KURS ISHI
Mavzu: Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi.
Ilmiy raxbar: ___________________.
Ishni topshiruvchi: __________________.
Toshkent 2022
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………...…3
I.BOB. Abdurauf Fitrat haqida, hayoti va ijodi, dramalari, asarlari, sherlari…..4
1.1. Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi…………………………………………………5
1.2. Abdurauf Fitrat asarlari………………………………………………………...7
II. BOB. Abdurauf Fitratning o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan hissasi………….11
2.1. Abdurauf Fitrat asarlari leksik tahlili…………………………………………12
2.2. Abdurauf Fitratning "Sarv" va "Navh" asarlari haqida…………………………...26
Xulosa………………………………………………………………..……29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………..30
Kirish.
Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ildi.1909-1913 yillarda esa adib Turkiyada, Istanbul doilfununida tahsil oladi. U yerda zamondoshlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati» ni tuzadi.
Fitrat 1919-20 yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh - qosh bo‘ddi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi.
1923-1924 yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi. O’smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi.
Fitratning «Muxtasar islom tarixi»(1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan.
Fitrat XX asr oʻzbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, oʻtkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi edi.
«Ey bechora millat. Bularning barchasi majburan sha’riylashtirilgan huquqlar bo’lib, sen ana shu zo’ravonlar — qoningni so’ruvchi, xonumoningni ko’kka sovuruvchi, sharaf va nomusning bunyodiga o’t qo’yuvchi kishilar tarafdorisanki, hali ham buni tushunmaysan! — deydi. YAna bir joyda «Hammaga ma’lumki, har bir millatning taraqqiyoti uchun ilm asosiy sababdir. Sizning ilmingiz yo’q», deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |