2.2. O’rta Osiyo cho’llari haqida.
O’rta Osiyo cho’llari jumladan O’zbekistonning asosiy landshaftidir. Ular mazkur hududlarning tekislik zonalarida shakllangan bo’lib, maydoni iqlimiy xususiyatlari flora va faunasi bilan o’zaro farqlanadi. O’rta Osiyo hududida Qoraqum. Qizilqum, Muyunqum, Ustyurt, Betpakdala, Orol oldi cho’llari, Qarshi dashti, Mirzacho’l va boshqa cho’llar uchraydi. Yuqorida cho’l sharoitida hayvonlarning yashash xususiyatlariga doir keltirilgan umumiy ekologik qonuniyatlar O’rta Osiyo cho’llari uchun ham xos.
O’rta Osiyo cho’llarini quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
1 .Qumli (qumoq) cho’llar
2. Toshloq cho’llar
3.Sho’rxok cho’llar
4.Gilli cho’llar
Qumli(qumoq)cho’llar. Qumli cho’llar O’rta Osis cho’llarining asosiy qismini egallovchi cho’l tipidir. Ular umumiy cho’llarning yarmidan ko’proq qismida egallagan. Bu tipdagi cho’llar Qoraqum va Qizilqumning asosini tashkil etadi.. Atoqli geobotanik olim M G Popov shunday yozadi: Qozog`iston va O’rta Osiyoning qumli cho’llari dunyo masshtabida tengi yo’q tabiat go’shalaridandir. Qumli cho’llarda quloqli yumaloqbosh, taroq barmoqli gekkon, qum yumaloqboshi, to’r-to’r kaltakesak, taroq barmoqli va paxmoq oyoqli qo’shoyoq va boshqalar uchraydi. Mazkur turlar morfologik belgilari va xulqi bilan o’ziga xos tuzilgan bo’lib qumli cho’llarda yashashga moslashgan bo’ladi.
Mazkur cho’l tipida sstink gekkoni, kulrang gekkon, yul-yo’l kaltakesakcha, kulrang echkiemar, ikki dog`li turg`ay, cho’l quzg`uni, cho’l karqunog`i, katta qumsichqon, tolay tovushqoni, ingichka barmoqli yumronqoziq, shalpangquloq tipratikan va boshqalar keng tarqalgan.
Qumli cho’llarda u yoki bu darajada shakllangan o’simlik qoplamlari, ayrim daraxt o’simliklarining mavjudligi bu zonada o’rmonga xos bo’lgan fauna zlementlarini shakllanishiga olib kelgan. Bular jumlasiga ola qanotli qizilishton, zag`izg`on, buxoro chittagi, cho’l karqunog`i, saksovul chumchug`i, kurgalak, moyqutlar, tentakqush, ko’k kurkunak, qo’l qanotlilarning ayrim vakillari va ko’pgina sudralib yuruvchilarni kiritish mumkin.
Qishda qumli cho’llarda qor qoplami deyarli hosil bo’lmaydi. Shamollar va relefdagi o’ziga xoslilik qor qoplamining cho’l hududida notekis taksimlanishiga olib keladi. Bunday holat cho’l hayvonlari xayotida ijobiy ahamiyatga ega. Mayda sut emizuvchilarning ayrimlari (qumsichqonlar, ingichka barmoqli yumronqoziq va boshqalar) qishda uyquga ketishmaydi va turli yirtqichlar uchun oziqa manbaiga aylanishadi. Shu sababli qumli cho’llarda yashovchi yirtqichlarning soni yil davomida deyarli barqaror saqlanadi, chunki ular yil davomida oziqa bilan ta’minlanadilar.
Xalqaro hamjamiyatning tarkibiy qismi hisoblangan Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni echishda O’zbekiston XEH masalalariga katta etibor bermoqda. Respublikada tabiatni muhofaza qilish ishlari boshqa davlatlar va Xalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlik qilish orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga soluvchi ko’plab Xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |