Matroscha (dengizcha) uslubdagi kiyim – («matros» –
gollandcha, kemadagi eng quyi lavozimdagi ishchi yoki askar)
kiyimlar ichida mutlaqo o‘ziga xos go‘zallikka ega kiyimlardan
biri.
Maforiy – Vizantiyada ayollar boshining yuqori qismini
berkitib turuvchi yopinchiq. Yopinchiqning uchlari old
tomonda to‘qnashib, bir-birining ustidan o‘tib, yelka osha
orqaga tashlangan. Uzun stolalar bilan birgalikda bu yopinchiq
qomatga asketik ko‘rinish bergan. Bu kostum xristian dinining
qonun-qoidalari va estetikasiga juda mos kelar edi va shu
sababli bu libos ikonalarda avliyolarning doimiy kiyimi bo‘lib
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |