Хаltаlilаг - qadimgi sut emizuychilarning kenja sinfi. Aystraliya vа unga yondosh orollarda tarqalgan. Ayrim turlari Janubiy, Markaziy vа Shimoliy Amerikada uchraydi. Yo'ldoshi bo'lmaydi yoki kuchsiz riyojlangan. Shuning uchun bolasi оnа qornida qisqa embriogenez davrini o'tab, chala tug'iladi. Ko'pchilik xaltalilar bolasining bundan keyingi rivojlanishi urg'ochisi qornidagi teri burmalaridan hosil bo'ladigan xalta ichida dayom etadi. Xaltalilarning chala tug'ilgan bolasi juda kichkina bo'ladi. Masalan, bo'yi 4 m keladigan kenguru uzunligi 3 sm keladigan bola tug'adi. Yangi tug'ilgan аnа shunday nimjon bolaning bundan keyingi riyojlanishi qorin teri burmasidan hosi1 bo'lgan xalta ichida davom etadi. Bola bu xaltaga onasi yalab hosi1 qiladigan so'lak izidan siljib borib kirib oladi. Xalta ichida sut bezlari so'rg'ichlari joylashgan bo'lib, yangi tug'ilgan bola аnа shu so'rg'ichni og'ziga solib, unga osilib oladi. Maxsus muskullarning qisqarib turishi natijasida sut bola og'ziga otilib chiqib turadi.Keyinchalik u xaltadan chiqib mustaqi1 oziqlana boshlaydi. Lekin xavf tug'ilganida уаnа xalta ichiga kirib bekinadi. Xaltalilar tishlarining yaxshi ixtisoslashmaganligi, bosh miya yarim sharlarining kuchsiz rivojlanganligi bilan haqiqiy yuksak sut emizuychilardan, siydik vа tanosil yo'llarining alohida ajralib chiqqanligi bilan tubап sut emizuvchilardan farq qiladi.Xaltalilaming 270 ga yaqin turi Aystraliya vа Amerika qit'asida tarqalgan. Qadimgi geologik davrlarda ular barcha qit'alarda yashagan. Xaltalilar har хil ekologik sharoitlar: o'tloq, o'rmon, cho'l vа tog' mintaqalarida yashaydi. Ular orasida daraxtlarda o'rmalab vа cho'lda chopib yuruvchilari, tuproqda in qazib yashoychilari, o'txo'r, yirtqich, hasharotxo'rlari vа hammaxo'rlari bor. O'xshash muhitda yashaydigan vа o'xshash sharoitda hayot kechiradigan Aystraliya vа Amerika qit'alarida tarqalgan xaltalilar o'xshash konyergent belgilarni hosi1 qilgan
Yo'ldoshlilar - yuksak sut emizuychilar. Hozirgi sut emizuychilarning aksariyat qismi ana shu kenja sinfga kiradi. Ular embrioni organizmiga oziq moddalar vа kislorod уо'ldosh orqali оnа organizmidan o'tib turadi. Yo'ldosh xorionni bachadon deyori bilan qo'shi1ib ketishi natijasida hosil bo'ladi. Xorioп allontois tashqi deyorini homilaning tashqi seroz pardasi bilan qo'shi1ishidan hosil bo'ladi. (Afloпtois-embrion ichagi keyingi bo'limi o'simtasi). Xoriondan bachadon devori qalinlashgan qismiichkarisiga qarab juda ko'p o'simtalar-vorsiпkalar o'sib kiradi. Vorsinkalarda qon tomirlari juda ko'p bo'ladi. Xorionning qon tomirlarining bachadon devori qon tomirlariga jиda yaqin joylashganligidan oziq moddalar уа kislorod опа qonidan embrion qoniga osmotik уо'l bilan o'tib turadi. Кindik qon tomirlari orqali bu moddalar embrion tanasiga o'tadi. Embrion tanasidan yo'ldoshga qon olib boruvchi boshqa tomirlar orqali dissimilatsiya mahsulotlari оnа qoniga chiqariladi .Yo'ldosh diffuz, bo'lakchali, zonal yoki diskoidal tipda tиzilgan bo'lishi mumkin. Diffuz (уоyilgan)
Уо’ldoshning vorsinkalari 4 xorion yuzasida bir tekis tarqalgan (kitsimonlar, ko'pchilik tиyoqlilar). Во'lakchali (kotiledon) уо'ldoshning vorsinkalari xorionning ayrim qismlarida dog'lar shaklida to'plangan (ko'pchilik kavsh qaytaruvchilar). Zoпal, ya'ni diskoidal tipdagi уо’ldoshda vorsinkalar xorion sirtida keng belbog' hosil qilib joylashadi (ayrim yirtqichlar, fillar). Diskoidal yo’ldosh vorsinkalari xorionning alohida disk shaklidagi qismida to'plangan bo'ladi (kemiruvchilar, maymunlar, odam).Yo'ldosh ko'chib chiqadigan yoki ko'chib chiqmaydigan bо'ladi. Ко 'сhib chiqadigan уо'ldosh xorioni vorsinkalari bachadon devorining shilliq qavatiga mahkam yopishgan bo’lib, bola tug'ilganida yo'ldosh bachadon devorining bir qismi bilan birga ko'chib chiqishi natijasida biroz qon ketadi (yirtqichlar, kemiruvchilar, maymunlar, odam). Ко’chib chiqтaydigaп уо’ldosh xorioni vorsinkalari bachadon devori shi1liq qavati chuqurchalariga botib kirib turadi. Shuning uсhun bola tug'ilishida vorsinkalar bachadon devori shiliq qavatiga ziyon yetkazmasdan ajralib chiqadi (cho'chqalar, otlar, ko'pchilik kavsh qaytaruvchilar).Yo'ldoshning bo'lishi sababli hayvonlar embrionining rivojlanish davri bachadonda kechadi. Ular аnсhа katta vа rivojlangan bola tug'adi. Tug'ilgan bolasi mustaqil еmа oladi, ko'pchilik hayvonlar bolasi oyoqda turib, onasi orqasidan ergashib yura oladi. Yo'ldoshlilarning bosh miyasi, ayniqsa yarim sharlar po'stloq qismi murakkab tuzilgan. Tishlari aksariyat hollarda ixtisoslashgan bo’lib, kurak, qoziq vа oziq tishlarga bo'linadi. Klоаkаsi bo'lmaydi. Korakoid suyagi kurak suyagi o'simtasiga aylangan.Yo'ldoshlilarning 5000 ga yaqin tиri ma'lиm. Ular 17 ta tиrkиmga bo'linadi. Qиyida asosiy turkumlarning tavsifi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |