Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologizmlarning konseptual gender tahlili


Erkak va ayollarning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy faoliyatini ifodalovchi konseptual qatlam



Download 102,5 Kb.
bet3/6
Sana28.06.2022
Hajmi102,5 Kb.
#714807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola. Elshodbek Muxammadjonov

Erkak va ayollarning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy faoliyatini ifodalovchi konseptual qatlam
Erkaklarning ijtimoiy faoliyatini tasvirlovchi frazeologik birliklar ularning jamiyatda muhim o’ringa ega ekanligini ko’rsatib, juda qiziq ma’lumotlar olish imkonini berdi. brother in arms – “jangovar do’st”; gentleman at large – “zodagon”, “oliynasab”. O’zbek tilida esa quyidagi namunalarni keltirish mumkin: “qalin do’st”, “qiyomatli do’st”; “oqsuyak”.
Erkaklar mard va jasur inson sifatida quyidagi frazeologizmlarda o’z ifodasini topgan: a knight in shining armour –“oliyjanob ritsar, “oliyhimmat inson” (qadimgi Yevropa tarixida ritsarlarni oliyjanob inson sifatida ulug’langan); a man’s man – “har qanday ishni eplaydigan uddaburon shaxs”.
O’zbek tilida “hotamtoy boy”; “tegirmondan tirik chiqadigan odam”.
Rahbar shaxs sifatida: old man – “xo’jayin, boshliq”; man on horseback – “hukmdor”; strong man – “yakka hokim, o’z amrini o’tkazuvchi”.
Jamiyatda muhim o’rin tutadigan biror kasb egasi sifatida: gentleman of the long robe – “huquqshunos, yurist”; a butter and egg man – “teatr sahnalarini mablag’ bilan ta’minlovchi ishbilarmon odam”.
Shuningdek, erkaklar shug’ullangan turli kasblar va ularning kasbga bog’liq xarakterlaridagi turli-tumanlikni ifodalash uchun har xil paremiyalar ham qo’llanilgan. Masalan; а bad workman finds fault with his tools – yomon hunarmand qurolidan ayb topar; what is a workman without his tools? –qurolsiz usta usta emas; the workman is known by his work – ustani qilgan ishidan bil; o’zbek tilida esa “qo’li gul usta”,bo’zchi belbog’ga yolchimas” kabilarni aytish mumkin.
Jamiyatning demokratlashtirilishi, ayollar huquqlari uchun kurashish harakatining vujudga kelishi natijasida tildagi mavjud frazeologik birliklar ham o’zgarib, ayollarni erkaklar bilan bir xil mavqeda tasvirlovchi frazeologik birliklar ham paydo bo’la boshladi: a man of letters – yozuvchi, adib / a woman of letters yozuvchi ayol, adiba; а man Friday – sodiq, vafodor xizmatkor / a girl Friday – yordamchi, “o’ng qo’l” ishonchli kotiba; a man of the world – donishmand erkak / a woman of the world – dono ayol; O’zbek tilida esa bu muammo osongina erkaklar kasbini ifodalovchi so’zlar oxiriga –a suffiksini qo’shish orqali hal qilingan: kotib – kotiba; shoir – shoira va h.k.
O’zbek tili frazeologizmida esa erkaklarning ijtimoiy faoliyati asosan ularning kasbini anglatuvchi iboralarda tasvirlangan. Bu kabi faoliyatlarni ifodalovchi maqollarda erkaklar bog’bon, cho’pn, qassob, dehqon kabi so’zlar orqali ifodalanganlar: Bog’bon bog’ini tuzar, dehqon dalasini suzar; Kosib tikkanini maqtar; Qassobga oq qo’y ham, qora qo’y ham bir.
Yuqorida aytib o’tilgan konseptual qatlamlarning tarkibidagi “ijtimoiy maqom” tushunchasi erkak va ayollarning oilaviy ahvolini bildiradi, unda turmush qurgan va qurmagan ayol, uylangan va uylanmagan erkak, shuningdek, qarindoshlik munosabatlarini aks ettiruvchi frazeologik birliklar tahlil etiladi.
O’zbek tilida oila qurishning afzalligi, muhimligini tasvirlovchi maqollar asosan “xotin” leksemasi orqali ifodalangan: Xotinsizlik – mehnat, Xotin uyning chirog’i, Er-xotin – qo’sh ho’kiz, Uylangan – o’g’il-qiziga quvongan.
Keltirilgan misollarga teskari ravishda turmush qurishga yaxshi baho berilmagan frazeologik birliklarni har ikki tilda ham kuzatish mumkin. Masalan: Umringdan uch kun qolsa eshak ol, bir kun qolsa xotin ol, If you would be for a week take a wife, If you would be for a month kill a pig, Honest man merry soon but wise мan never, (Aqlli odam hech qachon uylanmaydi), Merry in haste and repent at leisure (shoshilib uylangan tez afsuslanadi, ya’ni shoshilgan qiz erga yolchimas). Ushbu maqollarni quyidagi birgina misol orqali izohlash mumkin:

Download 102,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish