Nazorat uchun savollar.
1. Mineralogiya fanining mazmuni va maqsadi.
2. Kristallografiya kristallokimyo va mineralogiya fanining axamiyati.
3. Kristallografiya kristallokimyo va mineralogiya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
2-mavzu: Minerallarning tarkibi, materiallarning tuzilishi va boshqalar. Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo rivojiga O’zbekiston olimlarining qo’shgan hissalari.
Reja:
1. Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo rivojiga O’zbekiston olimlarining qo’shgan hissalari.
2. Kristаllаrning muhim хususiyаtlаri
Fanni o‘rganish jarayonida kristallografiya, mineralogiya va kristallo-kimyo fanlari bo‘yicha chet ellarda va o‘zimizda erishilgan yutuqlar keng bayon etiladi. O‘rganilayotgan texnik ob’ekt va jarayondagi asosiy texnik-iqtisodiy talablar shakllantiriladi, ilmiy-texnikaviy mablag‘lar va ularni o‘zlashtirish omillari paydo bo‘ladi. Dars olib borish jarayonida kinofilmlar, kinolavxalar, slaydlar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar orqali geometrik, strukturali, kimyoviy va fizikaviy, tarkibi va tuzilishiga oid mineralogiya, metall, metall kotishmalar va silikatlarning kristallokimyo tasnifiga oid materiallar o‘zlashtiriladi.
Kristallografiya, mineralogiya va kristallokime vujudga kelishida va rivojlanishida o‘rta asr buyuk olimlari - Beruniy va Ibn Sino asarlari katta rol o‘ynadi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o‘zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida mineral rudalar, geologik jarayonlar to‘g‘risida juda ajoyib fikrlarni aytib o‘tadi. U Yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga, uning kattaligini ham birinchilar qatorida o‘lchaydi. Beruniyning astronomiya traktatidagi sxematik kartasi qadimgi dunyoni yaxshi bilganligidan dalil beradi, u bu sohada g‘arb geograflaridan oldinda to‘rgan. Beruniy o‘sha vaqtdagi o‘zining kartasiga afsonaviy mamlakatlar va Kaspiy bo‘yi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini chiroyli qilib ta’svirlab beradi. Beruniy o‘zining “Aholi yashaydigan yerlar orasidagi masofalarining ohirigi chegarasini aniqlash” nomli asarida tosh va shag‘allar hamda mayda zarrachalar turli kuch ta’siri bilan tog‘dan ajraladi; keyin ular uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirralari sinib, silliqlashadi hamda yumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatda mayda donachalar - qum va changlar paydo bo‘ladi. Agar shu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun hamirga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagiga ko‘milib ketadi.
Beruniyning zamondoshi, buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ham geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ibn Sinoning geologik dunyo qarashlari uning ilmiy homusi - “Ashshifo” (Qalbni davolash) degan kitobining “Tabiat”degan bo‘limida yoritilgan. Shu kitobning 5 qismi metereologik xodisalarga bag‘ishlangan. Bu kitobda jinslarning va minerallarning paydo bo‘lish sabablarini va metereologik xodisalarning kelib chiqishi o‘rganilgan.
Ibn Sino tog‘ jinsi va minerallarning fizik hossasini, tog‘ va vodiylarning paydo bo‘lish sharoitlarini tekshirgan va ular xaqidagi gipotezani rivojlantirgan. O‘rta Osiyoda matematika “Al jabr” va astronomiya fanlarini rivojlantirishda mashhur olim Ulugbek goyat katta kuch va gayrat sarfladi. Osmon jismlarini tarqalish qonunini, harakatini, sonini, jumladan, Quyosh sistemasini birinchilar qatorida to‘g‘ri talqin qildi.
Rus olimlari V.I. Vernadskiy va A.E. Ferdsman tomonidan asoslangan geologiya fanining bu sohasi keyinchalik rivoj topishida A.P. Vinogradov, D.I. Sherbakov, A.A. Saukov va boshqalarning roli katta. O‘rta Osiyo mineralogiya va petrografiya rivojlantirishda X.M. Abdullaev, I.X.Hamrabaev, I.M. Mirxojiev, X.N. Boymuhamedov va I.M. Isamuhamedovlar g‘oyat katta ish olib bordilar.
SNG geologlari Yer osti suvlarining harakati va zonalarga bo‘linishi, mineral suvlar haqidagi nazariyalarini ishlab chiqdilar. O‘rta Osiyoda O.M. Akramxo‘jaev bu masalaga ko‘p hissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |