Kun uzunligi (fotoperiod) o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Fotoperiod kun uzunligi bolib. u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir boladi. Yer sharining Quyosh atrofida harakatlanishi va Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan burchak ostida joylashganligi yil fasllari almashinishining asosiy sababi hisoblanadi.
Kun uzunligi organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi. Bu omil o‘simliklaming o‘sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga o‘tish kabi muhim biologik jarayonlami boshqaradi. Hayvonlaming tullashi, migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi bilan belgilanadi.
Organizmlarning yorug’likka nisbatan ehtiyojiga ko‘ra tasnifi. Tirik organizmlaming yorug‘likka ehtiyoji turlicha. 0‘simliklar yoruglikka bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi. Yorug'sevar o'simliklar ko‘p miqdorda quyosh energiyasini qabul qiladi. Bu o‘simliklar dasht, cho‘1, o‘tloq kabi ochiq joylarda o‘sadi. Yorug‘sevar o‘simliklarga o‘t o‘simliklardan zubtumm, daraxtlardan saksovul, gledichiya, qarag‘ay, qayin, shumtol, yapon saforasi, madaniy o‘simliklardan makkajo‘xori, oqjo‘xori (sorgo), shakarqamish kabilar kiradi. Yorug‘sevar o‘simliklaming shox-shabbasi bir-biriga soya solmasdan o‘sadi. Bu o‘simliklaming barg plastinkalari qalin boiib, sirti mum bilan qoplangan, xloroplastlarga boy, barg og‘izchalari ko‘p boladi.
0‘simlik va hayvonlaming o‘sishi, rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liq. Bu hodisa fotoperiodizm deyiladi. Fotoperiodizm kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlaming javob reaksiyalari hisoblanadi. Fotoperiodizm yorugMikning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va qorongM vaqtlarining almashinish davriyligiga bogMiq. Fotoperiodizm tirik organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlaming kun uzunligiga bogMiq ravishda ritmik o‘zgarishlaridir.
Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi.
Uzun kun o'simliklari - mo‘tadil iqlimli mintaqalaming o‘simliklari bo‘lib, yilning uzun kunli (13 soat va undan uzoq) davrlarida - yoz oylarida gullaydi. Agar kun qisqa boMsa va yorugMik yetishmasa, bu o‘simliklar o‘sishda davom etadi, lekin gullamaydi. 0‘simliklaming aynan shu xususiyati ulami ekish vaqtini belgilaydi. Uzun kun o‘simliklariga kartoshka, sabzi, piyoz, karam, rediska, sholg‘om kabi o‘simliklar misol boMadi.
Qisqa kun o‘simliklari tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Ular qisqa kun (12 soatdan kam) sharoitida, bahor va kuz oylarida gullaydi, rivojlanadi. Masalan, qalampir, baqlajon, pomidor, bodring, g‘o‘za, qulupnay, xrizantema, kartoshkagul, shoyigul va boshq.).
Neytral o'simliklarning gullashi kun uzunligiga bogMiq emas. Masalan, no‘xat, qoqio‘t kabi o‘simliklar neytral o‘simliklar guruhiga mansub.
0‘simlik va hayvonlarda fotoperiodizm hodisasini o‘rganish natijasi tirik organizmlaming yorug’lik ta'siriga javob reaksiyalarini nafaqat ulaming qabul qiladigan yorug‘lik miqdoriga, balki ma’lum davomiylikka ega kun uzunligiga ham bog‘liqligini ko'Tsatadi. Bir hujayrali tirik organizmlardan tortib to yuksak darajada tuzilgan odam ham «biologik soat»ga ega. Biologik soatlar organizmlardagi mavsumiy o‘zgarishlami va boshqa biologik jarayonlami boshqaruvchi mexanizm bo‘lib, organizmlaming nafaqat sutkalik bioritmlami, hatto hujayra darajasidagi jarayonlami, masalan, hujayralaming bo‘linishini ham boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |