Kurs ishi mavzu: Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi


I.BOB. Abdurauf Fitrat haqida, hayoti va ijodi, dramalari, asarlari, sherlari



Download 178,25 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2022
Hajmi178,25 Kb.
#684694
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Abdurauf Fitrat. 123

I.BOB. Abdurauf Fitrat haqida, hayoti va ijodi, dramalari, asarlari, sherlari.
1.1. Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi.
Abdurauf Fitrat oʻz tarjimai holida yozishicha, 1884 yilda Buxoroda tugʻildi (S. Ayniy uni 1886 yilda dunyoga kelgan deydi, hozirgi darsliklar va ilmiy tadqiqotlarda ham shu sanani takrorlashadi). Fitrat – Abduraufning taxallusi boʻlib, “tugʻma isteʼdod” maʼnosini beradi. Otasi Abdurahimboy savdo bilan shugʻullangani bois chet ellarga chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, oʻqimishli va taniqli odam edi. Onasi Bibijon, adabiyotshunos, Fitrat oilaning toʻngʻich farzandi edi. U boshlangʻich tarbiyani diniy maktabda, soʻng mashhur “Mirarab” madrasasida oldi. Fors va oʻzbek tillarining mukammal bilimdoni boʻlmish Fitrat arab tilini ham chuqur egallab, shaharda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga, ayniqsa, jadidchilik harakatlariga qiziqib qaradi. Oʻzining aytishicha, avval jadidlar harakatiga qarshilik qildi, keyin uning mohiyatini anglab yetgach, bu harakatga qoʻshildi, hatto ashaddiy targʻibotchilaridan biriga aylandi. Jadidlar maslahati va yordami bilan bir guruh yoshlar, jumladan Fitrat Istanbulga oʻqishga yuboriladi. U 1909–1913 yillarda Turkiyada tahsil oldi. 1909 yili Istanbulda “Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi” kitobi bosilib chiqdi.
“Munozara…” Buxoroda bosilishiga amir ruxsat bermagach, Istanbulda nashr etilgan edi. Forscha yozilgan ushbu asarni Hoji Muin oʻzbekchaga aylantirdi va “Turkiston viloyatining gazeti”da bostirdi (1911 y. ). 1913 yilda esa asar alohida kitob holida chiqdi, unga Behbudiy kirish soʻzi yozdi. “Hibs qilish, oʻldirish, sangsor qilish kundagi odatlardan edi, – deb yozadi Fitrat, – u zamonlarda kitob yozishning oʻzi “kofir”lik edi. Men shu vaqtlarda birinchi asarni yozdim. Buxoroning idora usulini, taʼlim-tarbiya usulini, bir kuy rasmiy idoralarni tanqid qildim. Bu kitob Buxoroda tarqalar edi. Uning noshirlari boʻlgʻon Buxoro jadidlarini tahlikaga tushirmaslik uchun amirga qaratib bir soʻzboshi yozdim va shuning bilan goʻyo, tanqidning unga emas, maʼmurlariga oid boʻlgʻonini koʻrsatdim”.
Kitob Buxoroda ijtimoiy ongning jonlanishiga katta turtki boʻldi, hatto hukumat tomonidan taʼqib qilinayotgan jadid maktablarining koʻplab ochilishiga, maktab-taʼlim ishlarining jonlanishiga yordam berdi. Axir undagi “Islom mamlakatlari nega vayrona va xarobazor qolishi kerak. Buning sababi nimada?”, “Bu bechoralarning nega yeyishga noni yoʻq?” kabi jiddiy savol va mulohazalar xalq ongiga taʼsir etmasdan iloji yoʻq edi.
Fitrat adabiyotning hamma janrlarida qalam tebratdi va oʻz orzu-armonlari, ezgu tilaklarini targʻib eta boshladi. U 1910 yilda “Sayha” (“Bong”) degan sheʼrlar toʻplami bosildi. U ham fors tilida edi. “Hind sayyohining qissasi”ni ham forschada yozdi va 1912 yilda nashr ettirdi.
Fitrat yurtiga qaytgach, Buxoro va Samarqanddagi qizgʻin adabiy jarayon, madaniy, maorif ishlariga va siyosiy harakatlarga faol aralashib ketdi. Jadidchilarning bir guruhi maorif-maʼrifat orqali xalq ahvolini yaxshilashga intilishsa, ikkinchi guruhi davlat tizimini isloh etish, qayta qurish orqaligina xalq va yurt ahvolini oʻnglash mumkin, degan siyosiy yoʻldan yurishga intildi. Shu maqsadda 1917 yil fevral inqilobidan keyin yosh buxoroliklarning inqilobiy partiyasi tuzildi. Markaziy Qoʻmita aʼzolari orasida Fitrat sarkotib sifatida va Fayzulla Xoʻjayev aʼzo sifatida ishtirok etishdi. Partiya Amirni islohga daʼvat etdi va u qogʻozda koʻp xayrli ishlar qilishga vaʼda berdi, amalda oʻz bilganidan qolmadi. Fitrat matbuot orqali ham oʻz gʻoyalarini targʻib etishga intildi. Samarqandda 1917 yil aprelidan “Hurriyat” gazetasi chiqa boshlagan edi, avval unga Mardonqul Shohmuhammadzoda, keyin 27–28-sonlariga Fitrat muharrirlik qildi. 1917 yil Oktyabr toʻntarishi munosabati bilan shu “Hurriyat” gazetasida Fitratning “Rusiyada yangi balo bosh koʻtardi – bolshevik balosi!” degan qaydi bosildi (oʻsha gazetaning 1917 yil 49-sonida).
Qoʻqon muxtoriyati tuzilganda (1917 y. noyabr) Fitrat Samarqandda edi. Shu yerdan unga vakil aʼzo qilib saylandi. Oʻzining “Hurriyat” gazetasida bu voqeani Fitrat yuraqdan quvvatlab maqola eʼlon qildi: “Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik. Qoʻlimiz bogʻlandi, tilimiz kesildi. Ogʻzimiz qoplandi. Yerimiz bosildi. Molimiz talandi, sharafimiz yemruldi. Nomusimiz gʻasb qilindi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi. Toʻzimli turdik. Sabr etdik. Kuchga tayangan har buyruqqa boʻysundik. Butun borligʻimizni qoʻldan berdik. Yolgʻiz bir fikrni bermaduk, yoshuntirduk, imonlarimizga oʻrab saqladuk. Bu – Turkiston muxtoriyati.
Mahkama eshiklaridan yigʻlab qaytganda, yoruqsiz turmalarda yotganda, yirtqich jandarmaning tepkisi bilan yiqilgʻonda, yurtlarimiz yondurulgʻonda, dindoshlarimiz osulgʻonda ongimiz yoʻqoldi. Miyamiz buzuldi. Koʻzimiz yogʻdusiz qoldi. Biror narsani koʻrolmadik. Shul chogʻda tushkun ruhimizni koʻtarmak uchun, shul qop-qora dunyoning uzoq bir yeridin oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga oʻtmagan koʻzimiz shuni koʻrar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati!” (“Hurriyat”, 1917 yil 5 dekabr).
Fitrat 1921 yilda Buxoroga kelib davlat ishlarida faol ishtirok edi. Bir qancha masʼul vazifalarda ishlab, Buxoroning rivoji uchun qoʻlidan kelgan yordamini berdi. Ammo F.Xoʻjayev boshchiligidagi Buxoro hukumati rahbarlarining millatning taraqqiyoti uchun olib borayotgan keng koʻlamdagi yaxshi ishlari Maskovga yoqmadi. Maskov Buxoro hukumati tarkibi boy, savdogarlardan iborat boʻlib qolgan, degan aybni qoʻyib, hukumat aʼzoligidan besh kishini, jumladan Fitratni ham chiqaradi (1923 yil 12 iyun Plenumi). Fitrat Maskovga ketishga majbur boʻladi. U yerda Sharq tillari institutida ilmiy xodim boʻlib ishlaydi (1923–1924). Shu yillar unga professorlik unvoni berildi.
Fitrat Maskovdan qaytib kelgach, Buxoro, Samarqand, Toshkent universitetlarida dars berdi, Oʻzbekiston Davlat ilmiy-tadqiqot institutida til va adabiyot institutida, Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasida ishladi. Bu yillari u sheʼrlar, pyesalar bilan birga nihoyatda koʻp va teran ilmiy asarlar yozdi. Ammo Fitratning millatparvarligi bolsheviklar va Shoʻro hukumati rahbarlariga yoqmas edi. Uni A. Qodiriy, Choʻlpon, Botu, U. Nosirlar bilan birgaliqda millatchiliqda ayblash tobora avj oldi. Fitrat “Men oʻzbek millatchisi boʻlgan zamonlarda (millatparvari demoqchi. – S. M. ) har vaqt Shoʻro hukumatiga, kommunistik firqasiga xayrixoh boʻlib turdim”, deb yozgan edi. Afsuski, xalq ideali va baxt-saodati, haqiqat, adolat, maorif, fan, madaniyat va millat taqdiri uchun tunu kun mehnat qilgan bu ulugʻ zotni shu partiya, shu Shoʻrolar hukumati aksilinqilobchi, millatchi, “xalq dushmani” deb aybladi, 1937 yil aprelda hibsga oldi va 1938 yil 4 oktyabrda A. Qodiriy, Choʻlponlar bilan birga vahshiylarcha otib tashladi. Ularni otish haqidagi hukm bir kun keyin, yaʼni 1938 yil 5 oktyabrda chiqqan. 1957 yilda Sobiq Ittifoq Oliy sudining harbiy kollegiyasi 1938 yil 5 oktyabrdagi hukmni bekor qildi va Fitratni aybsiz deb topdi.


Download 178,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish