Kurs ishi mavzu: Logoritmika mashqida nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilish jarayonlarini rivojlantirish yo'llari


Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 40



Download 377,5 Kb.
bet2/9
Sana13.06.2022
Hajmi377,5 Kb.
#661094
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
logo oxirgisi togirlndi

Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 40
Foydalanilgan adadbiyotlar ro’yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 42

KIRISH


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida milliy turmush tarzini sog’lomlashtirish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Zero O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek, «Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. Yurtimizda yoshlarni mustaqil, erkin fikrlovchi sog’lom turmush tarziga xos insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalash borasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
O’zbekiston Respublikasinni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi dasturida”…. Imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, nogironlikka ega shaxslarga sifatli ta’lim berish kabi vazufalar belgilanib, bu jarayonga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishni taqazo etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim va tarbiya masalalari respublikamizda va halqaro miqyosida me’yoriy huquqiy asoslarga ega.Jumladan, xalqaro hujjatlardan ayrimlarini keltiramiz: Inson huquqlari umumjahon deklataratsiyasi, BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilinib, 1992 yilda O’zbekistonda ratifikatsiyalangan “Bola huquqlari to’g’risidagi” Konvensiya, milliy huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (13 va 41 –moddalar), “Ta’lim to’g’risida” gi qonun ,( 20, 47, 52,55-moddalar), “ Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi Qonuni 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-sonli “ nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonida qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’tisida” gi Farmonlari, hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayan darajada xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Sh.Mirziyoyev «Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to’liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni 3 yoshdan 22 yoshgacha bo’gan davrda uning tarbiyasiiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi»1. Bugungi aavlodni tariyalashda alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim tarbiya investitsiya kiritish ham maqsadga muvofiqdir. Ular ham jamiyat taraqqiyotiga fikri, mehnati, layoqati va sadoqati orqali xizmat qiladi. Bular jumlasiga Inkluyuziy ta’lmni joriy etish va bu borada qilinayotgan va qilinishi kutilayotgan muvofiqiyatli ishlarimizni aytsak mubolag’a bo’lmadi.
Kelajagimiz egalari bo’lgan yosh avlodni sog’lom, barkamol, bilimli, mustaqil va erkin fikr sohibi etib tarbiyalsh muhimdir.»
Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni o’z ijodiy va aqliy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun yurtimizda iqtisodiy jihatdan yoshlarimizni moddiy rag’batlantirish va ma’naviy qo’llab quvvatlashlarining samarali tizimlari ishlab chiqildi. Chunki, yurtimizni ertangi kuni, taraqqiyoti uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, еtuk mutaxassis yoshlar Vatanimiz rivoji, yo‘lidagi ezgu say –harakatlarini amalga oshiradigan qudratli kuchdir.
2012-2026 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 5-ustuvor yo’nalishida «aholini ijtimoiy himoya qilish nogiron, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash»2ni kuchaytirishga alohida e’tibor berildi. 2017 yil «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari» yili deb e’lon qilinishi barkamol avlodni har tomonlama shakllanishida muloqot qilish ko’nikmalarini rivojlantirish orqali inson o’z manfaatlariga erisha olishi, hayotda o’z o’rnini topa olishiga, ijtimoiy jihatdan moslashuviga yordam bera olishi ifodalanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim tog’risida»gi va «O’zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi Qonun, «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun, 2011 yil 13 sentabrdagi «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari to’g’risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 256-sonli qarorlari, 2000 yil 26-28 aprelda Butun jahon forumida qabul qilingan «Ta’lim hamma uchun», «Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida»gi Qonun (2008 yil), 2017 yil 1 avgustdagi «Nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda O’zbekiston Respublikasida nogiron bolalar ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e’tibor davlat tomonidan ortib borayotganini ko’rsatmoqda. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy - texnik bazasini mustaxkamlashga yо‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarning moddiy – texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va о‘quv – tarbiyaviy rejalariga qо‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017 – 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida3” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida qabul qilingan dasturda keng kо‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish kо‘zda tutildi. Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida respublikaning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh qilish borasidagi rivojlanish yо‘lining uzviy va bosqichma – bosqichligini ta’minlaydi.
Ta’lim tizimini tubdan islox qilish, yosh avlodga hozirgi zamon fan va texnika yangiliklari haqida chuqur va xar tomonlma bilim berish maqsadida qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining mutaxasislar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalaring zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan xolda qayta qurush nazarda tutilgan. O’sib kelayotgan yosh avlodning xayotda o‘z o‘rnini topishi, komil inson bo‘lib еtishishda uning maktab dasturlarini o‘zlashtirishda nutqning o‘rni beqiyosdir.
O‘zbekiston Respublikasida nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish usullari yuzasidan L.R. Mo’minova (1991 y) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning to’liq rivojlanmaganligini bartaraf etishning korreksion-pedagogik asoslarini, M.Y. Ayupova (1992 y) maktabgacha tarbiya yoshidagi o’zbek bolalarida fonetik-fonematik kamchiliklarini bartaraf etish yo’llarini X.M. Po’latova (1994 y) nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutq faoliyatini faollashtirishni, YE.A. Babayeva (1991 y) Nutqining to’liq rivojlanmasligini blingivizm ya’ni ikki tillilik asosida kelib chiqishini, N.X.Raxmankulova kichik maktab yoshidagi nutq nuqsoniga ega bolalarni tengdoshlari bilan axloqiy munosabatlarini shakllantirishni, Z.M.Axmedova (2009) umumta’lim maktablari o’quvchilarida duduqlanishni bartaraf etishda logopedik ish tizimini o’z tadqiqotlarida ilmiy jixatdan o’rganganlar. Lekin O’zbekistonda nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning ruxiy rivojlanish xususiyatlari, bilish jarayonlari ilmiy jixatdan yetarlicha o’rganilmaganligi, nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalarning ruxiy rivojlanishi xaqida o’zbek tilida manbalar еtarlicha emasligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Muammoning ilmiy jihatdan o‘rganilmaganligidan kelib chiqqan holda, “Logoritmika mashqida nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar bilish jarayonlarini rivojlantirish yo'llari.” tadqiqot mavzusi sifatida tanlandi.

Download 377,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish