Kostum va moda tarixi


Pao – xitoy libosidagi assimetrik bichilgan ayollar koftasi. Parpasha



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Pao – xitoy libosidagi assimetrik bichilgan ayollar koftasi.
Parpasha – beqasamdan qalinroq mato bo‘lib, u paranji, 
shuningdek, chopon tikishda ishlatilgan.


202
Penula – Rim erkaklarining ustki kiyimi, doira yoki yarim 
doira shaklida bo‘lib, bosh kirishi uchun yirig‘i bo‘lgan va 
u yerga kapyushon tikilgan. Qalin va dag‘al junli matodan 
tikilgan penulalar dehqonlar kiyimi hisoblanib, qimmatboho 
matodan tikib, bezatilgani yuqori tabaqa vakillari tomonidan 
kiyilgan.
Pigash – kech o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa oyoq 
kiyimi. XIV asrga kelib pigashlar uchi judayam uzayib, 
ular uzunligi egasining jamiyatdagi o‘rniga qarab 70 
santimetrgacha borgan. Oyoq kiyim rangi ustki libos 
rangiga qarab alohida e’tibor bilan tanlangan: oq, qizil, 
qimmatbaho bezaklar bilan bezalgan oltin rang charm va 
h.k. Oyoq kiyim tuzilishi har ikki, ya’ni o‘ng va chap oyoq 
uchun bir xilda. Inson tanasining tik va adlligini bo‘rttirib 
turuvchi tor kiyim uzun yoki kalta, etagi yengining past 
qismi juda keng ustki kiyim bilan kiyilgan. Bu ikki qarama-
qarshi siluetlar sabab erkak figurasi estetik jihatdan yanada 
ko‘rkamlik kasb etardi. 
Pijama  uslubi – qachonlardir kamzul va shimdan iborat 
pijamani faqat erkaklar uxlayotganda kiyishlar edi. Keyin u 
ayollar libosiga ham qo‘shildi-da, ko‘ylakning taqdiriga uchradi. 
Ammo, pijama o‘ziga xos uslubdagi ust kiyimi yaratilishiga 
turtki bo‘ldi. Aslida ular ayollar libosidagi eng odatiy shim, 
bluzka (kofta), jaket va hokazolar bo‘lib, faqat hajmi ancha 
keng, qomat qiyofasi berilmagan (qomatlashtirilmagan) va 
ehtimol xuddi shu tufayli juda qulay kiyimga aylandi. Keng, 
qo‘yma cho‘ntaklari bo‘lib, yirik, yapasqi katta tugmalari serob 
kiyim.
Polison  –  korsetning  pastki  va  orqa  qismiga  profilning 
bukilgan siluetini berish uchun bog‘lanadigan unchalik katta 
bo‘lmagan paxtali yoki junli prokladka.


203
Polonez – eklektik formalardan iborat, dekorativ rokoko va 
dabdabani saqlab qolgan «inglizlashgan» ayollar ko‘ylagi. U 
ichki tor ko‘ylak (lif va yubka) va butun bichimga ega ustki 
oldi  ochiq  ko‘ylakdan  iborat  bo‘lgan.  Uni  fijma  va  polison 
bilan kiyishgan.
Pop-art (inglizcha «popular art» – populyar, ommaviy 
san’at) – XX asr 1950-yillarining ikkinchi yarmida AQSH va 
Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan badiiy oqim; kompozitsiyalar 
real buyumlar, fotorasmlar, reproduksiyalar va illustratsiyalarni 
o‘z ichiga olishi mumkin.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish