Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


Tadqiqotning sinovdan o‘tishi va joriylanishi



Download 0,66 Mb.
bet6/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

Tadqiqotning sinovdan o‘tishi va joriylanishi. Ushbu dissertatsiya ishi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishidagi bakalavrlarga “O‘zbek tili”, “O‘zbek tili stilistikasi”, “O‘zbek dialektologiyasi”, “Badiiy matnning lisoniy tahlili”, “Semasiologiya” fanlarini, magistrlarga esa “O‘zbek tilining nazariy grammatikasi” fanlarini o‘tish jarayonida foydalanish mumkin.
Dissertatsiya natijallarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni Respublika ilmiy jurnallari, respublika va viloyat miqyosidagi ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallarida chop etilgan 4 ta maqolada o‘z aksini topgan.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, hajmi ---- betni tashkil etadi. Ilova sifatida doston tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklar namunalari keltirilgan.
I BOB. XALQ DOSTONLARI TILINING FRAZEOLOGIK XUSUSIYATLARI
1.1. O‘zbek frazeologiyasining o‘rganilish xususida
O‘zbek xalq og‘zaki ijodini uning salohiyatli baxshilaridan hisoblanmish Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Muhammadqul Jomurod o‘g‘li Po‘lkan, Islom shoir Nazar o‘g‘illarisiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Ularning buyuk xizmatlari shundaki, asrlar davomida yaratilgan o‘zbek xalqining boy epik merosini bizga yetkazib berdilar. O‘zbek xalq baxshilaridan –Ergash shoir va Fozil shoir o‘z ijodiy reperturasining soni va salmog‘i, badiiy pishiqligi, uslubining orginalligi bilan boshqalardan farqlanib turadilar.
Xalq baxshilari doston voqealarini nihoyatda qiziqarli, hayajonli qilib tasvirlash uchun til elementlaridan uning badiiy tili bezagi uchun unumli foydalanganlar.
Odatda yuksak g‘oya folklor asarlarida ham yuksak badiiylik orqali voqe bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodining ulug‘vorligi ham mana shu yuksak badiiylikdadir. Bu esa go‘zal, shirali, jozibador badiiy til orqali ifodalanadi.
O‘zbek xalq dostonlarida uchraydigan frazeologik birliklar o‘z semantik-stilistik tabiatiga ko‘ra rang-barang bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Biz mazkur ishda ularning ayrim leksik-semantik, tematik va uslubiy xususiyatlarini tavsiflashga hamda o‘zbek xalq dostonlari tili uchun uslubiy xoslangan hamda badiiy tilida o‘ziga xos vazifani bajaruvchi frazeologik birliklar haqida fikr yuritamiz.
Ma’lumki, har qanday fraza tilimizda tayyor holda uchrashi bilan boshqa til birliklaridan bir qator o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Demak, so‘zlargaxos xususiyatlar frazalarga, shuningdek, barcha tipdagi frazeologik birliklar tabiatiga ham xosdir. Shuning uchun ham ular ham til, ham nutq hodisasi hisoblanadi. Mana shu kabi xususiyatlarni o‘rganish ham o‘zbek fraziologiyasida o‘z tarixiga ega. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zbek fraziologiyasini o‘rganilishida Shavkat Rahmatullayev, Iristoy Qo‘chqortoyev, Xudoyberdi Doniyorov, Anvar Shomaqsudov, Ergash Umarov, Abdumamatov, Bekmurod Yo‘ldoshev kabi bir qator olimlarimizning tadqiqotlari o‘zgacha ahamiyat kasb etadi.
Frazeologiya tilshunosligimizning mustaqil sohasi bo‘lib, so‘ngi yillarda ushbu soha bo‘yicha ko‘pgina ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, ancha yaxshi natijalarga erishildi. Mazkur tadqiqotlar, asosan, o‘zbek tilida frazeologik birliklarning tarkibiy, semantik, grammatik va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan ishlardir O‘zbek tilshunosligida frazeologizmlarning o‘rganilishi X1X asr oxiri XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrlarda frazeologik birliklar avvalo, leksikografik obyekt sifatida o‘rganilgan edi. Unda asosiy e’tibor frazeologik birliklarning ma’nosini tushuntirish va ularning etimologiyasini aniqlash va izohlashdangina iborat edi. Fikrimizning isboti uchun A.Starchevskiyning 1878-yilda nashr etilgan 13 ming o‘zbekcha so‘z va iboralardan tashkil topgan “Sputnik russkogo cheloveka v Sredney Azia”, shuningdek, 1880-yilda chop etilgan Sh.Ishayevning “Kratkiy russkogo –sartovskiy i sartovskiy-russkiy slovar” kabi lug‘atlarini ko‘rsatish mumkin.
O‘zbek frazeologiyasi tarixida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan ishlardan yana biri Z.A.Alekseyevning 1884-yilda chop etilgan “Frazina sartovskom yazike” lug‘atidir. Unda fraziologik birliklar tematik guruhlarga ajratib o‘rganilgan va shuningdek ularning qo‘llanish doirasi, semantik tabiatini ochishga asosiy e’tibor qaratilgan.
Tom ma’noda o‘zbek frazeologiyasining jonkuyarlaridan biri, taniqli turkolog D.Polivanovning 1926-yil chop etilgan, o‘zida 4,5ming so‘z va iboralarni qamrab olgan “Russko-o‘zbekiskiy slovar”ini misol qilib ko‘rsatsatish mumkin. Bu lug‘at asosan so‘zlashuv nutqiga oid frazeologik birliklarga oid bo‘lib, u avvalgilaridan son va sifat jihatdan farq qiladi.
O‘zbek frazeologiyasida alohida o‘rin tutadigan K.Yudaxinning 1927-yilda chop etilgan “Usbeksko-russkiy slovar”i 9 mingdan ortiq so‘z va iboralarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor adabiy til normasiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.
O‘zbek frazeologiyasining nazariy asoslari keyinchalik o‘rganila boshlandi. So‘ngi yillarda o‘zbek frazeologiyasi masalalariga bag‘ishlangan qator monografiyalar, dissertatsiyalar, yuzlab ilmiy maqolalar yozildiki, ularda frazeologizmlarning turli tomonlari o‘rganila boshlandi. Natijada, frazeologik birliklarning grammatik xususiyatlari, ularning semantik tabiati, so‘z va ularning qo‘llanilish tartibi, frazeologik iboralarning variantliligi; turli strukturali (darajali) frazeologik birliklar tasnifi; o‘zbek frazalari (iboralari)ning o‘zga xorijiy tillarga o‘girilishi, frazeologik birliklarda omonimiya, sinonimiya, antonimiya, polisemiyaning mavjudligi masalasi kabi qator jihatlari yaxshi o‘rganildi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan o‘zbek frazeologiyasining ba’zi bir tomonlari yetarlicha o‘rganilgan emas. Bunga frazeologik birliklarning predmeti va obyekti, frazeologizmlarning mezoni va qo‘llanish chegaralari, frazeologiyaning so‘zga bo‘lgan munosabati, uning doimo ko‘chma ma’no kasb etishi, ekspressivligi, emotsionalligi va obrazliligi ularni qiyosiy-chog‘ishtirish va tarkibidagi o‘zga tillarga xos frazalarning ilmiy jihatdan tadqiq etish kiradi. Shuningdek, o‘zbek tili frazeologik fondining boyishida, kengayishda yozuvchi, shoirlarimizning frazeologik novatorligi, ayniqsa keng jabha hisoblangan folklor asarlari-doston, ertaklar tilidagi rang-barang frazeologik iboralarni tadqiqot obyekti sifatida o‘rganish o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda.
O‘zbek frazeologiyasining nazariy hamda amaliy masalalari uning bir qator yirik ishlari bilan uzviy bog‘liq. Xususan, Sh.Rahmatullayevning 1966-yilda chop etilgan “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasida frazeologik birliklarning polisemiya, variatsiya, antonimiya, omonimiya kabi shakllari xususida fikr yuritilgan. Ushbu olimning “Nutqimiz ko‘rki” (1970) asarida esa frazeologik iboralarning so‘z, erkin so‘z birikmasi, ular o‘rtasidagi sintaktik aloqalar masalasi doirasidagi fikr-mulohazalari o‘z nazariy tavsifini topgan. Aniqroq qilib aytganda, Sh.Rahmatullayevning mazkur monografiyasida frazeologik birliklarning analitik shakllariga munosabati yoritiladi va ularning aforizmlari va maqol tarzidagi frazeologizmlardan farq qiluvchi me’yor va mezonlari haqida asosli ma’lumotlar beriladi.
O‘zbek tilshunosligida badiiy asarlar tilidagi frazeologik birliklar bo‘yicha bir qancha ilmiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ayniqsa, “Abdulla Qahhorning frazeologik novatorligi” (I.Qo‘chqortoyev, 1965), “Hamid Olimjon asarlari tilida frazeologizmlar” (Ya.Pinxasov, 1953), “Oydin prozasida frazeologizmlar” (M.Husainov), “Abdulla Qodiriy asarlarida frazeologimzlar” (X.Qahhorova, 1985) mavzularida alohida ilmiy tadqiqotlar yaratildi. Shuningdek, 1970-yillarda o‘zbek frazeologimlarning leksik-semantik, tematik guruhlarga ajratib o‘rganish bo‘yicha A.Isayevning “O‘zbek tilida somatik (ko‘z) frazeologizmlar” (1976) nomli asari ham diaxronik, ham sinxronik planda amalga oshirildi.
O‘zbek frazeologiyasida semantik-stilistik planda amalga oshirilgan ishlardan biri Abdug‘ofir Mamamatovning “O‘zbek tilida emotsional baholovchi frazeologizmlarning semantik-stilistik xususiyatlari” (1988) nomli ilmiy tadqiqot ishidir. So‘ngi yillarda Abdumurod Mamatov, Suyun Karimov, Bekmurod Yo‘ldoshev va Ergash Umarovlar tomonidan o‘zbek frazeologiyasi bo‘yicha muhim tadqiqotlari amalga oshirildi. Ular iborashunoslik sohasida erishilgan katta yutuqlardir. Mazkur tadqiqotlarda frazeologik norma, novatorlik, frazeologizmlarning funksional-uslubiy xususiyatlari atroflicha lingvistik faktlarga asoslangan holda ovrganilgan va ular xususida umumlashma ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.
Xo‘sh frazeologik birliklar tabiati borasida so‘z ketganda dunyo iborashunosligida farzeologik birliklarning asosiy belgi xususiyatlari quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
1. Frazeologik butunlik (birlik).
2. Frazeologik birlikning ko‘chma ma’noga ega bo‘lishi.
3. Obrazlilik.
O‘zbek xalq dostonlari tilida uchraydigan frazeologik birliklar tabiati o‘zbek adabiy tilida uchrovchi frazeologik birliklar bilan bir xilmi yoki ular o‘ziga xos xususiyatlarga egami? Bu haqidagi ilk fikrlar o‘zbek lingvofolkloristikasining vakili Salohiddin Tursunovning “Alpomish” dostoni leksik xususiyatlari” mavzusidagi (1990) nomzodlik dissertatsiyasida o‘z aksini topgan. Bizning ushbu ishni yozishimizdan maqsad bir qancha o‘zbek xalq dostonlari tilida, yohud bir baxshi kuylagan bir necha dostonda uchraydigan xoslangan frazeologik birliklar tabiati va funksiyasini ilmiy jihatdan tahlil qilish. Bu haqida yana shuni ta’kidlash lozimki, o‘zbek xalq dostonlari tilida uchraydigan frazeologik birliklarni avvalo, ikki katta turga ajratib o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Birinchisi “folklor frazeologimzlar” bovlib, ular “folklor asarlari tiligagina xoslangan frazeologik birliklar”dir. Shunday ekan “folklor frazeologimzlari” deganda biz har bir folklor asarida uchraydigan turg‘un iboralarni tushunamiz. “Folklor asarlariga xos frazeologik birliklar” – deganda esa asriy an’anamizga ko‘ra o‘zbek folklorining u yoki bu janriga xos frazeologik birliklarni aniqlashimiz lozim. Bizningcha, folklor asarlari, ya’ni o‘zbek xalq dostonlari tilidagi frazeologik birliklarni o‘zaro farqlashda ana shu mezon bosh o‘lchov birligi sifatida xizmat qiladi. Bunday differensiya o‘z navbatida so‘zga chechan o‘zbek xalq baxshilarining badihago‘ylik mahoratini qisman bo‘lsa-da, novatorligini baholashga yordam berishi tabiiy.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish