy-ritmik qobiliyatni rivojlantirish zarur. Mashq qilishni oddiy ritm va mashqlar bilan boshlash, faqat oldingi mashqlarni to’la egallagandan so’ng asta-sekin boshqa turdagi mashqlarga o’tish mumkin. O’rgatish jarayonida ko’rgazmali namunalardan iloji boricha ko’p foydalanish va qo’llanmani butunlay egallaguncha takrorlash zarur. Nutqida sezilarli darajada ozgarishlar paydo bola boshlagan bolalarga, Harakatli ritmik mashqlar kursi o’rganib olinganidan so’ng asta-sekin nutq ta’sirlari kiritiladi,chunki xotirada soglom nutqiy malaka shakllari saqlana boshlaydi. Avvalida soddalari: fonda so’zlashish, bir bo’g’inli so’zlar, musiqa ostida, eng oddiy harakatlar bilan birgalikda, so’zni talaffuz qilish jarayoniga faol e’tiborni maksimal qaratish. SHuni inobatga olish kerakki,nutq tafakkur ,diqqat, xotira bilan uzviy aloqada shakllanadi.shuning uchun ham bu nutq funksional tizimida harakatlar dasurini mustahkamlashga, uni barqarorlashuviga imkon beradi. Faqat muvofiqlashgan bu mashqlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan keyin (ya’ni, oddiy harakatlar bilan birgalikda musiqa ostida so’zlashish) ancha murakkab bo’lgan harakat va nutq bilan birgalikdagi musiqa ostidagi mashqlarni kiritishga o’tish mumkin. Bolalar ongli ravishda butun salohiyatini diqqat bilan nutqni bayoniga qarata oladi.Avvalida ular ancha sodda shaklda amalga oshirilishi kerak va faqatgina asta-sekinlik bilan turlicha temp va ritmga o’tkazish mashqlariga o’tish mumkin. Shu guruhdagi bolalarning bir qisimda musiqiy-ritmik qobiliyatning past rivojlanishi logopedik ritmika mashg’ulotlariga musiqali-ritmik mashqlarni maksimal kiritishni talab etadi. Barcha bolalarda bilish jarayonlari tezlik bilan yoki tengdoshlari qatori jadallik bilan rivojlanmaydi. Shu sababli bizning sohada hamisha individuallik tamoyiliga jiddiy etibor qaratiladi.
Katta yoshdagi nutq buzilishli bolalar bilan logoritmik mashg’ulotlarni nutq statsionari sharoitida quyidagi sxema bilan o’tkazish mumkin.
Kirish qismi (1015 daqiqa). Bolalar diqqatini tashkil qilish, qomatni yaxshilash, yurishda so’z bilan harkatni muvofiqlashtirishni rivojlantirish, eski va yangi taklif qilingan qiyin bo’lmagan mashqlarni takrorlash,xotirasini mustahkamlash, qiyin bo’lmagan raqs harakatlarini bajarish (harakatlar ko’lami va bajarish tempini asta-sekin oshirish). Bir nechta bilish tafakkur ,idrok ,xotira ,diqqat turlari bir paytda mustahkamlanib borishiga erishish mumkin boladi.
Asosiy qism (3045 daqiqa). Muskullar tonusini tartibga soluvchi, diqqat e’tiborni, xotirani rivojlantiruvchi, harakatlarni so’z va she’rli matn bilan muvofiqlashtiruvchi mashqlar. Bolalar ox nutqini teran idrok olishlari talab etiladi.
Yakunlovchi qism (1015 daqiqa). Mimikali gimnastika, xotirjam yurish, figurali qadam tashlash, bo’shashganlik mashqlari.
Katta yoshdagi bolalar bilan mashg’ulotlarni har kuni yoki kun ora o’tkazish maqsadga muvofiq, lekin haftada uch martadan kam bo’lmasligi kerak, mashg’ulotlarning davomiyligi 45 daqiqadan 1 soat-u 20 daqiqagacha. Mashg’ulotlarning soni davolanish kursining davomiyligiga boqliq. Ritmik material sxema bo’yicha joylashadi va logopedik mashg’ulotlar rejasi bilan yaqindan bog’langan bo’ladi. Logoritmik mashg’ulotlar uchun maxsus soatlar ajratiladi yoki ular logopedik mashg’ulotga kiritilishi mumkin. Odamlar soni 8 10 tadan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |