Kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya



Download 2,67 Mb.
bet5/62
Sana31.12.2021
Hajmi2,67 Mb.
#226864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
kristallografiya umk1111oxirgi

Nazorat uchun savollar.

  1. Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo rivojiga O‘zbekiston olimlarining qo‘shgan xissalari.

  2. Kristаllаrning muhim хususiyаtlаri


3-mavzu: Geometrik kristallografiya. Simmetriya elementlari va sinflari, ularning tarkibi va strukturalari, kategoriyalari va singoniyalari.
Reja:

  1. Geometrik kristallografiya

  2. Simmetriya elementlari va sinflari

Kristallografiya fani kristallar haqidagi fan bo‘lib, u eng avval mineralogiya fanining tarkibiy, boshlangich qismi sifatida yuzaga keladi. U fan qatorida maydonga chiqmasdan oldin insoniyat tabiiy boyliklaridan foydalanishni orzu qilar va orzuga erishish maqsadida mineral foydali qazilmalarini qidirar yoki boshqa maqsadlar bilan o‘lka bo‘ylab sayr etar ekan, tabiiy, tekis yonlar bilan cheklangan, ham shaffofligi, tiniq rangi bilan diqqatga sazovor bo‘ladigan kristall jismlarini topadi va kishilarni qiziqtiradi.

Kristallar haqidagi fanning boshlangich maqsadi shundan iboratki, u minerallarning geometrik shakllarini, fizik xususiyatlarini o‘rganishga imkoniyat beradi.

Kristallar geometrik shakl bo‘lganligi uchun, ularning shaklini va simmetrik tuzulishini o‘rganish geometriyaga, ya’ni matematika faniga ta’luqlidir. Kristallarning mavjud simmetriya ko‘rinishlari matematik yo‘l bilan oldindan hisoblab chiqilgan, va ular keyinchalik tabiiy, shuningdek, sun‘iy kristallarda isbot qilingan edi.

Hamma tabiiy va sun‘iy kimyoviy birikmalar, hamda kimyoviy elementlar kristallangan yoki amorf holda bo‘ladi. Kristallar - to‘g‘ri qirralar hosil qiluvchi tekis-sillik yonlari bilan cheklangan qattiq jismlardir. Kristall moddalar ichki qonuniy tuzilishiga ega bo‘lib, ushbu kristallning strukturasini tashkil etuvchi moddiy nuqtalarining (molekula, atom yoki ionlarning) davriy, ma’lum tartib bilan joylashishida o‘z aksini topadi. Kristallarning hamma hossalari ushbu ichki qonuniy tuzilishining oqibatidir, shuning uchun kristallar amorf moddalardan barcha hossalari bilan farq qiladi:

1. Kristallar bir jinslidir - kimyoviy tarkibi, solishtirma og‘irligi va boshqa hossalari kristallning hamma qismlarida ham bir hildir;

2. Kristall - anizotrop fizik jismdir: uning sindirish ko‘rsatkichi, qattiqligi kabi qator fizik xususiyatlari muayyan yo‘nalilar bo‘yicha bir hil qiymatga ega;

3. Har bir kristallangan modda o‘z erish temperaturasiga egadir.

Har qaysi kristall o‘zini tashkil etuvchi moddiy nuqtalarning shu kristallga hos joylashtirish tartibi, ya’ni fazoviy panjara elementar yacheykasining - kristall strukturasida cheksiz takrorlanuvchi parallelipipedning shakli, katta-kichiklikligi bilan xarakterlanadi. Har qaysi modda kristaliga hos ravishda elementar yacheykalar bir-biridan qirralarining uzunligi (a, b, c) bilan va qirralar orasidagi burchagi - a va b qiymati bilan bir-biridan farq qiladi.

Kristallarning shaklini tekshirish va o‘rganishda simmetriya tushunchasi katta etiborga ega. Agar ikki shaklning biri ikkinchisiga o‘xshash va teng mos kelsa, ular o‘zaro simmetrik shakllar bo‘ladi. Ulardan biri ikkinchisining oynadagi aksidek bo‘lar ekan bunday shakllarga enantimorf shakllar deyiladi.

Kristallar shaklining qay darajada simmetrik tuzilganligi haqida shu kristallda aniqlangan simmetriya elementlarining turiga va soniga qarab xulosa chakariladi, shunga qarab kristallar ma’lum tartib bilan klasslarga ajraladi. Kristallar bir nechta simmetriya elementlariga egadir: agar kristallning o‘xshashligi tekislikka nisbatan aniqlansa o‘sha tekislik simmetriya tekisligi deyiladi; to‘g‘ri chiziqqa nisbatan aniqlansa - u chiziq simmetriya o‘qi va nuqtaga nisbatan aniqlansa - ushbu nuqta inversiya markazi deyiladi.


Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish