I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.qaysi qushlar doimiyjuft hosil qiladi?
2.Qaysi qushlarning jufti doimiy bo’lmaydi?
3.Qushlarning tuxumi qanday tuzilgan?
4.Qushlar nasliga qanday g’amxo’rlik qiladi?
5.Qaysi qushlar o’troq deyiladi?
6. Qaysi qushlar ko’chib yuruvchi deyiladi?
7. Qaysi qushlar uchib ketuvchi bo’ladi?
8.Nima sababdan qushlar uchib ketadi?
9.Qushlar nima maqsadda halqalanadi?
10.Vohalarda qanday qushlar ko’proq uchraydi?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Sut emizuvchilar sinfi. Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi, ekologiyasi. Sut emizuvchilarning xilma-xilligi
b) yangi mavzu rejasi:
1) Sut emizuvchilar sinfi. Sut emizuvchilarning tashqi tuzilishi, ekologiyasi.
2) Sut emizuvchilarning xilma-xilligi.
d) yangi mavzu bayon matni:
Sut emizuvchilar - tanasi jun bilan qoplangan issiq qonli umurtqali hayvonlar. Ular bolasini sut bilan boqadi. Sut emizuvchilar boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan yuksak tuzilishga ega. Oyoqlari tanasi ostida joylashgan.Umumiy tavsifi. Sut emizuvchilar - amniota guruhiga mansub issiqqonli hayvonlar. Tanasi qalin jun bilan qoplangan, terisida yog' vа ter bezlari bor. Bosh miya yarimsharlari po'stlog'i kuchli rivojlangan. O'rta qulog'ida uchta eshitish suyakchalari bor. Tishlari jag' chuqurchasid joylashgan bо'lib, shakli vа vazifasiga ko'ra turlicha ixtisoslashgan. O'pkasi alveolar tipda, yuragi to'rt kamerali. Yagona yurak aortasi yurakni chap tomondan aylanib o'tadi. Ko'krak qafasi bo'shlig'i qorin bo'shlig'idan yupqa to'siq-diafragma bilan ajralgan. Ayirish organi bir juft buyrakdan iborat.Barcha sut emizuvchilar urg'ochisida sut bezlari rivojlangan bo'lib, bolasini sut bilan boqadi. Ularning ko'pchiligi tirik bola tug'adi, faqat ayrimlari tuxum tug'ib ko'payadi. Sut emizuvchilaming 4000 dan ortiq turi ma'lum. O'zbekiston faunasida 95 ga yaqin turi tarqalgan. Sut emizuvchilar sinfi tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar, yo'ldoshlilar kenja sinflariga bo'linadi.Таnа qoplag'ichi. Sut emizuvchilar terisida naysimon ter bezlari vа alveolar yog' bezlari bor. Ter bezlari ayirish funksiyasini bajaradi; ular ishlab chiqaradigan ter issiq havoda tanani sovutadi. Yog' bezlari ajratib chiqaradigan sekreti teri va junni yog'lab, mexanik ta'sirdan himoya qiladi, teri va junga suv yuqtirmaydi. Barcha sut emizuvchilar uchun xos bo'lga sut bez/ari ishlab chiqaradagan sut esa ularning bolasi uchun oziq hisoblanadi. Sut bezlarining so'rg'ichlari odatda ko'krak vа qorinda, ba'zan tananing уоn tomonida joylashadi. So'rg'ichlar soni sut emizuvchilarning serpushtligiga bog'liq; 1-2 ta bola tug'adigan sut emizuvchilarda ularning soni 2-4 ta, ko'p bola tug'adiganlarda 10 tagacha, ba'zan undan ham ko'proq bo'ladi.Sut emizuvchilar gavdasi bosh, bo'yin, tana vа oyoqlarga ajratiladi. Gavdasi jun bilan qoplangan; faqat ayrim sut emizuvchilarning jun qoplami ikkilamchi tarzda reduksiyaga uchragan. Jun qoplami sut emizuvchilar uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, termoregulatsiya, mexanik ta'sirdan himoya qilish vazifasini bajaradi. Sut emizuvchilar tanasining rangi ham jun qoplami rangi bilan bog'liq. Jun qoplami juda ko'p alohida soch tolalaridan tashkil topgan. Soch-ipsimon muguz moddadan iborat bo’lib, epidermisning ostki qavatlaridan hosil bo'ladi. Har bir soch tolasi teri ustida joylashgan soch o'qidan vа teri ichiga botib kirgan soch ildizidan iborat, soch ildizi soch xaltachasida joylashgan; ildizi uchida piyozchasi bor.Piyozcha hujayralarining ko'payishi tufayli soch o'sadi.Skeleti ham boshqa umurtqi hayvonlarniki singari bo’limlardan iborat bo’ladi. Bosh suyagi bosh qutisining ancha katta bo’lishi bilan farq qiladi, bu esa bosh miyaning katta bo’lishiga bog’liq. Sut emizuvchilarda 7 ta bo’yin umurtqasi bo’lishi ular uchun xosdir. Jirafalarning bo’yni uzun bo’lsa ham, kitlarning bo’yni bo’lmasa ham, bo’yin umurtqalari soni bir xil. Ko’krak umurtqalari (odatda, ular 12-15 ta) qovurg’alar va ko'krak (to’sh) suyagi bilan birgalikda mustahkam ko’krak qafasini hosil qiladi. Bel bo’limining yirik umurtqalari o’zaro harakatchan birikkan. Bu bo’limda tana bukilishi va yozilishi mumkin. Bel umurtqalarining soni har xil hayvonlarda turlicha (2-9 ta), itlarda 6 ta bo’ladi. Umurtqaning dumg’aza bo’limi (3-4 ta umurtqa) chanoq suyaklari bilan qo’shilib ketadi. Dum bo’limi umurtqalarining soni (uchtadan bir necha o’ngacha) dumning uzunligiga bog’liq.Sut emizuvchilar oldingi oyoqlarining kamari ikkita kurak suyagidan iborat bo’lib, ularga ko’krak tirgak, suyagi va ikkita o’mrov suyagi birlashgan. Itlarda o’mrov suyaklari rivojlanmagan. Orqa oyoqlar kamari - chanoq suyaklaridan tuzilgan. Sut emizuvchilar bilan sudralib yuruvchilar oyog’ining skeleti o'xshash bo’ladi, ammo ular tuzilishining detallari har xil turlarda turlicha bo’lib, hayvonning yashash sharoitiga bog’liq.Muskullar. Ko’pchilik sut emizuvchilarda, shu jumladan, itlarda ham orqa muskullari, oyoqlar va ular kamarining muskullari, ayniqsa rivojlangan. Tez chopganda itlar tanasini egib va yozib, goh oldingi oyoqlarida, goh orqa oyoqlarida yirik qadamlab sakrab yuradi. Kuchli muskullar pasti jag’ suyaklarini harakatga keltiradi. It tishlari bo’lgan jag’larini qisib olib, o’ljasini mahkam tutib tura oladi.Таnа bo'shlig'i. Sut emizuvchilarning tana bo'shlig'i elastik muskulli to'siq-diafragma yordamida ko'krak vа qorin ajralgan. Ko'krak bo'shlig'ida yurak va o'pka, qorin bo'shlig'ida - oshqozon, ichak, jigar,buyraklar vа boshqa organlar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |