2.2. Abdurauf Fitratning "Sarv" va "Navh" asarlari haqida
« O‘ZBEK TILI QOIDALARI TO‘G‘RISIDA
BIR TAJRIBA
Birinchi kitob: Sarf»
Fitratning olti marta qayta nashr etilgan (1924—1930) til darsligi «O‘zbek tili qoidalari to‘g‘rusida bir tajriba. Birinchi kitob: Sarf» dastlab isloh qilingan arab yozuvida, so‘ngra esa lotin yozuvida chop etilgan. Tabiiyki, birinchi va oltinchi nashrlar o‘rtasida anchagina farqlar mavjud. Lotin yozuvidagi so‘nggi 1930- yil nashrini asos qilib olgan holda awalgi nashrlar bilan solishtirilib qayta nashrga tayyorlandi.
Asarni nashrga tayyorlashda bugungi matbaa belgilaridan foydalanildi. 0 ‘rinsiz qo‘shtimoqlar, ajratishlar o‘miga kursiv va ajratmalaming boshqa turlaridan foydalanildi. Ingichkalik va yo‘g‘onlik xususiyatlari aks etgan so‘zlarga «a-a» tarzida farqlash qabul qilindi. Tilshunoslikka oid istiloh va atamalar muallif talqinicha qoldirildi. Muallif izohlari sahifa ostida beriladi.
1 Qarangliq — tussiz, nursiz.
2 Taniqli tUshunos olim Ashurali Zohiriyning «Imloga oid» kitobi nazarda tutilgan.
3 Ikkinchi Til va imlo qurultoyi 1921-yilda Toshkentda, Uchinchi qurultoy esa 1926-yili Bokuda chaqirilgan edi.
4 Cho‘zg‘i — unh tovush. Bu yerda cho‘zg‘i o‘rinlari — artikulyatsiya o‘rni.
5 Mir Haydar — Haydar Xorazmiy nazarda tutilgan.
6 Qulxoniy — Umarxonning o‘g‘li Xon taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad Alixon nazarda tutilgan.
7 Tekli — to‘g‘ri, aniq.
8 Ta’lif — ijod qilingan, yaratilgan.
9 Tajvid — so‘zlami arab fonetikasiga mos ravishda o‘qish yoki talaffuz qilish ilmi.
10 Nuchuklik — otning belgisi, qanday, qanaqa.
11 Turliy - turlik.
« O‘ZBEK TILI QOIDALARI TO‘G‘RISIDA
BIR TAJRIBA
Ikinchi kitob: Nahv»
Fitratning bu asari besh marta qayta nashr etilgan bo‘lib, birinchi nashri 1924-yilda amalga oshirilgan. Nisbatan to‘la bo‘lgan uchinchi bosma (Samarqand — Toshkent. O‘zbekiston Davlat nashriyoti, 1927) asosida nashrga tayyorlandi. Ma’lumki, asarning so‘nggi beshinchi nashri lotin yozuvida chop etilgan edi. Ba’zi ma’lumot va so‘zlami aniqlashtirish uchun shu so‘nggi nashri bilan ham qiyoslab chiqildi.
1 Tilshunos olim va jumalist Shorasul Zunnun va uning 1927-
yilda nashr etilgan tilshunoslikka doir kitobi nazarda tutiladi.
2 Fitratning tilshunoslikdagi «kichik tajribalari», bizningcha, 1918-yili Qayum Ramazon va Shokiqon Rahimiy bilan hammualliflikda tartib berilgan «Ona tili» darsligi, 1926-yilgi «Muqaddimat ul-adab», «0‘zbekcha til saboqhgi» maqolalari va 1927-yildagi «Imlo konferensiyasi munsabati ila» chiqishdir.
3 Muharrir — biz bilgan «redaktor» ma’nosida emas, Fitrat davrida bu so‘z «muallif» ma’nosida qo‘llanilgan.
4 Turish belgilari — hozirgi istilohga ko‘ra «tinish belgilari».
5 To‘rtkul — to‘rtburchak.
6 H. B. — Hanif Bumash nazarda tutiladi.
7 Mantiqlarcha — bugungi kunda mantiqchilarcha. Bundan keyin qavs ichida asosiy matnda bo‘lmagan, biroq bugungi imlo talabidan kelib chiqqan holda nashrga tayyorlovchi tomonidan qo‘shilgan so‘z, ibora va qo‘shimchalar beriladi.
8 Mahmul — tushunarsiz.
9 Qat’ — kesish.
10 (Amiriy) — Bu misra’ asli Navoiy g‘azalidan olingan, Amiriy unga taxmis bog‘lagan. Fitrat misolni Amiriy devonidan olgani uchun (Amiriy) deb bergan bo‘lishi mumkin.
11 Pech-u tob — «pech»: o‘ralish, eshilish; «tob»: qayrilma.
12 Kelishkanlik — bu kategoriya zamonaviy tilshunoslikda «moslashuv» deb yuritiladi.
13 Aniqlangan — hozirgi istilohga ko‘ra «aniqlanmish».
14 Olmosh izi — egalik qo‘shimchasi.
15 Eksik gap — atov gap.
16 Matnda 5 dan 9 gacha tartib raqami qo‘yilmagan, matbaa xatosi bo‘lsa kerak degan gumon bilan tartib raqami o‘miga qo‘yildi.
17 Mu’tariza — kiritma.
18 Matnda 6 va 7 raqamlar qo‘yilmaganligi uchun qo‘yildi.
19 Nisf - yarim.
20 Ma’noi farz amri ilohiy — farzning ma’nosi ilohiy amr demakdir.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish jiozki Fitrat zoʻr adabiyotshunos, kuchli nazariyachi va oʻtkir tilshunos. Uning “Oʻzbek tili grammatikasi” (“Sarf”, “Nahv”, 1924–30 yillarda olti marotaba nashr etildi), “Tojik tili grammatikasi” (1930 y. ) va til haqidagi oʻnlab maqolalari ulkan olimligidan guvohdir. “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” kitoblari hozir ham ilmiy-nazariy qimmatini yoʻqotmagan.
Fitrat o’z tarjimai holida yozishicha, 1884 yilda Buxoroda tug’ildi (S. Ayniy uni 1886 yilda tug’ilgan deydi). Otasi Abdurahimboy savdo ishi bilan shug’ullanardi. Shuning uchun chet ellarga (Qashqar, Turkiya, Eron) borar, dunyo ahvolidan boxabar edi. Onasining ismi Bibijon edi. Fitrat boshlang’ich tarbiyani diniy maktabda oldi, keyin «Mirarab» madrasasida tahsil ko’rdi. Fors, arab tillarini mukammal bilgan Fitrat o’z davridagi ijtimoiy-siyosiy voqealarga ham qiziqib qaradi. O’zining aytishicha, avval jadidlar harakatiga qarshilik qildi, keyin uning mohiyatini anglab yetgach, bu harakatga qo’shildi. Hatto ashaddiy targ’ibotchilaridan biriga ay-landi. Shu jadidlar maslahati va yordami bilan Istambulga (Turkiyaga) o’qishga bordi va 1909 — 1913 yillarda shu yerda istiqomat qildi.
Fitratning “Eski oʻzbek adabiyoti namunalari”, “XVI asrdan soʻnggi oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash”, “Chigʻatoy adabiyoti” kabi yirik tadqiqotlari va Umar Hayyom, Firdavsiy, Yassaviy, Navoiy, Muhammad Solih, Bedil, Mashrab, Turdi, Furqat, Muqimiy, Nodira toʻgʻrisidagi kitob va maqolalari shu davr oʻzbek adabiyotshunosligida bir voqea, bir davr boʻlib tarixga kirdi. Uning oʻzbek musiqasi tarixi, shaxmat toʻgʻrisidagi maqola, kitoblari qomusiy ilm egasi ekanligini tasdiqlaydi. “Tilimiz” maqolasida bitta “bil” oʻzagidan 98 ta soʻz yasash mumkinligini va turkiy tilning soʻz boyligi fors, arab tillariga nisbatan koʻproq ekanligini isbotlab, lekin hozir oʻz mavqeiga ega emasligini, “eng baxtsizligini” taʼkidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |