Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi


Kuntug‘mish dostoni tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklarning tuzilishiga ko‘ra tasnifi



Download 0,66 Mb.
bet11/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

2.3. Kuntug‘mish dostoni tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklarning tuzilishiga ko‘ra tasnifi.
Tilshunoslikda paremiologik birliklar tuzilishiga (strukturasiga) ko‘ra ikki turga bo‘lib o‘rganilganilgan: sodda paremalar va murakkab paremalar1.
Sodda paremalar. Bunday premiologik birliklar tarkiban bir komponentdan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday “komponent” deganda qo‘shma gap tarkibidagi nisbiy sodda gaplar nazarda tutiladi va “komponent” atamasi bilan yuritiladi. Shuningdek, har bir komponentni tashkil etgan qismlar (gap bo‘laklari)ga nisbatan, shartli ravishda “element” atamasi qo‘llanadi2. Shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo‘lsak, bir komponentdan tuzilgan paremiologik birliklarning o‘zi ham necha elementdan tuzilganligiga qarab bir necha turlarga bo‘linadi: ikki elementli, uch elementli, to‘rt elementli, besh elementli. Besh va undan ortiq elementlardan tuzilgan sodda paremalar nutqda juda kamdan-kam uchraydi.
Shuni inobatga oladigan bo‘lsak paremiologik birliklar kamida ikki elementdan iborat bo‘ladi (ya’ni ikki gap bo‘lagidan ega va kesimdan) va fikr ifodalaydi. Albatta, bu fikrni ifodalaydigan gaplarning bosh bo‘laklari bo‘lsa-da, lekin ular ifodalanmasligi mumkin (ya’ni yashirin holda bo‘ladi). Lekin shunga qaramasdan, ya’ni bosh bo‘laklarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga qaramay paremiologik birlik albatta, ikki qismdan (elementdan) iborat bo‘lishi shart. Ular ohang jihatdan albatta, ikki intonatsion markazga ega bo‘lishi shart. Masalan: “Ahmoqniki-og‘izda” paremiologik birlikda ega ham, kesim ham ifodalangan, shunga qaramasdan, har bir paremada ikki element (gap bo‘lagi) bo‘ladi va ular ikki intonatsion markazga ega bo‘ladi. Bu markazlar nutqda ohang bilan ajralib turadi. Masalan yuqoridagi maqolni to‘liq shakllantiradigan bo‘lsak, quyidagi gap shakli hosil bo‘ladi: Ahmoq odamning aqli og‘zida bo‘ladi. Demak ushbu to‘liq gapning shakllanishida intonatsiya muhim o‘rin tutib, u tushirilgan bo‘laklar o‘rnini to‘ldirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari PBlarda ega yoki kesim sostavi ifodalanmagan taqdirda ham, intonatsion jihatdan ikki qismga ajralish hodisasi ro‘y beradi: “Objuvoz-navbati bilan”, “taom-tuzi bilan, tuz-o‘lchovi bilan (yaxshi)” kabilar. Bu o‘rinda intonatsiya muhim o‘rin tutib, parema tarkibidagi “navbati bilan” (keladi), “tuz bilan”, “o‘lchov bilan” aniqlovchi va to‘ldiruvchi bo‘laklari kesimlilik intonatsiyasi bilan talaffuz etilishi tugallangan fikrni hosil qilmoqda. Shu holatning aksi ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni paremada ega sostavi qo‘llanmagan taqdirda ham yuqoridagidek intonatsiyada ikki qismga ajralish sodir bo‘ladi. Masalan: “Do‘st izlama, do‘stingning do‘stini izla”, “ish yoqmasa osh berma”, “oltin izlama, hunar izla”, “bo‘lmaganga bo‘lishma, suymaganga suykalma” va boshqalar.
Yuqorida ta’kidlanganidekб paremiologik birliklar eng kami ikki mantiqiy markazdan tashkil topgan bo‘ladi. Paremaning asosiy mazmunini ifodalovchi so‘zlar bosh bo‘lak vazifasida kelishi ham kelmasligi ham mumkin. Misollarga e’tibor qaratsak “do‘st-jon og‘izi”, “yotgan-yovga yoqar”, “oltin zanglamas”, “adashgan aqldan ozar”, “baraka-birlikda”, “baxil baxtiyor bo‘lmas” va boshqalar. Yuqoridagi paremalar ikki sostavdan-ega va kesimdan tashkil topgan bo‘ladi. Ikki mantiqiy markazni tashkil qilgan paremiologik birliklar bir bosh bo‘lakdan, ya’ni faqat kesim sostavidan tashkil topishi ham mumkin, ammo ularda ham ikki mantiqiy markaz borligi sezilib turadi. “Otingni qamchilab qol”, “tegirmondan butun chiqar”, “to‘yda to‘ningni qistama”, “to‘g‘riga balo yo‘q”, “tanimasni siylamas”. Paremalarning yana shunday bir turi mavjudki, ularda na ega sostavi, na kesim sostavi ifodalangan bo‘ladi. Shunga qaramasdan ham ikki mantiqiy markaz mavjudligi sezilib turadi. Masalan, “axmoqqa/ to‘qmoq”, “donoga/ ishorat”, “cho‘pga/ libos”, “eshimchaga/ qo‘shimcha”. Bularda ikki markazning shakllanishida intonatsiya muhim rol o‘ynaydi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek sodda paremiologik birliklarning o‘zi va tarkibi necha elementdan tashkil topganligiga ko‘ra bir elementli sodda paremalardan olti-yetti elementli sodda paremalarga bo‘linadi. Bularni shu bobning keyingi fasllarida “Kuntug‘mish” dostonidan olingan misollar orqali tahlilga tortamiz.
Murakkab paremalar. Paremiologik birliklarning bu turi ikki yoki undan ortiq komponentlardan (fikr ifodalovchi birliklar) tashkil topgan bo‘ladi. O‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan paremiologik birliklarning asosiy qismi ikkitadan to‘rt komponentgacha bo‘ladi. Besh va undan ortiq komponentlardan tuzilgan paremalar tilda juda kam uchraydi. Shunisi xarakterliki, murakkab paremiologik birliklarning har bir komponenti tuzilishi va semantik tomoniga ko‘ra sodda gaplarga o‘xshaydi. Shuningdek, u qo‘shma va murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar xarakteriga ham o‘xshab ketadi. Shuningdek murakkab paremiologik birliklar tarkibidagi komponentlarning har biri ham bir necha elementlar ishtirokida tuziladi. Lekin elementlarning soni ko‘proq ikki, uch, to‘rttadan iborat bo‘ladi. Beshta va undan ortiq elementlardan tashkil topgani juda kam uchraydi. Murakkab paremiologik birliklar necha komponentdan tuzilishiga ko‘ra ham olti turga ega bo‘ladi. Bularni biz keyingi fasllarda “Kuntug‘mish” dostoni tili misolida tahlil qilamiz.
Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan sodda paremiologik birliklar.
Doston tilining tahlilidan unda qo‘llanilgan paremiologik birliklar sodda va murakkabga bo‘linishini tasdiqlaydi. Yuqoridagi faslda ta’kidlaganimizdek, bir komponentdan tashkil topgan paremalar sodda paremiologik birliklar deb yuritiladi. Doston tilida qo‘lanilgan sodda paremiologik birliklarni tarkibida mavjud bo‘lgan elementlarning (bo‘laklarning) miqdoriga qarab quyidagi turlarga ajratdik:
1) uch elementli paremiologik birliklar: omonatga qilmaysan xiyonat 92.
2) to‘rt elementli paremiologik birliklar: Qochgan yovda qoruv yo‘q 93; G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob 94; Xon g‘azabi-xudo g‘azabi 95; O‘lganning nesin qilasizlar tomosha (O‘lganning ustiga tepmoq) 96; Tushni ko‘rsang yaxshilikka yo‘ragin 97.
3) besh elementli paremiologik birliklar: Bulbul oshno bo‘lar bog‘ning guliga 98; Do‘st – dushmanga bu so‘z shoyon bo‘lmasin 99; musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar100.
“Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan sodda paremiologik birliklarning olti va undan ortiq elementlilari uchramadi.
Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan murakkab paremiologik birliklar. Doston tilida qo‘llanilgan murakkab paremiologik birliklar ikki, uch va to‘rt komponentdan iboratliligi kuzatildi. Dostonda besh, olti va undan ortiq komponentdan iborat paremalar uchramadi. Doston tilida qo‘llanilgan murakkab PBlarni komponentlar miqdoriga qarab quyidagilarga bo‘lish mumkin:
1) ikki komopnentdan tuzilgan paremiologik birliklar: Gavharni ne bilsin ushlagan sopol, Zarning qadrin zargar bilar har yerda 101; Befarzandning ko‘rgan kuni zoyama, Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama? 102; Mard o‘g‘longa davlat ikki kelmasdi, Mard o‘lmay haqini dushman yemasdi103; Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir104; Omonat, sanamjon, odamning joni, Qilichdan seskanmas botirning tani 105; Dono edim, soman bo‘ldim, Oltin edim, cho‘yan 106; O‘limdan qo‘rqmoqlik nomardning ishi, O‘laman, deb mard qaytarmas tilini 107; Yaxshilarning yuzin ko‘rsang-jannatdir, Yomon odam yuzin ko‘rsang-minnatdir 108; Davlat ham egiz, Mehnat ham egiz ; Qaytgan xotin, To‘ygan to‘qol 109; Dono edim, samon bo‘ldim, Oltin edim, cho‘yan bo‘ldim 110; Dushman bilan bo‘lma biror dam yo‘lodosh, Uyquda qop, sirim bo‘ldi elga fosh 111; Barchani yaratgan xoliq, Luqmaning haloli baliq 112; Savdogar yuk ortar moyami, normi, Shakaman o‘q tortar sadog‘i parmi113.
2) uch komponentdan tuzilgan paremiologik birliklar: Chorvador mol solmas, chiyir yo‘l bo‘lmas, So‘nasiz, so‘qirsiz oydin ko‘l bo‘lmas114; Dushman bilan bo‘lma biror dam yo‘ldosh, Uyquda qop, sirim bo‘ldi elga fosh, Maydonga mard izlab tanho kirmadim 115; Yaxshilarning yuzin ko‘rsang-jannatdir, Yomon odam qilgan ishi-minnatdir, Ot so‘ramoq, zot so‘ramoq sunnatdir 116; Po‘lat nayza qor ostida yotarmi, Temir nayzang egovlasang o‘tarmi, Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi117:
3) to‘rt va undan ortiq komponentlardan tuzilgan paremiologik birliklar: Savdo tushar mard o‘g‘lonning boshiga, Do‘sti dushman kelar mardning qoshiga, Gohi tush shaytoniy, gohi rahmoniy, Gap chiqar spoyi bo‘lgan kishiga 118; Yaxshi yetsin murodga, Yomon qolsin uyatga, Yomon faqir ne qipti, U ham yetsin murodga 119; Aytmasang, kim biladi, ochmasang, kim ko‘radi 120; Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo yo‘q121; O‘zingdan pastlarman har yo‘lga ketma, Bolam, aytgan nasihatim unutma, Oldingdan kim o‘tsa, salomsiz o‘tma, Bir g‘aribni ko‘rsang zinhor og‘irtma122; Savdo tushar mard o‘g‘lonning boshiga, Do‘sti-dushman kelar mardning qoshiga, Gohi tush shaytoniy, gohi rahmoniy, Chap chiqar sipoyi bo‘lgan kishiga 123; Dono edim, somon bo‘ldim, Oltin edim, cho‘yan bo‘ldim 124 va boshqalar.
Paremiologik birliklarning semantik tomondan tasnifi. Paremiologik birliklarni semantik tomondan tasnif qilishda birinchi navbatda ularning ma’nosi e’tiborga olinadi. Ma’nolarining qanday ifodalanishi, ya’ni ko‘chma ma’nodami yoki o‘z ma’nosidami? Degan narsa e’tiborga olinadi va shu mezon orqali guruhlanadi. Doston tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklar yuqoridagi mezon orqali guruhlandi va quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganish to‘g‘riligi inobatga olindi:
A) Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan paremiologik birliklar. Ushbu guruhga mansub paremiologik birliklar doston tilida pand-nasihat, o‘git, yaxshilik va yomonlik to‘g‘rilik va egrilik kabi hodisalarga qaratilgan. Bunday paremiologik birliklarga dostonda qo‘llanilgan quyidagi birliklarni kiritish mumkin: Dono edim, somon bo‘ldim, Oltin edim, cho‘yan bo‘ldim 125; Haq saqlasa-balo yo‘q, haq qarg‘asa-davo yo‘q126; Bulbul oshno bo‘lar bog‘ning guliga 127; O‘lganning nesin qilasizlar tomosha 128; Xon g‘azabi –xudo g‘azabi 129; Beklarim, qilmanglar bag‘rimni kabob 130. Bunday paremiologik birliklar anglatadigan ma’no yashirin holatda ko‘chma fikrni ifodalaydi. Masalan: O‘lganning nesin qilasizlar tomosha. Dono edim, somon bo‘ldim, Oltin edim cho‘yan bo‘ldim. Oldingi iboraga e’tibor qaratsak. Ushbu paremiologik birliklar ma’nosini ifodalaydigan qator hikmatli iboralar mavjud. Jumladan: “O‘lganning ustiga - tepgan”, “O‘ldirgani-bir sari, tepgani-bir sari”, “O‘lganning ustiga - ko‘mgan”, “O‘ldirganning ustiga o‘n tayoq”, “O‘lgandan xo‘rlangan yomon” kabi.
Ushbu paremiologik birliklarning ma’nosi shundan iborat: Odamlar hayotida ba’zan shunday hollar bo‘ladiki, kishi o‘ta qiynalib, charchab, ahvoli tang va mushkul holatga tushib turgan bir vaqtda o‘zga bir kishi kelib, so‘zlari, harokati va qiliqlari bilan uni yanada qiyinroq bir holatga solib qo‘yadi, ya’ni unga hamdard bo‘lish, ovutish, ko‘ngliga qarash, yordam berish o‘rniga uning diliga ozor beradi, so‘kadi, haqoratlaydi, og‘rigan dilga yana ham battar ozor beradi. Ushbu maqol insonning shunday va shunga o‘xshash holatlarida qo‘llanadi. Masalan, Kuntug‘mish o‘g‘li Mohiboyni osayotgan paytda “... chopib dorning ostiga kelsa, tomashabin zich-to‘p bo‘lib turibdi, yo‘l bermaydi. Shunda to‘ra zor yig‘lab, tomoshabinlarga qarab, qoch, deb bir so‘z dedi:
Bolam kepti necha tog‘lardan osha,
Ikki zulfi gardaniga yarasha,
Po‘sht-a, po‘sht, tomoshabin jonlarim,
O‘lganning nesin qilasizlar tomosha.
Qo‘ldan ketib davr ilan davronlarim,
Vayron bo‘lib kushik ilan ayvonlarim,
O‘lganning nesin qilasizlar tomosha,
Yo‘l beringlar, tomoshabin jonlarim.
Bolamning oldida men dod aylayin,
O‘z holima necha faryod aylayin,
O‘lganning nesin qilasizlar tomosha,
Qochinglar bolamni ozod aylayin ”.131
B) ham o‘z ma’nosida, ko‘chma ma’noda ham qo‘llanilgan paremiologik birliklar. Doston tilida shunday paremiologik birliklar mavjudki, ular matnda o‘z ma’nosida qo‘llanganda oddiy gaplardek erkin birikmalar hisoblanadi. Agar ular ko‘chma ma’noda qo‘llanilsa, ular umuman gap bo‘laklariga ajratilmaydi, matnda to‘liq holda yoziladi. Aynan shu xarakterdagi paremiologik birliklar doston tilida ham mavjud: Gavharni ne bilsin ushlagan sopol, Zarning qadrin zargar bilar har yerda 132; Befarzandning ko‘rgan kuni zoyami, Yo‘qchilik jo‘mardning kuzin o‘yama? 133; Po‘lat nayza qor ostida yetarmi, Temir nayzang egovlasang o‘tarmi, Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi 134; Davlat ham egiz, mehnat ham egiz; Qilichdan seskanmas botirning tani; Yaxshilarning yuzin ko‘rsang-jannatdir, Yomon odam qilgan ishi-minnatdir; Omonatga qilmagaysan xiyonat; G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob135.
Paremiologik birliklar o‘z ma’nosidami yoki ko‘chma ma’nodami kelishidan qat’iy nazar ularning ma’nosini izohlash kerak136. Chunki har bir parema qanday vaziyatda va qanday o‘rinda qo‘llanishiga qarab, umumiy ma’noga ega bo‘lsa ham, biror ma’nosi bilan farqlanadi. Shu sababli ham paremiologik birliklar tugallangan gap shaklida bo‘lganligi bois kengaytirilgan gaplar orqali izohlanadi. Ushbu usul mazkur ishda ham inobatga olindi.
“Gavharni ne bilsin ushlagan sopol, zarning qadrin zargar bilar har yerda” (170)137. Paremiologik lug‘atda “Zar qadrin-zargar bilar” shaklida berilgan. Shuningdek, ushbu maqolning turli variantlari ham mavjud: Er qadrini er bilar, Zar qadrini-zargar; Zar qadrini zargar bilar, Chilangar neni bilar? Gul qadrini bulbul bilar; Oltin qadrini-mahak; gavhar qadrini ko‘r bilmas va boshqalar.
Ushbu maqollar mazmunidan “Har bir narsaning qadr-qimmatini, og‘ir-yengilini, past-balandini, yaxshi-yomonligini o‘sha narsaga bevosita aloqador bo‘lgan odamlargina yaxshi biladilar, bevosita aloqador bo‘lmagan, bilmagan, ko‘rmagan, uning bilan ishi bog‘liq bo‘lmagan kiishilar uning qadrini ham, og‘ir-yengilini ham bilmaydilar, farqlamaydi va fahmlari ham yetmaydi, degan fikrlar singdirilgan”138.
V) faqat o‘z ma’nosida qo‘llanilgan paremiologik birliklar. Bu ko‘rinishdagi til birliklari yuqorida ham ta’kidlangandek, grammatik jihatdan erkin birliklardan ko‘p ham farqlanmaydi. Ayrimlarida ma’lum miqdor ko‘chma ma’no elementlari ham qisman sezilishi mumkin (yashirin ma’no). Biz tadqiq qilayotgan “Kuntug‘mish” dostoni tilida ham shu xarakterdagi til birliklari anchagina: Chorvador yo‘l solmas, chiyir yo‘l bo‘lmas, So‘nasiz, so‘qirsiz oydin ko‘l bo‘lmas 139; Baland-baland tog‘da adir bel bormi, so‘nasiz, so‘qirsiz oydin ko‘l bormi 140; Do‘st-dushmanga bu so‘z shoyon bo‘lmasin 141; Yaxshi yetsin murordga, Yomon qolsin uyatga 142; O‘zingdan pastlarman har yo‘lga ketma 143, Qochgan yovda-qoruv yo‘q 144; G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob 145; Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar 146; Aytmasang, kim biladi, ochmasang, kim ko‘radi147 ; Tushni ko‘rsang yaxshilikka yo‘ragin 148: Dushman bilan bo‘lma biror dam yo‘ldosh, Uyquda qop siring bo‘lar elga fosh 149; Savdo tushar mard o‘g‘lonning boshiga, Do‘sti-dushman kelar mardning qoshiga 150; Gohi tush shaytoniy, gohi rahmoniy, Chap chiqar sipoyi bo‘lgan kishiga 151; Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir 152.
Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar 153. Doston tilida qo‘llanilgan ushbu hikmatli iboraning xalq tilida ko‘pgina variantlari mavjud bo‘lib, biz uni avvalgi fasllarda ko‘rib chiqqan edik. Ushbu maqol doston matnida voqealar bilan bog‘liq holda o‘z to‘g‘ri ma’nosida qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Qoraxon podsho O‘g‘li Kuntug‘mitsh to‘ra Zangorga borib Xolbekaning vasliga yetishmasa tinchimasligini, so‘zi qat’iyligini bilib, “noiloj, nochor javob bermoqchi bo‘lib, lashkarlarini yig‘ib, har dastasidan bittadan, qirq yigit ayirib berdi. Qirq xachirga zar ortib, aytdi: - E Farzand burungilardan bir so‘z bor: “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga”, - degan ekan. Zarga kelsa, xachirdagi pulni ayama, zo‘rga kelsa, qirq yigitga buyursang, xudodan kelmagan ajal bo‘lmasa, bandadan kelgan ajaldan bir-ikki-uchga dovur ayirib olar. Bor, bolam, olloh yoring bo‘lsin, pirlar madadkoring bo‘lsin, sog‘ borgaysan, salomat kelgaysan, omin allohu akbar, - “deb oq fotiha berdi”154.
“Kuntug‘mish” dostoni tilida qo‘llanilgan paremiologik birliklar va ularning yuqorida qilingan tahlili ular haqida ba’zi xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. Chunki doston tilida uchragan asosiy paremiologik birliklar turli-tuman ko‘rinish va tarkiblarda adabiy til doirasida, o‘zbek xalq shevalarida, so‘zlashuv nutqida ham faol qo‘llanilib kelinmoqda. Faqat maqol va hikmatli so‘zlarning tarkibiy tuzilishlariga e’tibor qaratadigan til doirasida qo‘llanilgan paremiologik birliklarda ayrim o‘zgarishlar mavjudligini ko‘ramiz. Doston matnida shunday paremalar qo‘llanganki, ularda an’anaviy maqollarga nisbatan biror so‘zning tushib qolishi, so‘zlarning o‘rni o‘zgarib qo‘llanishi kabi hodisalarni ham uchratamiz. Buday holatni o‘z-o‘zidan paremalarning yangi variantlarining yaralishiga sabab bo‘lgan deb aytish mumkin. Buning asosi mavjud albatta. Chunki shoir voqealar tuzimini bayon qilar ekan, o‘z tilidan, qahramon tilidan gapiradi, shuningdek, ham nasrda, ham nazmda uni kuylar ekan, mazmunga, qofiya mos holda turli so‘zlar qo‘shishi, tushirishi tabiiy hol. Ayniqsa, nazmda. Shu yo‘sinda doston tilida paremiologik birliklarning turli variantlari hosil bo‘lgan. Buni yuqorida tahlilga tortilgan paremalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Chunki u paremiologik birliklarda asosiy mazmun saqlangan holda strukturasida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu o‘zgarishlar bir qancha yo‘llar bilan yuzaga kelgan:
1) so‘z qo‘shish natijasida hosil bo‘lgan paremiologik variantlar: musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga155. Xalq maqollari lug‘atlarida “zari borning zo‘ri bor”, “Zarlik zariga ishonar, Zarsiz-kuchiga” kabi variantlar ham mavjud. Yuqorida doston tilidan keltirilgan paremiologik birliklarda esa “musofirchilik”, “kuningga” so‘zlarini qo‘shish orqali ushbu paremalarning yangi varianti yaratilgan.
“Zarrin ro‘molingni boshga o‘ragin, tushni ko‘rsang, yaxshilikka yo‘ragin 156”. Xalq tilidagi “Tushi o‘ngning ishi o‘ng “157 maqolining yangi varianti.
O‘lganning nesin qilasizlar tomosha158. Ushbu maqolning xalq tilida qator variantlari mavjud: O‘lganning ustiga chiqib tepma; O‘lganning ustiga tepgan; O‘lganning ustiga o‘n tayoq kabi.
“Bulbul oshno bo‘lar bog‘ning guliga” 159. Bu paremaning ham turli variantlari bor, albatta. Bu o‘rinda esa baxshi xalq maqollarida aks etgan mazmunni saqlagan holda yangi paremiologik variant yaratmoqda. Uni quyidagi xalq maqollariga qiyos qiling: Bulbulning ishqi gulda; Bulbul gulzorda go‘zal; Bulbul-gulga oshiq; Bulbulning suygani qizil gul kabi.
2) grammatik ko‘rsatgichlar qo‘shish, almashtirish natijasida hosil bo‘lgan variantlar: Zarning qadrin zargar bilar har yerda 160. Ushbu maqolning xalq tilida “Zar qadrini zargar bilar” shakli mavjud. Baxshi esa misralar qofiyasidan kelib chiqqan holda –ning affiksini va “har yerda” so‘zini qo‘shish orqali yangi variant yaratmoqda. Xuddi shunday holat “Gavharni ne bilsin ushlagan sopol” paremasida ham sodir bo‘lmoqda. Qiyoslang: “Gavhar yerda yotmaydi”.
“Kamlikning kamoli bordir, sanamjon, Manmanning zavoli bordir, sanamjon” 161. Ushbu parema mazmunini ifodalovchi bir qancha variantlar tilimizda mavjud: Kamtarga kamol, manmanga zavol; Kamtarga zavol yo‘q; Kamlikning kamoli bor, Manmanning zavoli kabi.
3) doston tiliga xos o‘z shakliy ko‘rinishiga ega, lekin paremaga teng keladigan lisoniy birliklar. Doston tiliga xos bunday xarakterdagi lisoniy birliklar baxshi tomonidan yaratilgan yangi variantlar deb hisoblash o‘rinli bo‘ladi, bizningcha. Quyidagi paremiologik birliklarga e’tibor bering: Do‘st-dushmanga bu so‘z shoyon bo‘lmasin 162; Dushman bilan bo‘lma biror dam yo‘ldosh, Uyquda qop siring bo‘lar elga fosh163: O‘laman deb mard qavmidan toyama, Yo‘qchilik jumardning ko‘zin o‘yama 164; Mard o‘g‘longa davron ikki kelmasdi, Mard o‘lmay haqini dushman yemasdi165; Yaxshilarning yuzin ko‘rsang-jannatdir, Yomon odam qilgan ishi-minnatdir166; Po‘lat nayza qor ostida yotarmi, temir nayzang egovlasang o‘tarmi, sening to‘rang nomardlardan emasdir, Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi 167.
Shuni ham aytish lozimki, doston tilida yaratilgan yangi namunalar ularning xalq tilidagi PBlarning asosiy mazmunidan keskin farqlanmaydi. Fikrimiz dalili sifatida doston tilida yaratilgan yangi variantlarni asliga qiyoslab ko‘rsak: “Do‘st – dushmanga bu so‘z shoyon bo‘lmasin”168. Paremiologik birliklarning ushbu parema mazmunini ifodalovchi qator variantlari mavjud: “Do‘stga aytdim so‘zimni, Dushman bildi sirimni”; “Dushmanga joningni bersang ham, siringni berma”; “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘rilaydi” kabi.
“Kunutug‘mish” dostonida ushbu parema mazmuni voqea rivojiga va mazmuniga mos holda baxshi tomonidan kiritilgan. Bu bilan ijodkor shoir o‘z mahoratini ham yuzaga chiqara olgan. Kuntug‘mishning attor, bazzos sifatida Xolbeka oldiga kelib, u bilan uchrashishni niyat qilgan epizodi mavjud. Bu holatni bilib qolgan kanizak Bahragul “kelgan kishi latta-putta sotadigan bazzoz emas, balki Kuntug‘mish to‘raga o‘xshaydi” degan ma’noda “Xolbekaga qarab bir so‘z deb turibdi:
Bilganimni bir-bir bayon aylayin:
Beklar minar bedov oting tolmasin,
Mard bo‘lib beliga boylab olmasin,
Judolikni qodir egam solmasin,
Bu zohirda yomon kuni bo‘lmasin,
Seni izlab No‘g‘oydan to‘ra kelmasin.
Gumonim shu, xon Kuntug‘mish bo‘lmasin,
Qodiro mavlon mening aqlim olmasin.
Xushni ofat, har xayolga solmasin,
Chaqqonday buvishim g‘azab qilmasin,
Do‘st-dushmanga bu sir shoyon bo‘lmasin,
Kelgan odam sira bazzoz emasdi (r),
Nug‘oydan Kuntug‘mish to‘ra kelmasin,
Shu bazzozni olib borib oldingga,
Ahvoli o‘zidan, buvish, so‘raylik”.169
Yuqoridagi parcha va unda ifodalanayotgan mazmundan ham ko‘rinib turibdiki, ijodkor baxshi xalqona maqollardan foydalanib, doston tiliga xos va fikr oqimiga mos, xalq maqollari mavqeiga teng hikmatli birliklar yarata olgan. Bu esa Ergash shoirning yuksak mahoratli baxshi ekanligidan dalolat beradi.
Xullas, “O‘zbekning bulbuli” deb tan olingan Ergash Jumanbulbul o‘g‘li o‘zining boy va mazmunli dostonlari bilan xalq og‘zaki merosimizni boyitishga ulkan hissa qo‘shgan shoir, baxshidir. Uning dostonlari orqali o‘tmish ota-bobolarimizning butun turmush tarzi, orzu-umidlari, qahramonliklari, urf-odatlari bizgacha yetib kelgan bo‘lsa, ular keng ommaga yoyilishi xalqimiz diliga jo bo‘lishga ham katta hissa qo‘shdi.
Shoirning dostonlari orqali tilimizning ulkan imkoniyatlari namoyon bo‘ldi, xalq tilining sayqallashishiga sabab bo‘luvchi grammatik o‘zgarishlar yuzaga keldi. Shuningdek, xalqimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilib, qo‘llanib kelayotgan til birliklari, jumladan xalq maqollarining yuksak namunalari bizgacha yetib keldi. Bundan tashqari, Ergash shoir o‘z hayotiy kuzatishlari natijasi sifatida qator hikmatli iboralar yaratdi va bu bilan o‘zbek tili paremiologik birliklar miqdorini oshishiga ulkan hissa qo‘shdi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish