Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


O‘zbek xalq dostonchiligida iste’mol doirasi chegaralanmagan frazeologizmlarning tematik tavsifi



Download 0,66 Mb.
bet7/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

1.2. O‘zbek xalq dostonchiligida iste’mol doirasi chegaralanmagan frazeologizmlarning tematik tavsifi.
Xalq dostonlari o‘zbek tili tarixining serqatlamliligini va bo‘yoqdorligini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning uchun xalq dostonlarning tilini tadqiq etish bir tomondan til tarixining qadimiy ildizlari haqida kengroq ma’lumot bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini to‘laqonli o‘rganishda, uni boyitishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Baxshilarimizning xalq tili imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, har galgi ijroda bu badiiy til tovlanishi, uning yangicha mazmun va mohiyat kasb etishi epik ijodning o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki, xalq og‘zaki ijodi og‘zaki ijro etilgani uchun emas, balki og‘zaki ijro jarayonida yuzaga keladigan san’at asari bo‘lgani uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu esa jonli ijro jarayonini, ya’ni epik ijod tilini bilmasdan turib uning badiiyati haqida so‘z yuritib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. O‘zbek tili ijod namunalarida tilimizning dialektologiyasi, leksikologiyasiga oid juda ko‘p qimmatli so‘z va iboralar mavjud. Bu so‘z va iboralarni, ayniqsa xalq ijodining gultoji hisoblangan dostonlarimiz tilini o‘rganish nafaqat o‘zbek tili, balki umumturkiy til uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, dostonlarimiz tili nafaqat folklorshunoslarimiz uchun, balki tilshunoslarimiz, barcha 11 til o‘rganuvchilar uchun ulkan manba va tadqiqot obyekti bo‘la oladi. Folklor asarlari leksikasini tadqiq qilar ekanmiz, biz unda hozirda iste’molda bo‘lgan sheva va arxaik so‘zlar bilan bir qatorda bugungi kunda qadimiy ma’nosi o‘zgargan yoki unutilgan so‘zlarni ham ko‘plab uchratamiz. Demak, adabiy til leksikasining shakllanishi, rivojlanish va o‘zgarish bosqichlarining xususiyatlarini aniqlashda epik ijod namunalari alohida o‘rin tutadi. Ulardagi qadimiy so‘z va birikmalarning lug‘atini o‘rganish nafaqat folklorshunoslik, balki tilshunoslik oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir.10 O‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning nutqda tayyor holda ishlatilishi tilning ijtimoiy hodisasi sifatida inson faoliyatining turli sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarga moslashganligi bilan izohlanadi.
So‘zlarning qo‘llanish doirasi va xususiyatlari til vositalarining nutq turlariga ko‘ra ajratilishi o‘zbek adabiy tilida bir qancha til uslublari mavjudligidan dalolat beradi.
Til vositalarining ma’lum bir funksional uslubiga ko‘ra xoslanish xususiyati faqat leksikada emas, balki tilning boshqa sathlari kabi frazeologiyada ham kuzatiladi. Funksional uslub deyilganda, biz tilning o‘z tarkibiy qismlaridagi elementlarning nisbatan turg‘unligi bilan farqlanuvchi murakkab nutqiy sistemani anglaymiz
So‘z yoki iboralarni usulbiy jihatdan tasniflash ularning emotsional-ekspressiv xususiyatlari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi11.
Farzeologik birliklar ham lug‘aviy birliklar singari barcha uchun barobar va tushunarli bo‘lsa, ular umumxalq frazeologiyalari deyiladi. Ular ham uslubiy nuqtai nazardan muayyan bir uslubiy ko‘rinishga xoslanmagan bo‘ladi. Bunday frazeologik birliklar o‘zbek xalq dostonlari leksik tarkibining muayyan qismini tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida so‘zga chechan xalq baxshilarining o‘z asarlarini shirali til bilan, ta’sirchan, obrazli ifodalashga yordam beradi12.
““Alpomish” dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir, – deb yozadi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida. – Agarki, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas doston bo‘lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”13. «Alpomish» dostoniga, balki, butun folklor asariga, milliyma’naviyatimizga berilgan yuksak bahodir. Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan keyin folklor milliy ma’naviyatimizni shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida o‘rganib kelinmoqda. O‘zbek xalq shoiri Hamid Olimjon Fozil shoir kuylagan “Alpomish” dostonini nashrga tayyorlar ekan, undagi lug‘aviy va frazeologik birliklarning rango-rang jilosidan hayratlanib, “Alpomish”da butun o‘zbek tilining til-boyligi aks etgan” 14deya to‘g‘ri bashorat qilgani bejiz emas. O‘zbek dostonlari boshqa ko‘pgina xalqlardagi kabi faqat epik she’riy asargina bo‘lmasdan, ularda nasr ham muhim o‘rin tutadi. Syujet rivojida voqealarning borishini tasvirlovchi nasriy, ya’ni proza qismi janglar mazmuni, tabiat go‘zalliklari, u yoki bu obrazning alohida e’tiborga loyiq fazilatlarini tasvirlovchi poetik qism bilan almashinib turadi. Dostonlar ijro etilganda nasriy (proza) qismi, odatda, hikoya tarzida ma’lum artistik mahorat bilan aytiladi. Ammo she’riy bo‘limlari doimo kuylanib ijro etiladi va bu yerda baxshi (yoki shoir)ning ustaligi ishlatiladigan bir necha kuyning har birini mantiqiy rivojga mos keltirishida ham ko’rinadi. Har bir doston o‘nlab turlicha holat va kayfiyatlarni ifodalovchi noma va kuylardan tuziladi. Ijrochi muayyan voqelik vaziyatidan kelib chiqib, o‘z ijro bisotida bor musiqiy namunalarni tanlab, o‘rinli ishlatadi.15
Doston tarkibidagi aksariyat kuy va nomalar kichik hajmli, oddiy tuzilmali shaklu-shamoyillardan iboratdir. Ularda foydalanilgan musiqiy tovushlar ko’lami, vazn-usullari jihatdan biroz chegaralangandek tuyulishi mumkin. SHunday bo’lsa-da, doston ijrochisining badihago’ylik mahorati orqali bunday qadimiy musiqiy namunalarning rango-rangligi, ta’sirchan va ifodaviyligi ta’minlanadi.
Qanchadan-qancha hikmat bor, tarix bor unda. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandlik, xalq oʻyinlari haqida qiziqarli maʼlumotlar ham talaygina.
Ajdodlarimizning urugʻchilik tuzumidan davlatchilik tuzumiga oʻtishi jarayoni ham yaqqol aks etgan. Aka-uka Boyboʻri va Boysarilar orasidagi ziddiyat misolida! Bu ogʻaning inisidan mamlakat xazinasi uchun soliq talab qilishi voqeasida namoyon boʻladi16.
Biz tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilgan “Alpomish”, “Yodgor”, “Ravshan”, “Rustam”, “Murodxon”, “Oysuluv”, “Shirin bilan Shakar”, “Malikai ayyor”, “Kuntug‘mish”, “Balogardon”, “Intizor” va “Orzigul” kabi o‘zbek xalq dostonlari tilida qo‘llanilgan hamda hozirgi kunda tilimizda iste’molda bo‘lgan frazeologizmlar semantik xususiyatlariga ko‘ra inson hayotining turli jabhalariga taalluqlidir.
Mazkur dostonlarda frazeologizmlar, asosan inson psixologiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni jozibali va ta’sirchan ifodalash uchun xizmat qilgan va ular dostonlardagi personajlarning xursandchiligi, qayg‘u, azob-uqubati kabi holatlarini ifodalashda o‘rinli qo‘llanilgan. Bu bilan biz har bir qahramonning ichki olamini, dunyoqarashini anglab yetishimiz mumkin bo‘ladi. Har bir doston ham o‘zining xususiyatlari ichida aynan, frazeologik va paremiologik birliklarning o‘rinli va jozibali qo‘llanganligi bilan bir-biridan ajralib turadi.
Bunday holatni dostonlardan keltirilgan quyidagi iqtiboslarda ham ko‘rishimiz mumkin.
“-Beylar ikkovi Shohimardon pirining ravzasiga qarab jo‘namoqchi bo‘lib, mindi bedov otti, uch kun tinmay yo‘l tortdi. (A 6).
-Bor, unday bo‘lsa, biz ham dunyoning bahridan o‘tdik, -dep tappa tushib, ravzada turvatning ostida yotdi. (A 6).
-Bu so‘zni eshitib, biylarning juda vaqti xush bo‘lib, “tilaganimiz qabul bo‘ldi”, deb ko‘ngli to‘lib, mindi bedov otti. (A 7).
-Ikkovi aytdi: “Bizlar ham bir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa...”, deb bu o‘ylab biylar ovga jo‘nab ketdi.
-Kim maslahat bersa kesar boshini:
Maslahat bermaymiz Boysaribiyga
-Hamma ham sendayin ko‘zini yoshlab,
Zakot deb chiqardi bir ishni boshlab”17.
Misollardan ko‘rinib turibdiki, dostonchilarimiz umumiste’moldagi frazeologizmlardan oqilona, o‘rinli foydalanganlar, chunki ular har bir so‘z, maqol va matal mazmunini yaxshi bilganlar. Shu sababli ham necha-necha ming yillar osha bu xalq dostonlari o‘zining estetik qiymatini, tarbiyaviy ahamiyatini hali hanuz yo‘qotganicha yo‘q.
Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan poetik tafakkurga o‘tish jarayoni aks etgan ekan, demak til tarixini o‘rganishda xalq ijodi namunlariga suyanib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Tildagi hech bir so‘z o‘zo‘zidan paydo bo‘lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga keladi va yoki o‘zlashadi. Qachonlardir mifologik tasavvurni ifodalagan so‘z keyinchalik o‘zining asl ma’nosini unutib yoki dastlabki ma’no qatlami xiralashib, keyingi ma’no qatlamini yuzaga keltiradiO‘zbek tilidagi «Bo‘ri» so‘zi bugun qaysidir o‘rinda 10 salbiy ma’nodagi so‘z sifatida, ko‘chma ma’nosida ishlatiladi. Biroq dostonlarimizda doimiy ravishda keladigan «Chopinganda bo‘riday» misralari, jonli tildagi «Bo‘rimi, tulki» iborasi «Bo‘ri» so‘zining yuzaga kelish ildizlari qadimiy, totemistik tasavvurlar bilan bog‘liq ekanini urg‘ulaydi. Alloma Hodi Zarifov «Folklor asarlarining ilmiy va badiiy qiymati ularning lug‘at boyligi bilan belgilanadi» degan edi. Xalq dostonlari o‘zbek tili tarixining serqatlamliligini va bo‘yoqdorligini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning uchun xalq dostonlarning tilini tadqiq etish bir tomondan til tarixining qadimiy ildizlari haqida kengroq ma’lumot bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini to‘laqonli o‘rganishda, uni boyitishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Baxshilarimizning xalq tili imkoniyatlaridan unumli foydalanishi, har galgi ijroda bu badiiy til tovlanishi, uning yangicha mazmun va mohiyat kasb etishi epik ijodning o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki, xalq og‘zaki ijodi og‘zaki ijro etilgani uchun emas, balki og‘zaki ijro jarayonida yuzaga keladigan san’at asari bo‘lgani uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu esa jonli ijro jarayonini, ya’ni epik ijod tilini bilmasdan turib uning badiiyati haqida so‘z yuritib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. O‘zbek tili ijod namunalarida tilimizning dialektologiyasi, leksikologiyasiga oid juda ko‘p qimmatli so‘z va iboralar mavjud. Bu so‘z va iboralarni, ayniqsa xalq ijodining gultoji hisoblangan dostonlarimiz tilini o‘rganish nafaqat o‘zbek tili, balki umumturkiy til uchun ham muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, dostonlarimiz tili nafaqat folklorshunoslarimiz uchun, balki tilshunoslarimiz, barcha 11 til o‘rganuvchilar uchun ulkan manba va tadqiqot obyekti bo‘la oladi. Folklor asarlari leksikasini tadqiq qilar ekanmiz, biz unda hozirda iste’molda bo‘lgan sheva va arxaik so‘zlar bilan bir qatorda bugungi kunda qadimiy ma’nosi o‘zgargan yoki unutilgan so‘zlarni ham ko‘plab uchratamiz. Demak, adabiy til leksikasining shakllanishi, rivojlanish va o‘zgarish bosqichlarining xususiyatlarini aniqlashda epik ijod namunalari alohida o‘rin tutadi. Ulardagi qadimiy so‘z va birikmalarning lug‘atini o‘rganish nafaqat folklorshunoslik, balki tilshunoslik oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir18.
Kuzatishimiz natijalari shuni ko‘rsatadiki, Fozil shoir, Islom shoir, Po‘lkan shoirlar repertuaridagi dostonlarida frazeologizmlarga nisbatan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li kuylagan dostonlar tilida uchraydigan frazeologizmlar tabiati, tarkibi va miqdori jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladi. Buning obyektiv va subyektiv sabablaridan biri, shuki, Ergash shoir madrasa ko‘rgan, savodxon edi. Shu bilan birga 5-6 ta dostonni o‘z qo‘li bilan folkloristikaning jonkuyar asoschilaridan biri professor Xodi Zarifning iltimosiga ko‘ra yozib, unga topshirgan. Demak, u yoki bu doston lingvistik aspektda tekshirilganda uni qachon? qanday? va kim tomonidan? kuylaganligini hamda yozib olganligini e’tiborga olish lozim. Aks holda tadqiqot sayoz va bir tomonlama bo‘lib qoladi.
O‘zbek xalq dostonlari tilida o‘zbek adabiy tiliga oid frazeologik birliklardan tashqari muayyan hududgagina xos bo‘lgan dialektal frazeologik birliklar ham ko‘plab qo‘llanilgan. Shunday ekan, biz ushbu tadqiqotimizning keying faslini xuddi shunday dialektal birliklarni ilmiy jihatdan tahlil etishga bag‘ishladik.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish