Kostum va moda tarixi


KIRISH Jamiyat hayotida tasviriy san’at va libosning o‘rni



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

KIRISH
Jamiyat hayotida tasviriy san’at va libosning o‘rni. Tasviriy 
san’at insonning ruhiy qiyofasini, uning o‘zgalar bilan o‘zaro 
munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional 
mazmunini yoritadi, insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks 
ettiradi. Davrning nafaqat hissiy holatini, balki uning g‘oyaviy 
mohiyati,  siyosiy,  falsafiy,  estetik  va  etik  g‘oyalari  ham 
tasviriy san’atning mazmuniga aylanadi. Shu tufayli hayotni 
bilishning faol shakli sifatida jamiyatning ijtimoiy hayotida, 
ma’lum tizimning ommaviy ongining qaror topishida muhim 
rol o‘ynaydi. Tasviriy san’at insoniyatning mehnat faoliyati
e’tiqodlari, diniy qarashlari zamirida rivojlanar ekan, u nafaqat 
estetik zavq manbayi, ayni damda har bir davrning ma’naviy 
qiyofasini belgilaydi. Obraz talqinida go‘zallik tushunchasining 
barcha elementlari, xususan, libos va pardoz muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Xalq turmushining boshqa sohalari singari milliy liboslarni 
o‘rganish har bir elatning etnik tarixi va madaniyatini, uning 
boshqa xalqlar bilan o‘zaro aloqalarini tatbiq etish bilan 
chambarchas bog‘liqdir. U moddiy va ma’naviy yodgorliklar 
ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettiruvchi va 
etnik belgilarini ko‘rsatuvchi mezon ham hisoblanadi. Shu 
ma’noda libos tarixini o‘rganish Yer kurrasida mana necha 
ming yillardan beri yashab kelayotgan xalqlar boy madaniy 
merosi, shu bilan birga ularning an’analari, yashash tarzi haqida 
ko‘pgina ma’lumot ham beradi. Liboslar nafaqat insonlarning 
tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga 
ularda har bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, 
mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va 


4
estetik me’yorlarni aks ettiradi. Bundan tashqari, kiyimlarda 
inson yashagan joy va zamon, uning hayotiyligi, quvonchli 
yoxud qayg‘uli voqealar namoyon bo‘ladi.
Kiyim jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyatining tarkibiy 
qismidir. Bir tomondan, u inson mehnati mahsuli sifatida 
ma’lum bir moddiy qiymatga ega bo‘lib, ma’lum bir ehtiyojlarni 
qondirsa, ikkinchi tomondan, u amaliy-bezak san’ati namunasi 
hamdir. Me’moriy inshootlar, mehnat va turmush qurollari 
singari kiyim ham ma’lum bir tarixiy davr, mamlakatning 
tabiiy iqlim sharoiti, xalqning milliy o‘ziga xosliklari va uning 
go‘zallik haqidagi tasavvuri haqida ma’lumot beradi. 
Kiyim va libos tushunchalari mazmun-mohiyati jihatdan bir-
biri bilan mushtarak ko‘rinsa-da, ushbu tushunchalar o‘rtasida 
birmuncha farqlar ham mavjud. 
Kiyim deganda, avvalo, inson tanasining turli qismlarini 
berkitish uchun zarur bo‘lgan, uni tashqi muhitning turli 
ta’sirlaridan himoyalaydigan buyumlar tushuniladi. Kiyimning 
qator turlari mavjud. Bular: ichki kiyim, ustki kiyim, turli 
uzunlikdagi paypoqlar, poyabzal, bosh kiyimlari. 
Mana shu predmetlar turli vazifalarni bajaruvchi aksessuarlar, 
bezaklar, soch turmagi, pardoz bilan birga libosni tashkil etadi. 
Aynan libos insonning ijtimoiy kelib chiqishi, uning o‘ziga xos 
xususiyatlari, yoshi, jinsi, xarakteri va estetik didini namoyon 
etadi. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish