O‘rta podsholik davri san’ati (mil. avv. XXI–XIX asr lar).
Yirik me’morlik obidalari xarajati uchun to‘plangan soliqlar
nom
1
larning norozoligini vujudga keltirdi. Mil. avv. XXIV
asrlarda Fiva boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonda janubiy
nomlar g‘alaba qozondi. Amenemxet I davrida Fayum markaz
sifatida rivojlandi. Iqtisodiy o‘sish san’at va madaniyatga ham
o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Me’morchilikda yirik ehrom-
lar o‘rnini devor bilan o‘ralgan o‘ziga xos maqbaralar egallay
boshladi. Dair al-Baxridagi Mentuxotep II maqbaralari bunga
misol bo‘ladi.
Monumental haykaltaroshlik ijtimoiy ahamiyat ham kasb
eta boshladi. Relyeflarda diniy marosimlar, fantastik hayvonlar,
e’tiqodiy qarashlar o‘z ifodasini topdi. Meir relyeflari, Xnum-
notep II qabridagi tasvirlar, Senusert III va Amenemxet III
port retlari bunga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |