Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


BIRINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR



Download 0,66 Mb.
bet2/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

19




BIRINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR.

29

II-BOB

KUNTUGMISH” DOSTONI TILIDA QO‘LLANILGAN MAQOLLARNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI.

30

2.1

“Kuntug‘mish” dostoni va uning ayrim lingvistik xususiyatlari.

30

2.2

Doston tilida individual xoslangan paremiologik birliklar.

47

2.3

“Kuntug‘mish” dostoni tilida paremiologik birliklarning tuzilishiga ko‘ra turlari.

52




IKKINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR.

65

III-BOB

KUNTUGMISH” DOSTONI TILIDA LEKSIK-FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK MADANIY BIRLIKLAR LINGVOPOETIKASINING AMALIYOTGA TADBIQLARI.

66

3.1

Ta’lim dasturi va darsliklarida mavzuning berilishi.

66

3.2

Yangi innovatsion texnologiyalar asosida frazeologik va paremiologik birliklarni o‘qitish.

73




UCHINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR.

84




UMUMIY XULOSALAR.

. .




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

85


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbek xalq dostonlari asosan o‘zbek xalqining o‘z tarixiga, tarixiy voqelikka bo‘lgan munosabatlaridan vujudga kelgan. Bizga ma’lumki, xalqimizning estetik munosabatlari bizgacha uning og‘zaki ijod namunalarida, ayniqsa xalq dostonlari tilida o‘zining badiiy ifodasini topgan. Xalqning o‘tmishi, o‘mishdagi tarixiy o‘zgarishlar, ularning turmush tarzi, orzu-istaklari va barcha intilishlari xalq dostonlarida o‘z aksini topgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek: “...Tengsiz ma’naviy boyligimiz bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrabavaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar va san’atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir”1. Davrdan-davrga, og‘izdan- og‘izga o‘tish jarayonida vujudga kelgan xalq hayotidagi barcha o‘zgarishlar doston matniga bosqichma-bosqich singdirilib borilgan. Istiqlol bergan buyuk ne’matlarning biri milliy o‘zlikni anglashdan iborat bo‘lib, milliy qadriyatlarimizning o‘zagi bo‘lmish ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizni belgilaydi. Muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham aynan yoshlarga oid davlat dasturi borasida quyidagi so‘zlarini hech ikkilanmasdan ta’kidlab o‘tgan: “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”2. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Biz ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufizini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”3. Ushbu so‘zlar, biz tilshunoslar uchun til ilmini o‘rgatish va taraqqiy ettirishimizda dasturulamal vazifasini bajaradi va tilshunoslikning barcha yo‘nalishlarini o‘rganish va taraqqiy ettirishimizda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunga kelib ona tilimiz tarixi, uning bugungi kundagi dolzarb masalalari, tilimizning ajralmas qismlaridan biri hisoblanmish xalq og‘zaki ijodiga oid asarlar tilini o‘rganish va tadqiq qilish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A Karimov ta’biri bilan aytganimizda: “Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobayinida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi”4 Shu muhim vazifalarni tahlil qilar ekan, bu masala yuzasidan yurtboshimiz quyidagi xulosalarga keldi: “Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti tili, madaniyati qadriyatlarini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda.”5 I.A. Karimovning ushbu so‘zlari hozirda barcha sohalarda o‘z aksini topmoqda.
Yuqoridagi teran fikrlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi kunda xalq baxshi-shoirlaridan yozib olingan dostonlarni nashr ettirish, ularning lingvistik xususiyatlarini tadqiq qilish va o‘quvchilarga yetkazish bugungi kun o‘zbek tilshunosligi hamda adabiyotshunosligining muhim vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Albatta, hozirgi kunda o‘zbek tilshunosligi va lingvofolkloristikasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, bu esa o‘z navbatida ushbu yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilayotganligidan dalolat beradi. Xalq kitoblari asosida ajdodlarimiz tilini, xalq shevalari tarixini, shevalarning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari va xalq maqol va matallarini ilmiy jihatdan o‘rganishimiz alohida ahamiyatga egadir. Ularni tadqiq etish nafaqat tilimiz tarixi, balki bugungi kun so‘zlashuv nutqining taraqqiyot bosqichini va amaldagi imkoniyatlarini qiyosiy o‘rganishimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, xalq dostonlari og‘zaki ijod mahsuli sifatida xalq shevalari tarixi, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Shunday ekan, biror dostonni til va uslub jihatidan tadqiq qilish, uni lingvopoetik va lingvostilistik jihatdan o‘rganish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha muhim ilmiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.
Hozirgi kungacha, xalq dostonlari tilini turli aspektlarda o‘rganish yuzasidan ovzbek tilshunosligida bir muncha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Lekin ayrim dostonlar tili va uslubiga xos xususiyatlarni tadqiq qilish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Shu kungacha o‘zbek xalq dostonlari tilida istifoda etilgan frazeologizmlar va “Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklarning alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmaganligi ham mazkur tadqiqotimizning dolzarbligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Xalq maqol, matallar va hikmatli so‘zlari yuzasidan hozirgi kungacha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Lekin xalq dostonlari tilidagi frazeologizmlar, xususan, “Kuntug‘mish dostoni tilida qo‘llanilgan paramiologik birliklarning leksik, semantik, lingvopoetik jihatidan maxsus o‘rganilmaganligi e’tiborga molikdir.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish