Qizilqum Turon tekisligidagi eng katta cho’llardan biri bo’lib, asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgandir. O’zbekiston hududida Qizilqum cho’lining joylashgan qismi Qizilqum okrugiga kiradi. Shimoli-g’arbda Qizilqum okrugi Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho’l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g’arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog’iston bilan bo’lgan davlat chegarasiga to’g’ri keladi.
Cho`lning Qizilqum dеb atalishiga sabab, uning ko`p qismini egallab yotgan qumlar rangining qizilligidir. Qizilqumda qadimgi qoldiq past tog`lardagi qizg`ish jinslarning nurashidan qosil bo`lgan qoldiq qumlar ko`p yеrda qizil rangga ega. Qizilqumning janubiy qismida esa qumlar rangi to`q, kul rang. Bu qumlar Zarafshon daryosi olib kеlgan yotqiziqlardan qosil bo`lgan, qizil tuproqlar bilan aralashmagan.
Qizilqumning maydoni 300 ming km2. Okrug janubi-sharqdan shimoli-g’arbga qarab pasayib boradi. Uning o’rtacha mutlaq balandligi 200—300 m bo’lsa, janubi-sharqda 350—400 m, shimoli-g’arbda esa 90—100 m ga tushib qoladi.
Qizilqum okrugi relyef jihatidan bir xil emas. Uning ko’pchilik qismini mutlaq balandligi 200 m gacha bo’lgan qumli tekisliklar ishg’ol qiladi Bu yerda botiqlar, tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog’lar mavjud. Tekisliklarning ko’pchilik qismini allyuvial sochilma qumlar ishg’ol qilib, asosan, eol relyef shakllari — qum marzalari (nisbiy balandliklari 15—20 m, maksimal balandliklari 60—70 m gacha), do’ng qumlar, kamroq esa barxanlar mavjud. Qum marzalari ko’proq meridional yo’nalishga ega bo’lib, o’simliklar bilan mustahkamlangan. Do’ng qumlari Qizilqumning markaziy qismlarida mavjud, ular ham mustahkamlangan. Barxanlar Qizilqum okrugida nisbatan kam bo’lib, ular aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo sohillarida ko’proq joylashib, ularning harakatga kelishi insonlarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq.
Qizilqum okrugida marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar uchraydi, ammo ular kam. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv bug’lanib ketib, qurib, usti qotib yorilib ketadi.
Qizilqum okrugining markaziy qismida bir necha berk botiqlar joylashgan. Botiqlar Qizilqumning markaziy qismidagi qoldiq tog’lar orasida tektonik botiqlar mavjud.
Botiqlarning tagi qumdan iborat bo’lib, ustki qismi taqir yoki sho’rxoklardan iborat. Bu botiqlarning eng kattalari Bo’kantog`ning janubida dengiz sathidan 12 m pastda joylashgan Mingbuloq, Yetimtog’ning januby-sharqida joylashgan Mullali, Ovminzatog’ bilan Qazaxtog’ orasida joylashgan Qoraxotin, Quljatog’ning janubi-sharqida joylashgan Oyoqog’itma botiqlaridir. Bu botiqlarning har birining bo’yi 40—50 km ga yetadi.
Qizilqum okrugining markaziy qismidagi platolardan ko’tarilib turgan paleozoy qoldiq tog’lari eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi hisoblanadi. Bu tog`lar juda ham yemirilib ketgan bo’lib, mutloq balandliklari 922 m dan oshmaydi. Bu tog’larning eng muhimlari Quljuqtog’ (Irlir cho’qqisi 764 m), Yetimtog’ (568 m), Tomditog’ (Otog’ cho’qqi 922 m), Ovminzatog’ (635 m), Quljuqtog’ (785 m), Qazaxtog’ (394 m), Sulton Uvays tog’i (Ashitog’, cho’qqi 473, m). Shu sababli bu qoldiq tog’lar deyarli kenglik bo’ylab yo’nalib paleozoy erasining kristalli slanetslari, kvartsli slanetslari va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ular orasida esa granit, diorit, granodiorit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi.
Qizilqumning tekislik qismi neogen va antropogen davrning allyuvial tekisliklaridan, asosan, dengiz va Amudaryo hamda Sirdaryoning yotqiziqlaridan iborat, ustini esa qalinligi 10—12 m keladigan qumlar qoplab olgan. Qizilqumda kopdan —kop qadimgi quruq ozanlar uchraydi. Ulardan eng kattasi Janadaryo bolib, u taxminan qizilorda shaqri yaqinida boshlanib, janubi —qarb tomon oqqan va bu ozan orqali Sirdaryo suvlari qachonlardir Orol dееngizigacha borib ^uyilgan Sulton Uvays toqining sharqiy qismidan Orol dеngizining janubi — qarbiy qirqoqigacha Amudaryoning qadimgi ozani Aqchadaryo chozilib yotibdi. U uzunligi 170 km, kеngligi 25 km kеladigan dеlta qosil qilgan. qizilqumning janubiy qismida qam bir nеcha qadimgi ozanlar mavjud, bular Sirdaryoning qadimgi ozani Daryosoy va Zarafshonning Moxandaryo ozanidir.
2012–2017 yillar Qizilqum choʻlida amalga oshirilgan geobotanik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, choʻllanishni vujudga keltirayotgan asosiy kuch tabiiy va antropogen omillardir. Oʻtkazilgan tadqiqotlar ekosistemalarning choʻllanishi oʻz-oʻzidan boʻlmasligini tasdiqladi. Asosiy antropogen omillar – yangi koʻllar paydo boʻlishi, tuproq eroziyasi, yoʻllar, karyerlar, shoʻrlanish, chorva mollarining meʼyoridan ortiqligi, yangi shahar va qishloqlarning kengayishi, buta va daraxtlarning yoqilgʻi sifatida chopilishi, manzarali, dorivor, ziravor oʻsimliklarning rejasiz terib olinishi, yoʻl qurilishi, yangi yerlarning oʻzlashtirilishi boʻlib, bular natijasida yaylovlar mahsuldorligi pasayib, turlar soni kamaymoqda. Toʻqay ekosistemasida oʻzgarishlar yuz berib, ikkilamchi oʻzgargan antropogen fitotsenozlar hosil boʻlmoqda.
Eng kuchli choʻllanish qishloq va quduq atrofi, chorva mollari doimiy bir joyda boqiladigan yaylovlarda kuzatildi. Bunday maydonlar keyinchalik oʻsimliklar qoplami bilan tiklanmaydigan taqir joylarga aylanishi tajribadan maʼlum. Eng kuchsiz choʻllanish hududning shimoliy qismi qishloqlardan ancha uzoq masofada boʻlgani sababli chorva mollarining kamligi, antropogen omillarning kam taʼsiri natijasida kuchsiz payhonlangan. Birlamchi paydo boʻlgan shuvoqlar oʻrnida ikkilamchi isiriqzor, qurtqasochzor, qoʻziquloqzor, eshakmiyazor jamoalari paydo boʻlgani kuzatildi. Shuningdek, galofit toʻqay oʻsimliklaridan boʻlgan yulgʻun, oq changal, oq chingʻil, shoʻrajriq, bir yillik shoʻralar aniqlandi. Bunday misol va sababiyatlarni sanashda uzoq davom etish mumkin. Maqsadimiz – yaylov inqirozi tub aholi turmush tarzining jiddiy muammosiga aylanayotgani, bunga bundan buyon aslo yoʻl qoʻyib boʻlmasligidan ogohlantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |