The man is as old as he feels, the woman as she looks – erkak kishining yoshi o’zini qanday his etishiga qarab, ayol kishining yoshi esa ko’rinishiga qarab. O’zbek tilida bunday frazemalarga misol qilib, “qirqqa kirib qirchilladi”, “o’ttizga kirmay o’tin bo’ldi” kabilarni misol keltirish mumkin. Olib borgan tahlillarimiz mobaynida ingliz tilida genderlik aspekti frazeologizmlarning asosan mazmun planida yorqin ifodalanishi aniqlandi. Shuningdek, gender stereotipining aks etishini tarkibida ayol yoki erkaklik tushunchasiga aloqador bo’lgan so’z qatnashmagan metaforali frazemalarda ham uchratish mumkin. Masalan: there’s many a good tune played on an old fiddle – eski skripkada ko’plab yaxshi kuylarni chalish mumkin. (ishq muhabbati jo’sh urib turgan qariroq ayol haqida).
Oziq-ovqat mahsulotlarini anglatuvchi leksemalar ham gender metaforalar hosil bo’lishida sermahsul hisoblanadi: bir qoshiq suv bilan yutgudek – juda go’zal, jozibali, nozik ko’rinishli, nazokatli ayol; hard-boiled egg – hissiz, qalbsiz erkak.[6:21]
Umumiy qilib tasniflanganda, ingliz va o’zbek tillaridagi gender tarkibli frazeologik birliklarni qanday tuzilganligi, qanday leksik birliklardan tashkil topganligiga qarab leksik-grammatik jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) so’z yoki so’z birikmasidan tashkil topgan frazeologik birliklar; erkakshoda, high kicker – yengiltak qiz, Xo’ja Ahrorning moli – hech kim erisha olmaydigan narsalar, a man of family – oilaparvar inson.
2) faqat gapning murakkab kesimi sifatida qo’llaniladigan frazeologik birliklar; O’tgan oyda o’g’limning boshini ikkita qildik. By solving this problem, we killed two birds with one stone.
3) gap yoki bir necha gaplardan tashkil topgan frazeologik birliklar: Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham xotin, A fair wife without fortune is a fine house without furniture. Er xotinning urushi – doka ro’molning qurishi.
4) o’xshatish-qiyoslash qo’shimchasi orqali yasalgan frazeologik birliklar: as handsome as paint, bir tomchi suv bilan yutib yuborgudek.
5) o’zaro zid ma’noli so’zlar qatnashgan frazeologik birliklar. Bitter to endure may be sweet to remember.
O’z navbatida ingliz va o’zbek tilidagi gender bo’yoqli frazeologik birliklarni semantik jihatdan konseptual qatlamlar bo’yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) erkak va ayollarning ijtimoiy xususiyatlarini (ijtimoiy maqomi, ijtimoiy faoliyati) ifodalovchi konseptual qatlam;
2) ayol va erkakning psixologik xususiyatlarini (fe’l-atvori, xulqi) ifodalovchi konseptual qatlamlar;
3) ayol va erkakning fiziologik xususiyatini (tashqi ko’rinishi) ifodalovchi konseptual qatlamlar. Bunda har bir konseptual qatlamlar muayyan nutq sathida va ma’lum bir jarayonda qo’llanilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |