2.3. Yaylovlarning asosiy ahamiyati
Yaylovlarda erkin holda boqilgan chorva mollarining mahsuldorligi turg‘un holda boqilgan mollar mahsuldorliga nisbatan 20-25 % yuqori b oiadi. 2. Mahsulotning tannarxi 30-40 % ga kamayadi. 3. Chorva mollarining yaylovlarda boqish 180-280 kunni tashkil qilganligi uchun bu davrda o ‘tni o ‘rish, tashish, m ollarga tarqatish, nushxo‘rd va go‘ng tozalash, sug'orish ishlarini o ‘tkazish talab qilinmaydi. 4. Sog'in sigirlarda uchraydigan «M astit» kasalligi yaylovlarda boqilgan mollarda uchramaydi. 5. Chorva mollarining nasli yaxshilanib boradi (100 bosh sigirdan 95- 98 bosh sogiom buzoq olinadi). 6. G o'sht, sut, jun va teri mahsulotlarining sifati keskin yaxshilanadi. 7. Yaylovlarda boqilgan chorva mollari vitaminli ko‘k ozuqa bilan uzoq m uddat ta ’minlangan bo iad i. Yaylov o ‘simliklarining ekologik-meliorativ ahamiyati 1. Yaylovlarda efemer, efemeroid, yarim buta va butalarning birgalikda mavjudligi tuproqning sham ol va suv eroziyasidan him oya qiladi. Shuningdek, qum k o 'ch ish in i, tu p ro q n i uchirib c h a n g -to ‘zon ko‘tarilishini oldini olib, atmosfera havosini ifloslanishini bartaraf qiladi. 2. Atmosfera yog‘inlarini yerga sekin-asta singishini ta ’minlab, tuproqda namlik zaxirasini vujudga keltiradi va uni fizik bugianishdan saqlaydi. Sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarda ko ‘p yillik o ‘tlar, butalar va daraxtlar biologik zovur vazifasini bajarib, tuproqda sodir boiadigan sho‘rlanish va botqoqlanish jarayonini kamaytiradi.
Yaylovlarning tabiiy sharoitlari
M arkaziy Osiyo va shu jum ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasining hududi yer yuzasining «yotiq» yo‘nalishi bo'yicha sahro mintaqasida joylashgan (tundra, o ‘rmon, cho‘l, sahro mintaqalari bo‘yicha olinganda). Sahro m intaqasida yer yuzasiga yer yuzasining issiq, q urg‘oqchil m intaqalari kiradi. Ushbu mintaqaning iqlimi keskin kontenental - yozi issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik miqdori 70-300 mm gacha boradi. Bug‘lanish esa juda yuqori 1500-2000 mm, foydali harorat yig'indisi 3500- 4500° С gacha bo‘ladi. Shu m intaqa ichida ko‘p tabiiy sharoitlari bilan tubdan farq qiladigan tik kichik mintaqalar ham mavjud. Bu mintaqalar yer yuzining botiq qismidan baland tog'liklar tomon yo‘nalishi bo‘yicha b o ‘linadi: Meliorativ mintaqalar 1. Tog‘ mintaqasi. 2. Adir mintaqasi. 3. Tekislik mintaqasi. 4. Sohil mintaqasi. 0 ‘zbekiston Davlat yer loyihalashtirish instituti yaylovlami quyidagi guruhlarga bo‘lishni tavsiya qilgan: 1. Tog1 - tog* va baland tog1 yaylovlari. 2. Adir - tog‘ oldi adirlar, baland va quyi adirlar. 3. C ho‘l (tekislik) - qum cho‘llar, gipsli chollar, sho‘rxok choilar va baland cho‘llar. 4. T o ‘qaylar (sohil) - daryo sohillari. M a’lumki, 0 ‘zbekiston tog‘lari 0 ‘rta Osiyodagi Tyan-Shan va Oloy tog* tizmalarinig davomidir. Tyan-Shan tizmasiga Qorajon tog‘, Ugam, Pskom, Sandalash, Chotqol va Qurama tog‘lari kiradi, ular o ‘rtacha dengiz sathidan balandligi 2500- 3000 m. Oloy tizmalariga Turkiston, Zarafshon va Hisor tog‘lari kiradi. Turkiston tog‘ tizmasi F arg‘ona vodiysidagi Ko'ksuv, Chumqor va M orguzar tog'larini hamda N urota (Gubdantog‘, Oqtog‘, Qoratog1) tog‘larini o ‘z ichiga oladi. Turkiston tog‘ tizmalarining balandligi dengiz sathidan 3000-4000 m balandlikdadir. Zarafshon tog* tizmasiga Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog‘lari kiradi, ularning dengiz sathidan balandligi 800-1200 m dir. ! Hisor tog‘ tizmasi janubiy-g'arb tomondan Hazrati Sulton, Y akkabog‘, G ‘uzor, Boysun, Ko‘hitang, Surxontog‘ va Bobotog1 tizmalaridan tashkil topgan. Bu togiarning dengiz sathidan balandligi 2000-3700 m. Yuqorida keltirilgan tog‘ tizmalari respublikamiz g‘arbiga borgan sari pasayib, adirlar va tekisliklar bilan qo‘shiladi. Barcha tog‘ tizmalarining qo‘yi qismlari adirlardan, adirlarning quyi qismlari esa tekisliklardan iborat boiadi. R espublikam izning tekislik m in taq asig a F a rg 'o n a , C h irch iq , Ohangaron, M irzachoi, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vohalari Amudaryo deltasi, Qoraqum, Qizilqum, Ustyurt, Nurota, Q arnob va boshqa tekisliklar kiradi. Yuqorida k o ‘rsatilgan m intaqalar chorvachilik uchun asosiy ozuqa manbai boigan tabiiy yaylovlardir. 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida tog‘ yaylovlari 1459 ming ga, adir yaylovlari 17 min ga, tekislik yaylovlari esa 20 min gektardan oshiq. Bu tabiiy yaylovlar bir-biridan iqlim , gidrologik, relyef, o ‘simliklar qoplam i vegetatsiya davri va yaylov davrining davomiyligi bilan farqlanadi. 1.1. Tog‘ mintaqasi yaylovlarning tabiiy sharoitlari Relyefi tog‘ yaylovlarining relyefi makrorelyefi boiib, juda m urakkab keskin o'zgaruvchi ba'and-pastliklar, qoyalardan iborat. B alan d -p astlik lar ekspozitsiyasi quyoshga qaragan va so y a tomonlardan iborat boiadi. Shuning uchun turli relyef ekspozitsiyalari tuproqning issiqlik va suv rejimlari ham har xil boiib, ular o ‘simliklar qoplamiga turlicha ta ’sir qiladi. Iqlim sharoiti. Tog‘ mintaqasi yaylovlari dengiz sathidan 1000 m dan 2400 m gacha baland tog‘ yaylovlari esa 4000 m balandliklami o ‘z ichiga oladi. Tog‘ mintaqalarining iqlim sharoiti pastdan yuqoriga borgan sari o‘zgarib borish xususiyatiga ega. Tog‘ mintaqalarida har 100 m balandlikka ko‘tarilgan sari havoning o‘rtacha harororati 0,5°C ga pasayib, yoginlar miqdori va havoning nisbiy namligi oshib boradi. Eng sovuq yanvar oyidagi havo h aro rati +5°C +20°C, eng issiq boiadigan iyul oyida esa +15°C +20°C gacha o ‘zgarib, yuqori b o ig a n davming davomiyligi 140-180 kun. Yog‘ingarchilik miqdori 600-1200 mm ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |