Nashr qilingan asarlari
Fitrat. Sheʼrlar. „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, 1987-yil 11 dekabr.
Fitrat. Sheʼrlar. „Sharq yulduzi“, 1991, 6-son.
Fitrat. Hind ixtilolchilari. „Sharq yulduzi“, 1990, 4-son.
Fitrat. Turkistonda ruslar. „Sharq yulduzi“, 1992.
Fitrat. Oʻzbek klassik musiqasi tarixi. T.: „Fan“, 1993.
Fitrat. Tanlangan asarlar, Ikki jildlik. T.: „Maʼnaviyat“, 2001.
Fitrat. Chin sevish. T.: „Adabiyot va sanʼat“, 1996.
Fitrat. Najot yoʻli. T.: „Sharq“, 2002.
Fitrat zoʻr adabiyotshunos, kuchli nazariyachi va oʻtkir tilshunos. Uning “Oʻzbek tili grammatikasi” (“Sarf”, “Nahv”, 1924–30 yillarda olti marotaba nashr etildi), “Tojik tili grammatikasi” (1930 y. ) va til haqidagi oʻnlab maqolalari ulkan olimligidan guvohdir. “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” kitoblari hozir ham ilmiy-nazariy qimmatini yoʻqotmagan. Fitratning “Eski oʻzbek adabiyoti namunalari”, “XVI asrdan soʻnggi oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash”,
“Chigʻatoy adabiyoti” kabi yirik tadqiqotlari va Umar Hayyom, Firdavsiy, Yassaviy, Navoiy, Muhammad Solih, Bedil, Mashrab, Turdi, Furqat, Muqimiy, Nodira toʻgʻrisidagi kitob va maqolalari shu davr oʻzbek adabiyotshunosligida bir voqea, bir davr boʻlib tarixga kirdi. Uning oʻzbek musiqasi tarixi, shaxmat toʻgʻrisidagi maqola, kitoblari qomusiy ilm egasi ekanligini tasdiqlaydi. “Tilimiz” maqolasida bitta “bil” oʻzagidan 98 ta soʻz yasash mumkinligini va turkiy tilning soʻz boyligi fors, arab tillariga nisbatan koʻproq ekanligini isbotlab, lekin hozir oʻz mavqeiga ega emasligini, “eng baxtsizligini” taʼkidlaydi.
Fitrat ulugʻ, betakror ijodkor edi !!!
II. BOB. Abdurauf Fitratning o‘zbek tilshunosligiga qo‘shgan hissasi
2.1. Abdurauf Fitrat asarlari leksik tahlili.
`Bulardan tashqari Fitrat oʻzbek tilining grammatikasini oʻrganish ishlarini boshlab bergan va shu soha rivojiga katta hissa qoʻshgan. U 1918-yilda Shokirjon Rahimiyva Qayum Ramazon bilan hamkorlikda „Ona tili“ darsligini yaratdi. 1921-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Til va imlo qurultoyida Fitrat oʻzbek tilining sofligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qancha takliflarni oʻrtaga tashladi. U 20-yillarda oʻzbek tili tabiatini oʻrganishda davom etib, „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Sarf“ (1925), „Oʻzbek tili qoidalari toʻgʻrisida bir tajriba: Nahv“ (1926) darsliklarini yaratdi va bu darsliklar 1930-yilga qadar bir necha marta nashr etildi. Olim oʻzbek tili morfologiyasi va sintaksisiga bagʻishlangan bu asarlari bilan oʻzbek tili grammatikasini ilmiy asosda oʻrganish ishiga tamal toshini qoʻydi. Fitratning tilshunoslik sohasidagi katta xizmatlaridan yana biri uning 20-yillarda qadimiy turkiy til, jonli xalq tili va shevalarga tayangan holda, ilmiy-adabiy muomalaga kirib kelayotgan yangi tushuncha hamda hodisalarni ifodalash uchun oʻzbek tilining lugʻat fondiga yangi soʻzlar hamda atamalarni olib kirganligidadir.
Olim „Eng eski turk adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), „Oʻzbek adabiyoti namunalari“ (matn, tadqiqot, izohlar, 1-jild, 1928) tazkiralarini tuzib, milliy adabiy merosimizning eng qadimgi davrdan soʻnggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini toʻplab, muayyan tizimga soldi („Oʻzbek adabiyoti namunalari“ning ikkinchi jildi nomaʼlum sabablarga koʻra eʼlon qilinmagan). „Qutadgʻu bilig“ singari oʻzbek yozma adabiyotining xalq orasida sochilib yotgan noyob yodgorliklarini qoʻlga kiritish, oʻrganish va chop etishga intildi. Oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalarini ilk bor oʻrganib, „Bedil“ (1923), „Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni toʻgʻrisida“, „Qutadgʻu bilig“ (1925), „Ahmad Yasaviy“ (1927), „Yassaviy maktabi shoirlari toʻgʻrisida tekshirishlar“, „Hibbat ul-Haqoyiq“, „Oʻzbek shoiri Turdi“ (1928), „XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash“, „Muhammad Solih“, „Fors shoiri Umar Xayyom“ (1929), „Mashrab“, „Farxodu Shirin“ dostoni toʻgʻrisida" (1930) kabi katta ilmiy qimmatga ega risola va maqolalar yaratdi. Fitrat bu tadqiqotlari bilan oʻzbek adabiyotshunoslik maktabiga poydevor qoʻydi.
„Sheʼr va shoirliq“ (1919), „Adabyot qoidalari“ (1926), „Sanʼatning manshai“ (1927), „Aruz haqida“ (1936) singari maqola va risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi.
Fitrat zoʻr adabiyotshunos, kuchli nazariyachi va oʻtkir tilshunos. Uning “Oʻzbek tili grammatikasi” (“Sarf”, “Nahv”, 1924–30 yillarda olti marotaba nashr etildi), “Tojik tili grammatikasi” (1930 y. ) va til haqidagi oʻnlab maqolalari ulkan olimligidan guvohdir. “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” kitoblari hozir ham ilmiy-nazariy qimmatini yoʻqotmagan. Fitratning “Eski oʻzbek adabiyoti namunalari”, “XVI asrdan soʻnggi oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash”, “Chigʻatoy adabiyoti” kabi yirik tadqiqotlari va Umar Hayyom, Firdavsiy, Yassaviy, Navoiy, Muhammad Solih, Bedil, Mashrab, Turdi, Furqat, Muqimiy, Nodira toʻgʻrisidagi kitob va maqolalari shu davr oʻzbek adabiyotshunosligida bir voqea, bir davr boʻlib tarixga kirdi. Uning oʻzbek musiqasi tarixi, shaxmat toʻgʻrisidagi maqola, kitoblari qomusiy ilm egasi ekanligini tasdiqlaydi. “Tilimiz” maqolasida bitta “bil” oʻzagidan 98 ta soʻz yasash mumkinligini va turkiy tilning soʻz boyligi fors, arab tillariga nisbatan koʻproq ekanligini isbotlab, lekin hozir oʻz mavqeiga ega emasligini, “eng baxtsizligini” taʼkidlaydi.
Fitrat hozirgi zamon o’zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakilidir. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o’tkir tilshunos, o’ziga xos dramaturg va shoir, jangovar siyosiy publitsist, noshir, jurnalist va talantli davlat arbobi edi.
Fitratning 1909 yilda Istambulda «Hindistonda bir farangi ila buxoroli bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi» kitobi bosilib chiqsi (Fitrat asarini 1908 yilda yozganini aytadi). Asarning Buxoroda bosilishiga amir ruxsat bermagach, Istambulda nashr ettirgan edi. Asar forscha yozilgan, uni Hoji Muin o’zbekchaga aylantiradi va «Turkiston viloyatining gazetasi»da bostiradi (1911). 1913 yilda alohida kitob holida chiqadi, unga Behbudiy kirish so’zi ham yozgan edi. «Hibs qilish, o’ldirish, sangsor qilish kundagi odatlardan edi, — deydi Fitrat — u zamonlarda kitob yozishning o’zi «kofir»-lik edi. Men shu vaqtlarda birinchi asarni yozdim. Buxoroning idora usulini, ta’lim-tarbiya usulini, bir kuy rasmiy idoralarni tanqid qildim. Bu kitob Buxoroda tarqalar edi. Uning noshirlari bo’lg’on Buxoro jadidlarini tahlikaga tushirmaslik uchun amirga qaratib bir so’zboshi yozdi va shuning bilan, go’yo, tanqidning unga emas, ma’murlariga oid bo’lg’onini ko’rsatdim. Bu zamondagi Buxoroning ijobi edi. SHuning bilan meni Buxo-ro amirining tarafdori, deyish ham mumkin emas. Mening Buxoro amiriga qarshi har vaqt kurashganim va kurashgan tashkilotlarga rahbarlik qilganimni bilmagan yo’q».
Men shunga qaramasdan gazetamni bol’sheviklarga xayrixoh bir nuqtada saqlashga tirishdim, bol’sheviklar maqolalariga o’rin berdim. Samarqanddagi ishchilar tashkiloti bilan «SHo’roi islom» orasidagi kurashda ishchilar tashkilotining noshiri afkori kabi harakat qildim».
Qo’qon Muxtoriyati tuzilganda (1917 yil noyabr’) Fitrat Samarqandda edi. SHu yerdan unga a’zo qilib saylanadi. «Qo’qonga bormadim. Muxtoriyatning hech bir ishiga ishtirok qilmadim» deydi Fitrat. Ammo o’zining «Hurriyat» gazetasida bu voqeani yurakdan quvvatlab maqola e’lon qiladi: «Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik. Qo’limiz bog’landi, tilimiz kesildi. Og’zimiz qop-landi. yerimiz bosildi. Molimiz talandi, sharafimiz yemuruldi. Nomusimiz g’asb qilindi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi. To’zimli turdik. Sabr etdik. Kuchga tayangan har buyrug’ga bo’yin sunduk. Butun borlig’imizni qo’ldan berdik. YOlg’iz bir fikrni bermaduk, yoshunturduk, imonlarimizga o’rab saqladuk. Bu — Turkiston muxtoriyati.
Mahkama eshiklaridan yig’lab ketganda, yoruqsiz turmalarda yotganida, yirtqich jandarmaning tepkusi bilan yiqilg’onda, yurtlarimiz yondurulg’onda, dindoshlarimiz osulg’onda ongimiz yo’qoldi. Miyamiz buzildi. Ko’zimiz yog’dusiz qoldi. Biror narsani ko’rolmadik. SHul chog’da tushkun ruhimizni ko’tarmak uchun, shul qop-qora dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz yalqillab turar edi. Biror narsaga o’tmagan ko’zimiz shuni ko’rar edi. Ul nima edi? Turkiston muxtoriyati» («Hurriyat», 1917, 5 dekabr’).
Fitrat ko’p qirrali ijodkordir. Bu — uning lirikasi, dramaturgiyasi, publitsistik va ilmiy maqolalaridir. Ammo shuni aytish kerakki, Fitrat hamma janrlarda ham bitta, yagona qalbi bilan namoyon bo’ladi: u badiiy ijodda ham, ilmda ham, ijtimoiy faoliyatida — davlat va jamoat arbobi sifatidagi xatti-harakatida ham bir maqsad, bir orzu-armon bilan nafas oldi. Bu — xalqni jaholat, turg’unlik, g’aflatdan uyg’otish, ilm-ma’rifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga, birinchi navbatda, milliy mustaqillikka erishishga chorlashdir. U o’zbekning o’zligini tanishi, ota-bobolari kabi ulug’vor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, qudratli davlat tuzishga va dunyoning ilg’or madaniyatli mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodi xalqning qalb ko’zini ochishga va mehnat, o’qish, yaratish, kurashga — inqilobga da’vatdan iboratdir.
Fitratning ilk to’plami «Sayxa»ning fazilati, Fayzullo Xo’jayev ta’kidlaganidek, «Buxoro mustaqilligi g’oyasi yorqin milliy shaklda birinchi bor ifodalab berilishi edi». SHu tufayli bu to’plamning Buxoroda bosilishiga amir Olimxon qarshilik qiladi. SHunga qaramay «Sayxa»ni 1910 yilda Turkiyada (Istambulda) o’z hisobidan nashr ettiradi. To’plamdagi she’rlar fors tilida, undan 15 tachasi o’sha vaqtlarda (1914 yil) «Sadoi Turkiston» gazetasida o’zbekcha izohi bilan bosiladi. To’plam Vatanga muhabbat, xalq g’am-g’ussasiga achinish va zulmdan qutulishga undash tuyg’usi bilan yo’g’rilgan.
Ham mohi mangu osoyishi, izzu sharafi man,
Ham ka’bai man, qiblai man, chamani man.
(U — mening osmondagi osoyishta oyim, izzatim, sharafim. U — mening sajdagohim, jonu tanimdir).
Fitratning «Uchqun» degan to’plami chiqqanligi to’g’ri-sidagi xabar ham matbuotda bosilgan (1923), ammo u topilmagan. Respublika matbuotida, «O’zbek yosh shoirlari» to’plamida (1922) qator she’rlari bosilgan. Garchand Fitrat fors, arab tillarini yaxshi bilsada, o’z she’rlarida iloji boricha ularni ishlatmaslikka va sodda o’zbek tilida yozishga intildi. Uning ustiga Fitrat o’z badiiy ijodi va ilmiy maqolalari orqali barmoq vaznining qulayligi va keng imkoniyatlarini targ’ib qiladi. «Bir oz kul», «Ishqimning tarixi», «YAna yondim», «O’qituvchilar yurtiga», «Qora» kabi she’rlari soddaligi va ichki tuyg’u va kechinmalarni haqqoniy ifodalab berishi bilan jozibalidir. «O’qituvchilar yurtiga» she’rida elni ma’rifat, haqiqat yo’liga yo’naltirish, jaholatga qarshi kurashishga da’vat etadi:
Orqadoshlar jangli o’yin yiqqali,
El ko’zini olg’on qorong’u pardalarni yiqqali,
Biz erurmiz ma’rifat arslonlari, ilm erlari,
To’planaylik, turing, elga to’g’ri yo’llar ochg’ali.
Ellari maxvdan qutqaron ilm erur,
Bizlarni ham bu kundan o’zi qutqarur.
Biz erurmiz elning insonlik qonii qaynatuvchi,
Turk arslonin o’rinsiz uyqudan uyg’atuchi,
Fitratning eng mashhur she’rlaridan biri «Mirrix yulduzi»ga deb nomlanadi. Bu she’r uning boshiga ko’p kul-fatlar soladi, uni millatchi deb ayblashda yana bir qo’shimcha dastak bo’lib xizmat qildi. SHe’rda Fitrat yulduz bahonasida Ollohga murojaat etib, bol’sheviklarning, bosqinchi rus askarlarining vahshiyliklarini fosh etadi va yurtdoshlarini ularga qarshi qayraydi:
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar.
O’rtoq qonini qonmay ichgan zuluklar,
Qardosh etin to’ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o’ksus, yo’qsulning qonin —
Gurunglashib — chog’ir kabi ichganlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
O’z qopchig’in to’ldirgani buzganlar?
Bormi senda bir o’lkani yondirib,
O’z qozonin qaynatguvchi hoqonlar?
Bormi senda qorin, qursoq yo’lida,
Elin, yurtin, borin-yo’g’in sotganlar?
Mana shu misralarning o’ziyoq Fitrat she’rlarining milliy uyg’onish va inqilobiy ruhda ekanligidan dalolat beradi.
 Fitratning «Sayyoh hindi» («Hind sayyohining qissasi») nasriy asari 1912 yilda bosildi. Bu asarning ahamiyati uning she’riyati va dramaturgiyasidan qolishmaydi. Asarda jahon xalqlari, ilg’or mamlakatlar fuqarosi ko’zi bilan Buxoro, umuman Turkistonning davlat tuzumiga, tartib qoidasiga, xalqning turmush tarziga, iqtisodiga, siyosatiga, mafkurasi, madaniyatiga, maorifiga nazar tashlab, ulardagi ibratli jihatlarni qo’llab-quvvatlab, illatlarini beayov fosh etgan. Fitrat asarda Buxoro hayotini besh qo’lday bilishi, uning rivojiga g’ov bo’lgan barcha illatlarni bartaraf etish choralarini ko’rsatib bera olishini namoyish qiladi.
Asardagi sayyoh nomidagi shaxs («Men») Fitratning o’zidir, u biror shaxs bilan — mezbon bilan suhbat qilish, munozara etish jarayonida o’zining ezgu fikr, tilak-armonlarini aytadi. Asarni Buxoroni, umuman Turkistonni taraqqiyot yo’liga olib chiqish dasturi deyish mumkin. «Ulamo» bobida Buxoroning ilm markazi bo’lganligini ta’kidlagani holda endi ortda — jaholat botqog’ida botib qolganligini aytib, shu buxoroliklarga boshqalar ham «Jaholat va g’aflat botqog’iga botdilar», «bugungi haqiqiy ilmdan mutlaqo xabarsizlar», deydi. «Umaro» bobida esa amaldorlar «hukmronlik otiga minib, bechorayu badbaxt xalqning mol, jon, arz, nomus va sharafini shafqatsizlarcha poymol etadilar», deydi.
Fitrat illatlarni juda asosli, shafqatsiz tahlil qiladi: hovuzlardagi iflos suvlardan ichish — kasalliklarni ichishdir, soxta mozorlarga emas, faqat Ollohga sig’inish lozim deydi. Mutaassib ruhoniylarning hadislarda yo’q gaplarni tashviq qilishlarini tanqid qilib, o’zining Qur’on, hadislarni, Imom Ismoil Buxoriyni chuqur bilishini namoyish qiladi: Buxoroda nechta madrasa borligi, ularning nomlari va «olamga to’rt yuz olimni hadya etgani»gacha, hozir esa cho’kib qolganini gapiradi.
«Ey bechora millat. Bularning barchasi majburan sha’riylashtirilgan huquqlar bo’lib, sen ana shu zo’ravonlar — qoningni so’ruvchi, xonumoningni ko’kka sovuruvchi, sharaf va nomusning bunyodiga o’t qo’yuvchi kishilar tarafdorisanki, hali ham buni tushunmaysan! — deydi. YAna bir joyda «Hammaga ma’lumki, har bir millatning taraqqiyoti uchun ilm asosiy sababdir. Sizning ilmingiz yo’q», deydi.
Fitrat tijorat va boy bo’lishni targ’ib etadi, ammo boylikka sajda qilish, imon-e’tiqodni, insofni yo’qotishni qoralaydi. SHariat peshvolari tijoratni, boylikni qoralaydi, deyishadi. Fitrat payg’ambarimiz «kambag’allik kofirlikka yaqindir» degan edi deydi va faqat nafsni tiyish kerakligini uqtiradi («Tijorat masalasi bashariyatning hayot-mamot masalasidir» deydi Fitrat). Asarda xalqni birlashishga, zavod-fabrikalar qurishga, tijoratni rivojlantirishga chaqiradi.
Fitrat yaxshigina iqtisodchi va dono siyosatchi edi. «SHarq siyosati» (1920) kitobida «Musulmon dunyosi oyoklari ostida yiqilg’on, tebranib, talpinib turadir» deyar ekan, Turkistonning inglizlar qo’liga tushmaslik va taraqqiy qilishi uchun Rossiya bilan yaqinlashishi kerakligini aytadi: «Musulmon dunyosini Ovrupo jahongirlaridan qutqarmoq kerak. Lekin musulmon dunyosi bilimsiz, ongsiz, hunarsiz qolg’on: birligi yo’q, ish yo’lla-rini bilmaydir, urush yarog’i yo’qdur, shuning uchun Ovrupodagi kuchlarning birisi bilan qo’shulardan boshqa chora yo’q», shuning uchun «Rusiya SHo’rolar hukumati bilan kelishmak, birlashmak kerak» deydi.
Bu ko’chirmani keltirishimizning boisi yana shundaki, 1920 yilda «CHin sevish» va undan uch yil keyin 1923 yilda «Hind ixtilolchilari» fojiasini yozadi. Bunda ingliz bosqinchilaridan Hindistonni ozod qilishga kirishgan yoshlarning kurashi, jasoratini ko’rsatadi. Bu g’oya «CHin sevish» p’yesasida ham olg’a suriladi. «CHin sevish» Fitratning siyosiy-falsafiy yo’nalishdagi kuchli asaridir. Fitrat tasavvuf, naqshbandlik, yassaviychilik to’g’risida teran risola, maqolalar yozgan. «CHin sevish»da bularning ta’siri seziladi. Asarda ingliz bosqinchilariga nisbatan, kapitalizmning axloq bobidagi qusurlariga, Ovruponing musulmon dunyosiga bo’lgan dushmanlik siyosatiga nisbatan nafratini ifodalaydi.
Fitrat Ovrupodan davlat tuzumi, fan-texnika sohasidagi barcha yutuqlarni o’rganish, o’zlashtirish tarafdori. Ammo u yerda mehr-shafqatlilikni bir chekkaga surib butun choralar bilan foyda ketidan quvishni, pulga, oltinga sajda qilishni qattiq tanqid qiladi. Asar qahramoni Karimbaxsh «Ovrupoda bilim bor, lekin inson yo’q. Ovruponing bilimi qoplonning tishi, tirnog’i kabi bir narsadir. Kuchsizlarni yirtib yemak to’g’risida ko’p ish ko’rmishdir», deydi. Asardagi Vatani ozodligi uchun jonini tikkan yigit Nuriddinning Zulayxoga bo’lgan ishqi so’fiyona ishq —chin sevishdir. Majnunlar ishqi singaridir. U sevgilisiga jismonan yetishishdan ko’ra yuqoriroq tilakni — ruhiy birlashishni orzu qiladi. «Ovrupoda ruh yo’qdir. Ular ruhoniy lazzatdan bir narsa anglayolmaydilar. CHin sevish va haqiqiy ishqning tub yeri SHarqdir. Majnun, Farhodlar kabi ishq payg’ambarlari SHarqda yetishdilar. Butun Ovrupodagi ishq otini olgan hollar hayvonliq havaslardan boshqa narsa emasdir», deydi. Albatta, Fitrat bu yerda Ovrupodagi besharm, yalang’och, ibosiz sevgini, aysh-ishrat va boyish manbaiga aylangan soxta muhabbatni, hayvoniy hirsni nazarda tutmoqda.
20-yillar oxiri va 30-yillar boshida Fitratni millatchiliqda ayblash harakati avj olgan paytda p’yesalaridan ham dastak sifatida foydalanganlar. Ayniqsa H. Olimjonning Fitrat to’g’risidagi kattagina maqolasida «CHin sevish», «Hind ixtilolchilari», «Temur sog’anasi» (bundan bir parcha qolgan xolos) p’yesalaridagi barcha fikr-g’oyani sho’rolarga qarshi aytilgan, deb da’vo qilgan. Aslida ham Hindiston va inglizlar masalasi o’sha davrning kun tartibida turgan masala edi.
Fitrat shu holatdan foydalanib turib, bosqinchilarga, ayniqsa, bosmachilik harakati, ya’ni xalq ozodligi kurashi avj olgan paytni, o’sha davrdagi qirg’in, adolatsizlikni nazarda tutib, xalqni milliy mustaqillik, ozodlik kurashiga chaqiradi. Fitrat p’yesalarida shu ramziylik, imo-ishora usuli keng qo’llanilgan. «Hind ixtilolchilari»da Raxibaxsh va uning sevgilisi Dilnavoz, qalandar Lola xardiyol kabi fidoyilarning vatanparvarligini ko’rsatib beradi. Asardagi juda ko’p gaplar so’zsiz «qizil imperiya»ga ham qarshi qaratilgan edi: «Inglizni Hindistondan quvmoq ezgu ishlarning birinchisidir», «Qur’onni hayvon tepkisidan qutqarishdek buyuk», «…cho’chqani masjiddan haydash kabi ezgu» ish lozim, «ular talovidan qutulmoq uchun birlashmoq» kerak, «Bu kun o’lkada qo’ydan ortiq odam kesiladir», «Masjidda nomoz uchun yig’ilganlar — siyosiy yig’in yasog’on bo’lib, to’pg’o bog’lanar edi, er bilan xotin o’zaro ko’proq gapirganda hukumatga qarshi bo’lib, dorg’a osilar. Bu kun ustidagina shu o’lkaga qarag’anda, yiqilg’on shaharlar, yondirilgan qishloqlar, talang’on uylar, kesilg’on boshlar, osilg’on gavdalar, to’kilg’on qonlardan boshqa bir narsa ko’rmaymiz…»
P’yesa yurtdoshlari uchun bir saboq, dastur, chorlash, undov edi. Asarning «Yirtqichlardan elimizni qutqaramiz», deb tugatilishi ham bejiz emasdir.
Fitratning «Abulfayzxon» tragediyasi 1924 yilda Moskvada nashr etiladi. Tragediya garchand XVIII asrda yashagan ashtarxoniylar sulolasining so’nggi vakili Abulfayzxon hayoti haqida hikoya qilsada, aslida bosmachilik davri ruhiyatiga hamohang edi. Dramaturg toj-taxt va shoh, toj-taxt va adolat, toj-taxt va xalq taqdiri, mamlakat taqdiri masalalarini qo’yadi. Zulm, adolatsizlik, zo’ravonlik mamlakat va xalqni xarob qilishini ko’rsatib beradi: zolim shoh, zolim amaldorning taqdiri fojiali yakunlanishi va faqat adolatli hukmdorgina xalq, yurtga tinchlik, baxt-saodat berishi mumkin, degan g’oya olg’a suriladi. SHu jihati bilan asar 20-yillardagi yurtdagi qirg’in, zo’ravonlik va uni keltirib chiqargan tuzum bilan jips bog’langandir. Abulfayzxon faqat qon, zulm evaziga taxtga chiqadi va shu yo’l bilan hukmronlik qiladi. U akasini, ota o’rnidagi Farhod otaliqni, do’stlarini o’ldirib, taxtni egallaydi, bu qilmishi tufayli bemalol uxlay olmaydi, doim qo’rquv, taxlikada yashaydi. Bu haqda shunday deydi:
«Ortuq hech kimning menga ishonchi qolmadi… Bularning o’zi yo’lga kelib, menga dushmanliq qilmoqni tashlasa, nima bo’lur? Yo’q… Yo’q… Bularning o’zi yo’lga kelmaydir. O’ldiraman, o’ldiraman. Dunyoda bitta dushmanim qolmag’oncha, qon to’kaman. Ulfatning so’zi to’g’ri. Podsholik qon bilan sug’orilaturg’on bir yog’ochdir».
Saroy ahli Hakimbiy boshchiligida Abulfayzxonga qarshi turadi. Eron shohi Nodirshoh Buxoroni olish uchun yo’lga chiqadi. Suyanchig’i yo’q Abulfayzxon unga qarshi kurashmoqchi bo’ladi. Hakimbiylar kuchi, quroli yo’q, noittifoq xonning bu yo’lini quvvatlamaydi. Nodirshoh bilan muzokara olib borib, tinch yo’l bilan taslim bo’lish foydali ekanligini aytishadi va shunga qaror qilishadi. Nodirshoh g’oyat usta hukmdor bo’lganligi uchun Buxoroni olishga emas, balki u yerga mehmon bo’lib kelayotganligi va Abulfayzxonni o’z o’rnida qoldirajagini aytadi, sovg’alar keltiradi. Lekin Hakimbiylar bu hiylani bilishib, Abulfayzxonni o’ldiradi, farzandlarini hibsga oladi. Uning o’rniga Abulfayzxonning 15 yashar o’g’li Abdulmo’minni xon qiladilar. Rahimbiy unga zahar be-rib o’ldirib, o’zi taxtni egallaydi, u ham qirg’in boshlaydi.
Fitrat ijodida diniy mavzuda yozilgan qator risola, maqola, hikoya va p’yesalar bor. «Qiyomat» (1924), «Me’roj», «Zaynabning iymoni», «Oq mozor», «Qiyshiq eshon», «Zayd va Zaynab» kabi fantastik hikoyalar (1928— 1932), «SHaytonning tangriga isyoni» (1924) va «Ro’zalar» (1930) p’yesalari shular jumlasidandir. Adabiyotshunos B. Qosimov «SHaytonning tangriga isyoni» asari to’g’risida to’xtalib, «Ayrim tadqiqotchilar unda ateistik ohanglar ko’radilar. Bu, bizningcha, to’g’ri emas. Uning hayoti ham, faoliyati ham bunday deyishga imkon bermaydi. U dinga emas, aksincha dinsizlikka, imonsizlikka, e’tiqodsizlikka qarshi. Ayni paytda mutaassiblikning ham dushmani», deydi. Bu olim hatto mazkur asarda yozuvchining Oktyabr’ inqilobiga munosabati aks etgan fikrni ham o’rtaga tashlaydi. Bu olimning «Ayni paytda mutaassiblikning ham dushmani» degan gapida jon bor. Fitrat islomga e’tiqod qo’ygan, uning tarixini chuqur bilgan shaxs edi. Madrasada islom tarixidan dars ham bergan va «Muxtasar islom tarixi» (forschadan o’zbekchaga qilingan tarjimasi 1915 yilda nashr etilgan) risolasi buning isbotidir. Risolada na islom va na payg’am-barimiz sha’niga biror og’iz tanqidiy gap yo’q, aksincha payg’ambarimiz sifatlarini maxsus ta’riflab, ibrat qilib ko’rsatadi:
«Hazratning axloq va odoblari bisyor maqbul va komil bo’lg’on, hech vaqt yolg’on gapirmaganlar, hech kimga xiyonat qilmaganlar, noinsoflik, muruvvatsizlik va behayolikdan yiroq edilar», u «eng oliy xulq va rahimli sifatlarga ega bo’lg’onlar. Rahim va shafqat, karam va saxovat, madad va ilm boblarida olamga mashhur bo’lg’onlar, behuda g’azabga kelmas edilar. Din ishlaridan boshqa masalalarda juz’iy kamchiliklarni kechirar edilar. Insof doirasidan bir qadam ham tashqariga chiqmas edilar, har kasning bilimi va imkoniyatiga qarab ish buyurardilar. Hech kasdan hech narsada tamagir bo’lmog’onlar va sadaqa ham olmag’onlar», deydi.
Fitrat «Hind sayyohining qissasi» asarida Buxoroda ikki yuzga yaqin madrasa borligi, uning uch toifaga ro’linishi va barcha madrasalarning nomini birma-bir rnaydi. U bu madrasalar endi «razolat uyiga» aylanib qolganini, bu yerdagi ulamolar «mazlum xalqlarning qonini ichib kelayotganini» qahr va alam bilan yozadi. «Ro’zalar» p’yesasida soxta eshon va qozilarni odamlarni sog’mi-kasalmi, bundan qat’i nazar, majburan ro’za tuttirishlari, o’zlari esa yashirincha ovqatlanib, ko’knori yeb yurishlarini fosh etadi. «Oq mozor» hikoyasida ham inniqobidagi yulg’ich, tovlamachi hojini ko’rsatadi. yetti bor haj qilgan bu odam eshagi o’lgach, uni ko’mib, avliyoning mozori deb gap tarqatadi. G’azablangan xalq uni qoziga olib boradi. Qozi g’azab bilan uni so’roq qiladi. SHunda hoji o’ttiz so’m pora berib, «buni eshagim «Qozi bobomga ber», degan» deydi. Qozi «Rahmatlikning boshqa vasiyatlari yo’qmi?» deydi va hojini himoya qiladi. Ko’rinadiki, bu hikoyada ham din emas, balki uni sotib yeyuvchilarni qoralaydi. «Qiyshiq eshon» hikoyasida ham «zarani din bilan qurollangan xoinlar»ga qaratadi.
«SHaytonning tangriga isyoni» asari yuzaki qaraganda amona bilan jips bog’lanmaganday va undagi shayton obrazi islom adabiyotida, ayniqsa, Qur’on, hadislar, xalq ijodidagi talqinga hamohangdek tuyuladi. CHuqurroq e’tibor berilsa, zamona bilan yaqindan bog’langani va shayton obrazini, an’anaviy yo’ldan bormay, yangicha talqin qilganini sezish mumkin. Fitrat «SHaytonning tangriga isyoni»da o’sha og’ir vaziyatdan kelib chiqib, doim salbiy ma’no ko’tarib yurgan SHayton obraziga ijobiy mazmun yuklaydi.
SHayton odamga qarab turib, «Sen eslik bo’l, tusha qolma tuzoqqa», deydi. Xudoga qarab:
Uzoq bo’lsin, men yuraman bu kun shod,
Tutqunlikdan, qullikdan-da ozod.
Rahbarim fan, payg’ambarim bilimdir.
Toping’umdir yolg’izgina o’ziga,
Yolg’iz o’zim qutildim deb yurmayman,
Boshqalardan xabar olmay yurmayman
(Odamni ko’rsatib)
Buni daxi qutqarg’umdir qo’lingdan,
Chiqarg’umdir sening yanglish yo’lingdan.
O’zini erkin his qilgan SHaytonning ozodlikka, ilm-fanga chorlashi, hayotga ochiq ko’z bilan qarab, o’z kuchiga suyanib ish tutishga undashi, albatta, Fitratning bilvosita, kinoya, qochirim yo’li bilan aytgan fikrlaridir, dardidir.
Fitrat ijodining yana bir asosiy yo’nalishi uning ilmiy asarlaridir. U ham talantli adabiyotshunos, ham kuchli tilshunos edi. «O’zbektili grammatikasi» («Sarf», «Naxv», 1924 — 1930 yillarda olti marta nashr etildi), «Tojik tili grammatikasi» (1930) va «Tilimiz» kabi til haqidagi o’nlab maqolalari uning zo’r tilshunos bo’lganligini ko’rsatadi. Adabiyot sohasidagi faoliyatiga nazar tashlasak, uning o’zbek va fors adabiyotlarini, adabiyot nazariyasining chuqur bilimdoni ekaniga ishonamiz.
«Eski o’zbek adabiyoti namunalari», «XVI asrdagi so’nggi o’zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «CHig’atoy adabiyoti» va YAssaviy, Navoiy, Muhammad Solih, Mashrab, Turdi, Furqat, Muqimiy, Nodira, Umar Hayyom, Firdavsiy, Bedil haqidagi va nazariyaga doir, «Adabiyot qoidalari», «Aruz haqida», san’atning kelib chiqishi va she’riyat, o’zbek musiqasi to’g’risidagi asarlari uning ilmiy kuch-qudratining zo’rligini tasdiqlaydi. Mashrab to’g’risidagi maqolasida «qalandar» deb kimlarning ishi-ni, ularning maqsadi, yashash tarzi, kiyim-kechagi, soch-soqoli, xullas, teatr rejissyori, rassomi uchun qalandarning qiyofasini yaratishda tayyor namunani ko’rsatib, ta’riflab beradi.
Yoki «Tilimiz» maqolasida o’zbek tilining ashaddiy targ’ibotchisi va himoyachisi sifatida ko’rinadi. Bitta «bil» o’zagidan 98 ta so’z yasash mumkinligini va turkiy tilning so’z boyligi fors, arab tillariga nisbatan ko’proq ekanligini ta’kidlab bunday deydi: «Arab, fors, rus, nemis, fransuz tillaridan qay birining sarf (morfologiya demoqchi) kitoblarini olib qarasak, ko’ramizki, bir so’zni yasamoq uchun bir qancha yozilg’on, undan so’ng shul qoidadan tashqari qolg’on (mustasno) so’zlar deb to’rt-besh so’z ko’rsatilgan. Turk so’zlarida esa bunday so’z topilmaydir… Tilimizning avjy to’g’risida ham boyligi, tugalligi bilindimi? Endi so’zni turkchaning baxtsizligiga ko’chiraman. Turk tili shuncha boyligi, shuncha tugalligi bilan baxtsizlikdan qutula olmamishdir. Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir», deb arablar, forslar hukmronligi davrida bu tilning qisilganligini aytib, sho’rolar davrida ham erkin rivojlanmayotganiga ochiq ishora qiladi.
Yoki Fitrat yashagan davrda Mashrabning tarixiy shaxs ekanligiga shubha bilan qaralar edi. Fitrat aniq dalillar asosida uning afsonaviy shaxs emas, balki yashab ijod qilib o’tgan ulkan o’zbek shoiri ekanligini isbotlab beradi. Fitrat adabiy hodisalar ildizini aniq topadi. Somoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar davrida fors adabiyotining «ko’tarilgan qismi qasidachilik edi», der ekan, bu qasidalarni hukmron doira, «o’z foydalariga tashviqot uchun ishlatish» tufayli ommaviy tus olganiga e’tiborni tortadi.
Fitrat musiqani yaxshi tushungan, o’zi xam sozanda zot edi. U o’zbek klassik musiqasini shu qadar yaxshi bilganki, qaysi kuy qay paytda — holatda chali-nishinigina emas (maqomlar yoki taronalar), ayni choqda qaysi asbob qaysi asbob bilan birga chalinganda kuy aniq, go’zal chiqishini ham aytadi: «Bir g’ijjak tovushi ikki tanbur tovushini yeb qo’yadi», deydi va sxemasini beradi: uch tanbur, bir rubob, bir dutor, bir g’ijjak, bir boloton, bir qo’shnay, bir chang, bir doira bir an-samblni tashkil etadi va h.k. Fitrat «Halima» operasiga suyanib turib ajoyib milliy opera yaratish mumkin ekan, degan g’oyani targ’ib etadi. «SHarq cholg’ularidagi «mung» yevropa muzikasinda yo’qdir. SHuning uchun
SHarq muzikasida ruhga ta’sir yevropa muzikasinda ruhga ta’siridan buyukdir», deydi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |