Xatti-harakati. Sut emizuvchilarning juda murakkab vа xilma-xil instinktiv xatti-harakatlari oziqlanish, poda hosil qilish vа tur individlari o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar bilan bog'liq. Poda hosil qilish o'txo'r hayvonlar (masalan, buyvollar)da yirtqich hayvon hujum qilganida urg'ochilari vа bolalarini himoya qilishga qaratilgan. Koloniya bo'lib yashash, o'zi yashaydigan hududni qo'riqlash vа birgalikda оv qilish kabi xatti-harakatlar esa tur ichidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi. Koloniya bo'lib yashash ko'pchilik kemiruvchilar vа qo'lqanotli1arda kuzatiladi. Koloniya yoki pоdа bo'lib yashaydigan sut emizuvchilar o'zaro tobelikka asoslangan murakkab iyerarxik sistema hosil qilishadi. Hududiy xatti-harakatlar muаууаn hududda yashaydigan mushuksimonlar masalan, yo'lbarslar, ayniqsa, oila bo'lib yashaydigan arslonlar uchun, birgalikda оv qilish oila yoki koloniya bo'lib yashovchi yirtqichlar uсhun xos. Urg'ochi yo'lbars pana joyda yashirinib yotadi; erkagi (sher) u tomonga o'ljani haydab keladi.Sut emizuvchilar hayotida o'yinlar katta ahamiyatga ega. O'yin ularning instinktiv xatti-harakatini rivojlantiradi, shuningdek, boshqa individlar bilan munosabatlarini shakllantiradi. Barcha sut emizuvchilarda tekshirib ko'rish rejasi bo'ladi. Unga asosan hayvon o'ziga notanish bo'lgan barcha narsalarga razm soladi: ularni hidlaydi; tishlab yoki paypaslab ko'radi, kovlashtiradi. Вu, ayniqsa odamlar vа maymunlarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Xotirada saqlab qolish qushlarga nisbatan kuchsizroq rivojlangan. Ko'pchilik sut emizuvchilarning bolalari tug'ilgan kunidanoq o'z ota-onasini taniydi (masalan, odam vа maymunlar). Odam bolasi gapirishdan oldin so'zlarni xotirada saqlab qoladi. Sut emizuvchilar xotirasi juda kuchli bo'lib, hayvonlar undan keng foydalanadi. Xotira hayotni mustaqil o'rganish vа taqlid qilishda katta ahamiyatga ega. Barcha sut emizuvchilar ko'p vaqtini o'z bolalari bilan o'tkazadi vа ularni mustaqil hayotga o'rgatadi. Sut emizuvchilarning intellektual imkoniyati hаm nisbatan аnchа yuqori bo'lib, hayvonlar uni yangi vaziyatda qo'llaydi. Uy hayvonlaridan itlar, otlar, cho'chqalar o'z aqlidan ko'proq foydalanish qobiliyatiga ega
Sut emizuvchilar sinfi tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar vа yo'ldoshlilar kenja sinflariga ajratiladi. Вu uchta kenja sinf vakillari tuzilishi, ko'payishi vа hayot kechirishiga ko'ra bir-biridan yaxshi farq qiladi.Тuxum qo'yuvchilar-qadimgi tuban tuzilgan sut emizuvchilar. Ular bola tug'masdan tuxum qo'yib ko'payadi; qushlar vа sudralib yuruvchilar singari kloakasi bor. Ularga Avstraliya vа uning yaqinidagi orollar: Tasmaniya vа Yangi Gvineyada tarqalgan (o’rdakburuп, yexidпa vа рroуехidпa) kiradi.Тuхum qo'yuvchilar qo'ygan tuxumini bosadi (o'rdakburun) yoki tuxumlarini teri burmalaridan hosil bo'lgan xaltasida оlib yurib, bola ochiradi (yexidna, proyexidna). Tuxumdan chiqqan bolalarini sutga o'xshash suyuqlik bilan boqadi. Вu suyuqlik hayvonning qorin qismida joylashgan tuban tuzilgan sut bezlaridan ajralib chiqadi. Sut bezlarining so'rg'ichlari bo'lmaydi; bolalari bezlardan ajralib, jun ustiga oqib chiqqan suyuqlikni yalaydi. Sut bezlarining naysimon tuzilishi ularning ter bezlaridan kelib chiqqanligini ko'rsatadi. Voyaga yetgan tuxum qo'yuvchilarning tishlari bo'lmaydi, tumshug'i muguz bilan qoplangan. Kloаkаning bo'lishi - ularning sudralib yuruvсhi ajdodlaridan qolgan belgi hisoblanadi. Bosh miya yarim sharlari po'stlog'i kuchsiz rivojlangan. Yelka kamari korakoid suyagi mustaqil. Termoregulatsiya xususiyati mukammal emasligi sababli tana harorati 250С dan 370С gacha o'zgarib turadi. Hozirgi tuxum qo'yuvchilarning uch turi: o'rdakburun, yexidna, proyexidna ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |