Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


O‘zbek xalq dostonlarida dialektal frazeologizmlar



Download 0,66 Mb.
bet8/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

1.3. O‘zbek xalq dostonlarida dialektal frazeologizmlar.
An’anaviy o‘zbek xalq dostonlarida o‘zbek xalqining asriy turmush sharoitiga mos va xos bo‘lgan frazeologik birliklar o‘z ifodasini topgan. So‘zga chechan xalq baxshilari ajdoddan-avlodga meros bo‘lib qolgan dostonlarni o‘z mehnati va shijoati bilan shoda marvariddek e’zozlab bezatganlar, imkoniyatdan kelib chiqqan holda, tinglovchini o‘ziga maftun qilarli darajada yuksak mahorat va o‘ziga xos salohiyat bilan kuylaganlar. Bu esa o‘z navbatida dostonlar tilining qayta-qayta ishlanishiga, uning ravonlashuviga yordam bergan, albatta. Kuzatishlarimiz natijasi yana shuni ko‘rsatadiki, har bir baxshilik maktabi vakillarining doston kuylash usuli va an’analari bo‘lgan. Fozil shoir – Bulung‘ur maktabining, Ergash shoir – Qo‘rg‘oncha maktabining, Bola baxshi – Xorazm, Sherna baxshi – Shahrisabz maktabining yirik vakillari va taniqli namoyondalaridan bo‘lganlar. Mubolag‘a qilib aytadigan bo‘lsak, bularning har biri alohida maktab hisoblanadi.
O‘zbek xalq dostonlari badiiy tilidagi dialektal frazeologik birliklarni to‘plash va tavsiflash katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan holda, o‘zbek tilining leksik-frazeologik fondini yanada boyishiga ijobiy ta’sir etadi. Chunki biz bu orqali tilimizning o‘tmish va hozirgi kunidagi har bir so‘z va iborasida o‘zbek xalqining tarixi, urf-odati, turmush tarzi o‘z ifodasini topganligini juda yaxshi bilamiz. Biz tahlil obyekti sifatida o‘rgangan o‘zbek xalq dostonlari deyarli qipchoq shevasi vakillaridan yozib olingan. Lekin u yoki bu dostonning asrlar osha bir hududdan ikkinchisiga turli sabablar bilan o‘tishi natijasida ba’zi syujet voqealar tasvirida qipchoq dialektiga xos bo‘lmagan so‘z va iboralar ham qo‘llanilganki, ular asosan “Go‘ro‘g‘li” turkum dostonlari bilan birga boshqa o‘zbek xalq dostonlari tilida ham ko‘plab uchraydi.
O‘zbek xalq dostonlari tilida uchraydigan dialektal frazeologik birliklar simantik jihatdan rango-rang bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. Xalqona urf-odatlar bilan bog‘liq bo‘lgan frazeologik birliklar:
-beshikkirti qilmoq // beshikka kiritmoq/solmoq, ya’ni beshikka o‘zganing bolasini kiritishdan maqsad, ularning kelajak turmushlari ham birga bo‘lsin, degan umidni ifodalashdir:
-ana shunda Hakimbekka Oybarchindi atashtirib, beshkirti qip... 19(8 b.)
-nika (h) qiymoq (o‘qimoq): mullaning va ikki vakilning ishtirokida nikoh marosimini o‘tkazish: - Domla vakillardan so‘rap, bular ham guvohligiga bir nima op, mulla xutbasini o‘qib nika(h) qiyip, mullaning so‘ragan so‘zlarini vakillari ham qabul qip aytti20 (160 bet).
-Boshi bo‘sh (turmushga chiqmagan).
-Qozonda qaynagan shirboz go‘shmidi,
Shu qizingdi agar boshi bo‘shmidi?
Kelin qip biror o‘rama o‘rayin 21(37 bet).
2. Hayvonlarning turli xil xarakter va hatti-harakatlari bilan bog‘liq frazeologik birliklar:
-tulkini ingatgan toziday (“chaqqan”). Boybichalarga shunda to‘lg‘oq vaqti joqin jetti, ne kampirlar kelib, boybichani aylanib, tulkini inglatgan toziday bo‘p, angip, o‘rtaga op turipti22. (7 bet).
-seldalang otmoq (terlab ketmoq):
Bedovlar seldalang otti,
Chuv-ha, dedi, qamchi tortti 23(63 bet).
-bo‘ynin uzatmoq (tinmay yo‘l yurmoq):
Ostidagi arabi otlar
Kun-bakun bo‘ynin uzatti 24(63 bet).
-nar-moda (“hezalak”).
Nar-moda deb menga so‘zlading so‘zlar,
Nar-moda ma’nisin aytgin sen qizlar,
Nar-moda deganda xapa bo‘ppan,
Nima ekanin bilmay turippan25. (68 bet)
-toy-talash (“xotin” talash):
Har kim o‘z elida bekma, to‘rama,
Nar-modalar sendan kamroq bo‘lama,
Martting yori toy-talashda qolama26?
3. Inson hayotining turli tomonlariga aloqador bo‘lgan frazeologik birliklar:
-ta’til qi(l)moq (nonushta qilmoq): - Bu alplar, ... har kuniga to‘qson shirbozning etini ta’til qi(l)g‘on27... (31 bet).
-jo‘n o‘tirmoq (jimgina birovga halaqit bermay o‘tirmoq):
O‘n to‘rtiga borip davron surmayma,
Mastonmisan, jo‘n o‘tirsang, bo‘yma?
-birovni ko‘nglini naza qilmoq (birovni hafa qilmoq):
Men bilaman Boysarining qizisan,
Qimiz bermay ko‘nglim naza qilasan28 (47 bet).
-Shabgir tortmoq (kechayu kunduz yo‘l yurmoq):
Mung‘ayip so‘z aytar menday xizmatkor.
Kecha-kunduz shabgir torting xizmat kor 29(62 bet).
4. Turli tabiat hodisalari bilan bog‘liq frazeologik birliklar:
-kunning burniminan (quyosh chiqishi vaqtidagi payt):
Kunning burniminan Kag‘aton tovining to‘qson darasidan to‘qson alp bo‘p kep turipti (57 bet).
-To‘kirlini tuman tutdi (“atrofni chang-to‘zon bosdi”):
G‘ayrati-g‘ayratga yetti,
To‘kirlini teman tutdi 30(368 bet).
Xullas, o‘zbek xalq dostoni badiiy tilida uchraydigan dialektal frazeologik birlik turli maqsadlarda, ya’ni milliy koloritni ta’minlashda vavoqea-hodisalar, urf-odatlarni tasvirlashda qo‘llanilgan bo‘lib, yuqorida ta’kidlanganidek, ular lingvistik faktlar ta’sirida bevosita va bilvosita turli davrlarda, turli kuylovchilar repertuari asosida xalq og‘zaki ijodiga asta-sekin kiritilib borilgan.
O‘zbek xalq dostonlari tiliga uslubiy xoslangan frazeologik birliklar
Hozirgi kunga qadar o‘zbek dostonlaridagi muayyan folklor janrlar tiliga xos bo‘lgan frazeologizmlar alohida ilmiy tadqiqot obyekt sifatida yoki monografik planda o‘rganilmagan. Faqat bu haqida dunyo iborashunosligi (A.T.Xrolenko, L.Rayzenzon) va o‘zbek tilshunosligida ayrim fikrlar (S.Tursunov) bildirilgan, xolos. Shunday ekan, biz bunday aspect bo‘yicha dostonlar tilidagi frazeolgik birliklar mezonini o‘rganishda dotsent S.Tursunovning tasnif va tavsifiga asoslandik.
O‘zbek dostonlarida folklor asarlarini tiliga xos bo‘lgan asrlar osha sayqallanib kelinayotgan paremiologik yoki lenemonik iboralar uchraydiki, ular asosan, quyidagi xususiyatlarga ega.
1. Folklor frazalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular ko‘pincha bir yoki bir necha dostonlardagina uchrab funksional jihatdan chegaralangan bo‘ladi.
2. Ularning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular og‘zaki nutqda tayyor holda uchramaydi, ko‘pincha xalq maqollari tarkibida uchraydi va ular tilshunoslikda iqtidorli baxshilar tomonidan yaratilgan aforistik satrlar ham hisoblanadi. Shuningdek, ular kopincha baxshining bir voqeadan ikkinchisiga o‘tishi uchun imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari ustozning shogirdiga doston o‘rgatishida asosiy usullardan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Ular ko‘pincha dostonda mnemotik (esaga tushirish) vazifani bajaradi. Shu bois ular biror bir syujet yoki voqea bilan uzviy bog‘liq bo‘lib qolmasdan, butun dostonda olg‘a surilgan g‘oyani badiiy ifodalashda o‘z vazifasini bajarib keladi.
3. Bunday tipdagi frazeologik birliklar hajman ikki so‘zdan (epitet) iborat bo‘lib, she’riy misra, ba’zan she’riy parchalarni ishg‘ol eta oladigan miqdordagi hajmni egallaydilar. O‘zbek xalq ijodkorlari ham asrlar osha o‘z repertuarlaridan munosib joy olgan folklor asarlardagi xalq maqollaridan va iboralaridan o‘rinli va mohirona, shuningdek ijodiy foydalanib kelganlar.
Bu borada avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek xalq dostonlari asrlar mobaynida oddiy mehnatkashlar uchun katta tarbiyaviy, ma’rifiy bir vosita sifatida xizmat qilib kelgan. Shu sababli ham ular xalqimiz tomonidan sevilib tenglangan.
Xalq baxshilari maqol, matal, hikmatli so‘zlar asosida o‘zlari yangi aforistik variantlar ham yaratganlarki, bunday iboralar davrlar osha baxshilarimiz tomonidan sayqalanib, hatto qayta-qayta ishlanib, aforizmlar darajasiga yetgan. Aytilganidek, ular dostonlarning badiiy to‘qimasida muhim rol o‘ynagan. Chunki V.V.Radlov “Eposdagi bunday ko‘p takrorlanadigan hikmatomuz satrlada hikmat ko‘pdir” deydi. Shunday ekan, ko‘p asrlik yozuv tili va boy yozma adabiy merosga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining og‘zaki ijodiyoti ma’lum darajada mumtoz adabiyot ta’sirida ham rivojlangan. Buning isbotini buyuk so‘z ustasi bobomiz Alisher Navoiy ijodi orqali ham bilishimiz mumkin. O‘zbek xalqining og‘zaki poetik ijodiyotining ajoyib durdonalaridan hisoblangan an’anaviy o‘zbek xalq dostonlaridagi frazeologik birliklar, boshqa qardosh turkiy xalqlar (qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz) folklor asarlari tilida uchraydigan frazeologik birliklardan tubdan farq qiladi. Ishimizning mazkur qismida o‘zbek xalq dostonlarida uchraydigan va ularning badiiy tiliga funksional-uslubiy jihatdan xoslangan frazeologik birliklar tabiati, ularning temantik xususiyatlari, shuningdek, yaratilishiga asos bo‘lgan xalqona iboralarga bo‘lgan munosabatini ilmiy-qiyosiy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishladik.
Folklor asarlari tiliga xos frozeologik birliklar tabiati haqida aytadigan bo‘lsak, tilshunos olimlarimiz ularni faqat folkloristik nuqtai nazardangina tadqiq etib, quyidagi atamalar bilan nomlaganliklarini guvohi bo‘ldik. Ular quyidagilar: tipik joylar, stilistik figuralar, stilistik formulalar, qaytariq joylar, lotsi kominius stilistik klishe (L.Rayzenzon) va hokazolar. Taniqli o‘zbek folkloristi professor To‘ra Mirzayev ““Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari” monografiyasida dostondagi “qo‘shma satrlar”, “tipik joylar”ning asarda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bergan, lekin ularning lingvostilistik xususiyatlari haqida hech qanday fikr bildirmagan. Shunday ekan, bunday “tipik joylar”ni faqat lingvofolkloristik nuqtai nazardangina o‘rganilganda, yaxshi natijalarga erishilishi mumkin.
O‘zbek xalq dostonidagi aforistik, ibratomuz satrlar yaratilishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Garchi bizning asosiy maqsadimiz ularning genezisini aniqlashga qaratilmagan bo‘lsa-da, boy lingvistik faktlarga tayangan holda ularning asrlar, davrlar osha o‘zbek xalq dostonlarida saqlanib kelayotgan sabablarini aniqlash va ular qaysi bir doston tilida qo‘llanilmasin, o‘sha dostonning g‘oyaviy mazmuniga baxshilar tomonidan shu qadar ustalik bilan singdirib yuborilganligini ko‘ramiz. Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligida o‘zbek xalq maqollarining semantik, tematik, grammatik va uslubiy xususiyatlari professor Xoliq Abdurahmonov, dotsent Muyassar Sadriddinovalar tomonidan bir muncha keng planda o‘rganilgan. Bundan tashqari biror bir badiiy asar tilidagi yoki bir ijodkor asarlari tilidagi frazeologik birliklar ham ko‘pgina olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zbek xalq dostonlari tiliga xoslangan frazeologik birliklarning mezoni, tarkibi va funksional uslubiy xususiyatlari haqida faqat dotsent S.S.Tursunovning nomzodlik dissertatsiyasidan boshqa tadqiqotni uchratmadik. U kishi faqat “Alpomish” dostonining bir necha baxshilar kuylagan variantlari haqida izlanish olib brogan, xolos. Biz esa ushbu tadqiqotimizda bir necha baxshilar kuylagan bir qancha dostonlar tili misolida o‘z izlanishimizni olib bordik.
Kuzatishimiz natijalariga asoslangan holda o‘zbek xalq dostonlari tiliga xoslangan frazeologik birliklarni ularning kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratdik:
1. Xalq maqollari asosida ijodkorlar tomonidan yaratilgan o‘zbek xalq dostoni tiliga xos frazeologik birliklardir. Masalan: xalqimiz orasida keng tarqalgan “Do‘st yig‘latib gapirar, dushman kuldirib” maqoli fonida baxshilarimiz asrlar osha ularga ijodiy yondoshgan holda quyidagi aforistik satrlarni yaratganlarki, natijada bunday aforistik satrlar xalq dostonlari tiliga moslashib, tipiklashib ketgan:
-Qasd aylasa, bilmaganin bildirar
Do‘st yig‘latib, dushmanig kuldirar.31
Natijada bunday tipdagi aforistik satrlar bir dostonning bir necha variantida yoki bir baxshining ijodiy reperturalaridagi bir necha dostonlari badiiy tilida doimiy qo‘llanib “turg‘un birikmalar”, “qo‘shma satrlar”, “assotsiativ qatorlar”, “mnematik iboralar”, “tipik joylar”, “stilistik formula” va “stilistik figuralar” nomi bilan atashga sabab bo‘ldi. Bunday aforistik iboralarning ko‘pchiligi aforizm darajasiga yetgan bo‘lib, xalqimiz tilida qo‘llaniladigan frazeologik birikmalar singari ularga xos bo‘lgan barcha belgi xususiyatlariga (komponentlarining nisbiy turg‘unligi, ekspressivligi dostonchilar nutqida deyarli bir variantda qo‘llanilishi, majoziy semantik butunlik, chuqur falsafiylik)ga egadir. Bunday folklorga xos frazeologizmlarning aksariyati faqat o‘zbek xalq dostonidagina qo‘llanib, ular funksional – uslubiy jihatdan chegaralangan bo‘ladi.
2. Bu guruhga mansub frazeologik birliklar bevosita so‘zga chechan xalq baxshilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, avtorlari noma’lum, kollektiv ijod mahsuli hisoblanadi. Xuddi shunday iboralarga e’tibor qaratamiz:
-Ot chopsa gumburlar tog‘lar orasi,
Botirni ingratar nayza yarasi.
-Har kim o‘z elida bekmi, to‘rami.
-maydon bo‘lsa budov otlar chopilur,
Chopib kelsa, banot jullar yopilur.32
O‘zbek xalq dostoni badiiy tiliga xoslangan bunday o‘ziga xos frazeologik birliklar doston qahramonlarining xarakterini ochishda, ularning epik biografiyasini yaratishda bir syujetdan ikkinchi bir syujet voqeligi tasviriga o‘tishda baxshilik maktabi vakillari uchun asosiy vosita hisoblanadi. Shu bois xalq baxshilari bunday tipdagi frazeologik birliklarni takror va takror qo‘llaganlarida voqelikka qanday tus berishga ko‘ra satr so‘ngidagi so‘z shaklini o‘zgartirib keyingi satrlar qofiyasining paradigmasini yaratishda mohirona foydalanganlar. Shuningdek, ular dostonlar tilida o‘ziga xos algoritm vazifasini o‘taganlar. Ayniqsa, ular baxshilar shogird yetishtirishda, shogirdlarining baxshilik sirlarini puxta egallaganlarida asosiy vosita hisoblagan.
Bunday tipdagi frazeologik birliklarini o‘zbek xalq maqollariga taqqoslaganimizda, ularning farqi va o‘xshash tomonlari ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu bilan baxshilarning improvizatsion darajasini ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Quyidagi qiyosiy jadvalga e’tiborimizni qaratamiz.





O‘zbek xalq maqollari tiliga xos frazeologik birliklar

O‘zbek xalq dostonlari tiliga xos frazeologik birliklar


Qush butoqqa sig‘inar, Odam vatanga

Qush putaga sig‘inday bo‘p.


Do‘st achitib gapirar, Dushman kuldirib.

Qasd aylasa bilmaganin bildirar, Do‘st yig‘latib, Dushmanini kuldirar


Bo‘zchi bilganin to‘qir, Baxshi bilganin o‘qir.
Yoki
Bo‘zchi bilganin to‘qir,
Mulla bilganin o‘qir.

Ustalar ishlatar tesha-tabardi, Mulalar o‘qiydi zeru-zabardi.


Chechanning tili,
Chevarning qo‘li.

Chechanlar eplaydi gapning epini.


Ajal yetmay chivin o‘lmas.

Beamir chiqmaydi chivinning joni.


Sabr tagi sari(q) oltin.

Besabrdan davlat qochar,
Sabr davlat eshigini ochar.

O‘zbek xalq dostoni tiliga xoslangan frazeologik birliklar asosan quyidagi tematik guruhlarni o‘z ichiga oladi:


1.Qahramonlik:
-Ot chopsa gumburlar tog‘lar orasi,
Botirlarni ingratar nayza yarasi.
-Mardlar olishmaydi siltab otadi,
Bo‘sh odamning ishi keyin ketadi.33
2. Vatanparvarlik:
-Tog‘lar aziz bo‘lar, tuman chalmasa,
Yo‘llar aziz bo‘lar, karvon yurmasa,
Bog‘lar aziz bo‘lar, bog‘bon bo‘lmasa,
Mulki xarob bo‘lar, sulton bo‘lmasa.
-Gul ketar bo‘lsa, guliston emranar,
Shahar vayron bo‘lsa, sulton tebranar,
Mol borida hamma odam do‘st edi,
Boshdan davlat qaytsa, tuvg‘on emranar34.
3. Saxiylik va baxillik:
-Yomon odam qilar mudom g‘ovurdi.
-G‘anim tushar kam davlatning qasdiga.35
4. Kasb va mohirlik:
-Ustalar ishlatar tesha-tabarni,
Mullalar o‘qiydi, zeru-zabardi.
-Sozandalar sozin chertar qo‘l bilan
Yomon odam kuydiradi til bilan36.
5. Mardlik va do‘stlik:
-Mard bo‘lsang, nomardning ishin qilmagin.
-Do‘stga zor aylama, dushmanlarga xor.
-Mard yigit maydonga kirsa jellidir.
To‘qayda yo‘lbarsning izi belgidir.37
6. Sabab va oqibat:
-Otga soldim arpaminan iyirdi,
Qor yoqqanda karvon solar chiyirdi.
-Har kim o‘z elida bekmi, to‘rami,
Qarchig‘ay qarg‘asa yemtik bo‘lami.
-Betayik chiqmaydi mardning dovushi.
-Talxi bor deb emas edim novotti,
Gardi bor deb tushamasdim bamatdi.38
7. Xushyorlik, ziyraklik:
-Zolim bilan hargiz bo‘lmanglar yo‘ldosh.
-Esi bor biladi gapning tuzini.
-Ushbu damning damlarini dam dema
Boshing eson, davlatingni kam dema.39
8. Tenglik va notinglik:
-Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri,
Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri.
-Kuchuk bosmas yo‘lbars, sherning izini.
-Qarchig‘ay qarg‘aga yemtik berami.40

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish