Mahsi – erkaklar va ayollar poyabzali.
Militari – harbiylar formasidagi elementlarni boshqa
kiyimga ko‘chirish yoki zamonaviy kiyimni harbiy forma
asosida uslublashtirish.
Mitra – Fors shohining ramziy bosh kiyimi.
Moda (frans. me’yor, usul ma’nosida) – bu inson
faoliyatining ixtiyoriy sohasida: san’at, kiyinish, xulq-atvor va
boshqa sohalarida ma’lum shakllarning tinmay o‘zgarishi.
Mon – oq gerb.
Nagadzyuban – yapon erkaklari ichki yelka kiyimi.
Naygut chapan – qirg‘iz erkaklari ustki kiyimi, u keng,
tunikasimon to‘g‘ri bichimli, yenglariga hishtak solingan
chopon.
Naramnik – o‘rta asrlarda ko‘plab erkaklar va ayollar libosi
asosi. U to‘rtburchak yoki oval shakldagi mato bo‘lagi bo‘lib,
201
yelkadan buklab tashab qo‘yilgan. Uning bosh uchun o‘mizi
bo‘lib, yonlari tikilmagan. Kiyimning ushbu turi turli uzunlik
va ko‘rinishga ega bo‘lib, libosning turini boyitgan.