Kuntug‘mish” dostoni tilida leksik-frazeologik va paremiologik madaniy birliklar lingvopoetikasi mavzusidagi



Download 0,66 Mb.
bet12/20
Sana09.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#765800
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Sayyora Mamanova MD to‘liq 2022

IKKINCHI BOB BO’YICHA XULOSALAR.
Ushbu bobimizda xalq dostonlaridan bir bo‘lgan “Kuntug‘mish” ishqiy-qahramonlik dostoni tilida qo‘llanilgan iboralar, maqollar, hikmatli so‘zlar va matallarning lingvistik xususiyatlariga birma-bir to‘xtalib o‘tdik.
Har bir berilgan ma’lumotlarimizni aynan “Kuntug‘mish” dostonidan iqtiboslar olib, ularni izohini berishga harakat qildik. Dostonda keltirilgan paremiologik birliklarning ma’noviy jihatdan ifodalayotgan mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tganmiz.
Fasllar kesimida endi “Kuntug‘mish” dostonining til xususiyatlarida ifodalangan paremiologik birliklarning dostondagi har bir qahramonlar tilida qo‘llanilganlarini ma’noviy jihatdan o‘rganishga harakat qildik.

III BOB. “KUNTUGMISH” DOSTONI TILIDA LEKSIK-FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK MADANIY BIRLIKLAR LINGVOPOETIKASINING AMALIYOTGA TADBIQI.
3.1. Ta’lim dasturi va darsliklarida mavzuning berilishi.
Bugungi kundа tа’lim sоhаsidа “Glоbаl tа’lim” ibоrаsi о‘z tаsini kо‘rsаtib, tа’lim sоhаsini rivоjlаnishidа о‘zining sаlmоqli о‘rnini egаllаb turibdi. Bundа dаvlаt tаl’im stаndаrtlаri tаlаblаrining аynаn innоvаtsiоn tеxnоlоgiyаlаr оrqаli tо‘lа аmаlgа оshirishi nаzаrdа tutilаdi.
Bu tеxnоlоgiyаlаrni аynаn ona tili dаrslаrigа tаtbiq qilish judа о‘rinli bо‘lib, bugungi kundа о‘zining sаmаrаsini kо‘rsаtib kеlmоqdа. Psixоlоgik nuqtаi nаzаrdаn оlib qаrаgаnimizdа hаm bu tеxnоlоgiyаlаrning tа`limni о‘zlаshtirishdа о‘quvchi оngidа rо‘y bеruvchi sаlbiyliklаrning оldini оlishdа, tа`limni bеnuqsоn аmаlgа оshirishdа аhаmiyаti kаttаdir. Bugungi kun аvlоdlаrining аqliy rivоjlаnishi shiddаtli tаrzdа ilgаrilаb bоrаyоtgаni hеch kimgа sir emаs. Shu bоisdаn hаm tа’lim аqliy rivоjlаnishdаn bоrgаndаginа yоshlаrgа о‘zining sаmаrаli tа`sirini kо‘rsаtа оlаdigаni bizgа mа`lumdir.
Tа'limning mаzmuni hаr tоmоnlаmа yеtuk mа'nаviyаtli, mа'rifаtli kаdrlаrni kаmоl tоptirish, vоyаgа еtkаzish hаr bir tа'lim-tаrbiyа bеruvchi shаxsdаn yа'ni, о‘qituvchidаn, yuksаk istе'dоdni tаlаb qilаdilаr. Bu istе'dоd fаqаt о‘qituvchining bilimini оshirishgа qаrаtilgаn bо‘lishi, buning uchun о‘qituvchi hаmmа sоhа bilаn hаmnаfаs bо‘lishi nаzаrdа tutilаdi. Hаr bir dаrsgа аlоhidа mаs'uliyаt bilаn tаyyоrlаnish о‘qituvchining muqаddаs burchidir. Bilimdоnlik, tаjribа, kаsbiy mаhоrаt, kо‘nikmа ona tili dаrslаrining sаmаrаdоrligini оshiruvchi muhim оmildir.
Shulаrni nаzаrdа tutgаn hоldа о‘z dаrslаrimizgа yangi innovatsion tеxnоlоgiyаlаrni tо‘lа jоriy etishimiz bugungi kunning tаlаbi ekаni hаqiqаtdir. Bulаrni biz ona tili dаrslаridа yаngi mаvzuni о‘quvchi оngigа singdirish mаqsаdidа hаm, о‘tilgаn mаvzuni mustаhkаmlаsh mаqsаdidа hаm sinаb kо‘rishimiz mumkin. Atrofimizdagi har qanday narsaning o‘ranilish qonun-qoidasi bo‘lganidek, biz ilmiy tadqiqot olib borayotgan ishning ham ta’lim tizimidagi dastur va darsliklarda berilishiga ko‘ra tartib-qoida bor. Ta’lim dasturi va darsliklarda frazeologiyalar va paremiologik birliklarning berilishini alohida o‘rganib chiqdik. Jumlаdаn bu mavzular 5-sinf о‘quvchilаrigа ona tili va adabiyot darslarida har biri 2 soatlik dars tarzida berilgan bo‘lib, bu mnavzularni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil fikrlariga, yon-atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga o‘zlarining shaxsiy munosabatini bildira olish darajasiga erisha oladi. Darslikdagi har bir berilayotgan mavzular o‘quvchilarning kelajakda olinishi kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
“5-9-sinflarda ona tili fonetikasi, leksikasi, morfologiya va sintaksisini tizimli va amaliy samarali o‘rganish natijasida ta’lim oluvchiga tilshunoslik fani asoslarini berish emas, balki ayni bir narsa-hodisani atash, fikrni ifodalash uchun ona tilida o‘nlab imkoniyatlar borligini, xilma-xil shakl va ko‘rinishlarga ega bo‘lgan bunday rang-barang imkoniyatlarning har birining o‘z ifoda va ta’sir xususiyatini o‘quvchiga yetkazish, unda mana shu jihatlarni ilg‘ay olish, bunda axborot resurslariga murojaat qilish madaniyatini shakllantirish, har bir shakl va imkoniyatdan o‘z o‘rnida foydalana olish malakalarini rivojlantirishdir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili ta’limida o‘rganilgan o‘quv materiallarning akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligi, o‘quvchilarning yoshi, psixo-fiziologik xususiyatlari, umumiy o‘rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda grammatik materiallarni asta-sekin, oddiydan murakkabga tomon borish tamoyiliga asoslanishi e’tiborga olingan”170.
Yuqorida biz ilmiy tadqiqot olib borayotgan mavzu ta‘lim darsligida quyidagicha berilgan: frazeologiya, maqollar va hikmatli so‘zlar 5-sinf ona tili darsligida leksikologiya bo‘limining so‘nggida, 3-chorak yakunida berilgan. “Leksikologiyaga oid materiallar iboralarni o‘qitish bilan yakunlanadi. Ibora haqida tushuncha berilar ekan, uning butunicha ko‘chma ma’noda qo‘anilishi aytiladi. Bu qiyinchilik tug‘dirmaydi, chu ko‘chma ma’noda qo‘llanishning nima ekanligi o‘quvchilarga ma’lum. Maktab darsligida gap bo‘laklariga teng iboralarni o‘tish maqsadga muvofiqdir: oq ko‘ngil, suv quyganday, kapalagi uchdi.
Iboralar o‘tilayotganda unga tavsif berib ibora bir mustaqil so‘zga teng kelishi;nuning tarkibida birdan ortiq mustaqil so‘zning bo‘lishi; iboralardan o‘rinli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshirishi haqida ma’lumot berish kerak. Shuning uchun ham aytish kerkki, iboralarni tushuntirishda ko‘chma ma’nosini osongina tushunadigan, ularning yoshiga mos misollar tanlanishi zarur”171.
Mavzularni o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishlari uchun matnli topshiriqlar va mashqlar ketma-ketlikda aks etgan. Darsni boshlashdan oldin o‘qituvchi, albatta, bu mavzular yuzasidan yangi ma’lumotlarni topib, darsga mustahkam tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi o‘zidagi yangi bilimlar bilan o‘quvchilarni mavzuni yanada chuqurroq o‘rganishiga yordam beradi.Darslikda birinchi bo‘lib iboralar mavzusi berilgan. U quyidagicha ta’riflangan: “Ma’nosi bir so‘zga teng keladigabn so‘zlar birikmasi yoki gaplar ibora deyiladi. Masalan og‘zi qulog‘ida (xursand), yuzini yerga qaratmoq (uyaltirmoq), qo‘li baland kelmoq (g‘olib chiqmoq) va h.k.
Iboralar nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi”172. Keyingi darsda iboralarning antonimiyasi, sinonimiyasi bo‘yicha mashqlar berilgan. Shu bilan birga yana 1 soat iboralar mavzusi bo‘yicha “Matn va lug‘at ustida ishlash” mavzusi berilgan . Bunda asosiy matn berilgan, o‘quvchilar shu matn yuzasidan mavzuga oid mashqlarni bajarishadi.
Ona tili darsligimizda keyingi o‘rinda maqollar mavzusi berilgan bo‘lib, unga ham 2 soat ajratilgan. Bu mavzu nafaqat ona tili darsligida, 5-sinf adabiyot darsligida ham berilgan. Adabiyot darsligida bu mavzu 1-chorak boshida o‘tiladi. 5-sinf o‘quvchilariga ona tilida maqollar mavzusi takrorlash darsidek bo‘ladi, chunki o‘quvchilar bu mavzu bo‘yicha adabiyot darsida juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Ona tili darsligida maqollarga quyidagicha ta’rif berilgan: “Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Ularda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak.
Maqollar fikrni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalaydi. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati hisoblanadi. Maqollar, asosan, bir, ikki misrali bo‘ladi. Ularda antonimlardan keng foydalaniladi”173. Ibora, maqollar va hikmatli so‘zlardan nutqimizda foydalanishimiz atrofdagilarni alohida e’tiboriga sazovor bo‘lishimizga sababchi bo‘ladi, chunki hozirgi kunda insonlar maqollar, iboralardan deyarli foydalanmay qo‘ydi. Ibora va maqollar muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilm-hunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar harakterli. Maqollarda antiteza hodisasi koʻp uchraydi. Darslikda maqollar mavzusida ham mashqlar bir-biri bilan aloqani uzmagan holda berilgan.
Xalq maqollaridan farqli ravishda hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi. Hikmatli soʻzlarning mustaqil janr shaklidagi namunalari bilan birga ilmiy, falsafiy, tarixiy hamda badiiy asarlar tarkibida uchraydiganlari ham boʻladi. Baʼzan asar boshdan oyoq hikmatli soʻzlardan iborat boʻlishi ham mumkin. Masalan, Forobiyning asarlarini aytishimiz mumkin. Hikmatli soʻzlar mavzusiga toʻxtaladigan boʻlsak, bu mavzu ham darslikda 2 soatga moʻljallangan. Bu mavzuda endi oʻquvchilarimiz taniqli, buyuk shaxslarimizning hayotiy tajribalari orqali avlodlarga qoldirgan fikrlarini oʻrganishadi. Darsligimizda bu mavzuga shunday “Buyuk, taniqli shaxslarning ibratomuz fikrlari hikmatli soʻzlar deyiladi” 174deb ta’rif berilgan. Bu mavzuni oʻrganish orqali oʻquvchilar ajdodlarimizning ibratomuz fikrlarini hayotga bogʻlashni, oʻzlari mustaqil fikrlar chiqarishni va hikmatli soʻzlarga oVzlarining shaxsiy munosabatlarini bildirishni oʻrganishadi. Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida hikmatli soʻzlarning koʻp qismi pand-nasihat, oʻgit, tanbeh shakllarida boʻladi.
Xalqimizning nomdor yozuvchilaridan Hamza, A.Qodiriy, Gʻ.Gʻulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor, Shayxzoda kabi soʻz sanʼatkorlari oʻz asarlarida hikmatli soʻzlarning zamonaviy namunalarini yaratib, oʻzbek adabiy tilining rivojiga samarali hissa qoʻshdilar.
Ilmiy tadqiqotimizning o‘rganish obyekti bo‘lgan “Kuntug‘mish ” dostonining ham darslikda berilish tartibi bo‘yicha izlanishlar olib bordim. Ushbu doston 8-sinf adabiyot darsligida jami 4 soatlik vaqt bilan berilgan. Dars yakunida ushbu doston boʻyicha bir soatlik nazorat ishi berilgan. Bunda endi oʻquvchilar “Kuntugʻmish dostonidan olgan taassurotlarini mustaqil insho tarzida yozishadi”. Darslikda dostondan qisqacha parcha berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: “Kuntug'mish” dostoni o‘zbek xalq dostonlarining ishqiy-qahramonlik turiga mansub. Ishqiy-qahramonlik dostonlarida sevgi-muhabbat yetakchi o‘rin tutsa ham, lekin qahramonlarning ana shu sevgi yo‘lidagi sarguzashtlarda ko’rsatgan botirliklari, qahramonliklari alohida ta’kidlanadi. Doston qahramoni Kuntug’mish Azbarxo‘janing talabi va iltimosi bilan ajdarni o‘ldiradi. Bu o‘rinda o’quvchilarga Kuntug‘mishning botirligi faqat bir kishining talabi va iltimosi bilan emas, balki ajdarning balosidan atrofdagi yashayotgan odamlarni muqarrar va daxshatli o‘limdan saqlab qolganligi, ya’ni xalqni himoya qilganligi va bu yo‘lda botirlik, jasorat ko‘rsatganligini alohida tushuntirish lozim. Shu yol bilan o‘quvchilar qalbida xalqqa mehr-muhabbatni quruq so‘zda emas, amalda namoyish qilish qahramonlik belgisi ekanligini aytib o‘tish kerak. Ishqiy-qahramonlik dostonlarining yana bir belgisi doston qahramonining misilsiz kuch-qudratga ega ekanligini ko‘rsatishdir. Xalq o‘zining idealidagi qahromonni mana shunday kuch-qudratda tengsiz ko‘rishni xohlaydi. Azbarxo‘ja Kuntug‘mishni mast qilib, o‘nlab kigizlarga o‘rab ustidan tosh bostirib ketganda u yotgan joyida toshlarni uloqtirib tashlashga, bandilikdan ozod bo‘lishga erishadi. Ba ham doston qahramonining jismoniy kuch-qudratda tengsizligidan dalolat beradi.
“Kuntug‘mish” dostoni ishqiy-qahramonlik dostonlari turiga kirsa ham unda xalqimizning tarbiya bilan bog‘liq an’anaviy ko‘rinishlari turli epik lavxalarda yorqin aks etgan. O‘qituvchi dostonning g‘oyaviy xususiyati haqida tushuntirish berar ekan, undagi xalq pedagogikasining o‘ziga xos milliy qiyofasi aks etganligiga to‘xtalib o‘tmog‘i lozim. E’tibor bering, dostonda Kuntug‘mish o‘n to’rt yoshigacha xat-savod o‘rganish, odamlar bilan munosabatda hurmat va e’tibor qozonish yo‘llari yuzasidan tarbiya oladi. O‘n to‘rt yoshdan keyin, sipohilik sirlariga e’tibor qaratib, jang-jadal ilmidan saboq olishga kirishadi. Demak, xalqimiz o‘n to‘rt yoshni o‘smirlik davri deb belgilagan va bola tarbiyasida ikkinchi bosqichga o‘tishni zarur deb bilgan. Kuntug‘mish ham ana shu yo‘llarni bosib o‘tgandan keyingina ilohiy qudrat bilan tushida Xolbekani topadi. Bu hol xalqning nazarida ayni o‘smirlikdan keyin insonda sevgi-muhabbat his-tuyg‘ulari paydo bo'lishini anglaganligidan dalolat beradi. Dostondan olingan parchaning o'quvchilarda yurtga muhabbat, vatanga sadoqat ruhini tarbiya toptirisda oʻrni beqiyosdir. 8-sinflar uchuni darsligimizda berilgan ushbu doston bizlar uchun ona tili va adabiyot darslarini bir-biriga chogʻishtirib oʻtishimizga juda qulay bir manba hisoblanadi. Dostonni oʻqitish soʻngida oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilaga qoʻshimcha vazifa topshirishi mumkin. Bunda oʻquvchilar uylarida oʻzlari doston parchasida berilgan frazeologik va paremiologik birliklarni topib, daftarga mustaqil topshiriq tarzida yozib kelishlari buyurilsa, oʻquvchilar uchun ham adabiyot darsi, ham ana tili darsi uchun yangi bilimlarni egallashiga bir turtki boʻladi. Oʻzi, umuman, darsliklarimizda berilgan har qanday xalq ogʻzaki ijodining yirik bir namunasi boʻlmish xalq dostonlarini oʻquvchilarga oʻrgatishning oʻzi bir oʻzgacha zavq va intilish beradi, chunki bu noyob asarlarimiz farzandlarimizni, xoh u oʻgʻil boʻlsin, xoh qizlar, barchasini mardlik, jasurlik, vatanga, ota-onaga muhabbat va sadoqat, doʻstga vafodorlik kabi juda koʻplab ijobiy xislatlarni shakllanishiga sababchilardan biridir.



    1. Download 0,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish