Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlarning konseptual gender tahlili
Qo’qon DPI Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich magistranti
Muxammadjonov Elshodjon Shuxratjon o’g’li
Annotatsiya
Maqolada ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologik va paremiologik birliklardagi rod kategoriyasining mavjud emasligi muammosi, hayvon va oziq-ovqat mahsulotlarini anglatuvchi leksemalarning gender tarkibli frazema va maqollar yasalishida ishtiroki, gender bo’yoqli frazeologik birliklarning semantik tuzilishi erkak va ayollarning tashqi ko’rinishi, ijtimoiy maqomi va psixologik xarakterini ifodalovchi konseptual qatlamlar asosida tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar: frazeologik va paremiologik birliklar, gender, konseptual qatlam, tashqi ko’rinish, ijtimoiy maqom, psixologik xarakter.
Shaxsning jamiyatda tutgan ijtimoiy maqomi uning nutqiy faoliyatini belgilashi mumkin. Ingliz va o’zbek tillarida gender stereotipini tahlil etishda ham erkak va ayolga nisbatan jamiyat a’zolarining alohida munosabatlari va ularning tilshunoslikning alohida bo’limlaridagi xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish zarur. Ingliz tili frazeologik birliklarida gender ko’rsatkich faqat leksik-semantik jihatdan namoyon bo’ladi, buni ingliz tilida rod grammatik kategoriyasi mavjud emasligi tufayli aniq bo’lgan rod farqlarining yo’qligi bilan izohlash mumkin. Gender ko’rsatkichlar sifatida ayol va erkak jinsini ifodalovchi leksemalar yoki frazeologik birliklar semantikasida mavjud bo’lgan gender ma’noli komponentlar namoyon bo’ladi.
“Rod grammatik kategoriyasiga ega bo’lmagan tillarda tabiiy jins til tizimida grammatik ifodaga ega emas va asosan, leksik semantika orqali ifodalanadi”.[8:74] Shuning uchun tadqiq etilayotgan til manbalarining ifoda va mazmun plani gender ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak. Aynan ingliz tilida rod kategoriyasining mavjud emasligini hisobga olganda, frazeologik birliklarning ifoda jihatidagi gender ko’rsatkich muhim hisoblanadi. Rus tilshunosi I.V.Zikova ifoda jihatining leksemalari majmuyini uchta asosiy guruhga ajratadi:[1:150-159]
1) antropometrik leksemalar;
2) qarindoshlik munosabatini ifodalovchi leksemalar;
3) antroponimik leksemalar.
Bundan tashqari, antropometrik leksemalar A.V.Silinskiyning “Речевая
вариативность” (1995) monografiyasida tilga olinadi va “uning ostida shaxslarning yoshi va jinsiga qarab nomlovchi otlar nazarda tutiladi”.[4:47] Alohida juftiga ega bo’lgan boy – girl, son – daughter, lady – gentleman, Miss – Mrs
– Mr, uncle – aunt kabi so’zlar antropometrik leksemalar guruhiga kirib, bu guruhga kiruvchi so’zlarning aksariyat qismini maskulin rod so’zlari va ular asosida yasalgan feminin rod so’zlaridan iborat juft so’zlar tashkil etadi, masalan: host – hostess, duke – duchess, hero – heroine, fiancé = fiancée va h.k.
Bir so’zning o’zagidan yasalmagan turli xil asosga ega bo’lgan genderli juft so’zlar
nisbatan kamroq uchraydi: monk (rohib) – nun (rohiba), king – queen, husband – wife kabi.
Genderli antroponimlarning vujudga kelishi quyidagicha izohlanadi:
1) Insonlar orasidagi muloqot jarayoni natijasida hosil bo’lgan antroponimlar: Tom, Jack - har kim, hamma shaxs, birinchi uchragan har qanday begona inson;
2) Ijtimoiy hayotning har xil sohasida mashhur kishilarning tarixiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan antroponimlar: :[1:150-159] “Iron lady” – Buyuk Britaniyaning 1979-1990-yillarda faoliyat yuritgan bosh vaziri Margaret Tetcherning muvaffaqiyatli faoliyati uchun xalq tomonidan berilgan nom. “the man of blood and iron” – po’lat kansler – Germaniya bosh vaziri Bismarkning laqabi.
Maqolamiz uchun amaliy manba sifatida A.V.Kuninning “Англорусский фразеологический словарь” (1984) hamda Oxford Сoncise Dictionary
of Proverbs (2003) lug’atlaridagi gender ko’rsatkichli ifoda va mazmun planiga ega bo’lgan ba’zi frazeologik birliklar tanlab olindi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |