Nivi – hind libosining asosiy elementi.
Nimdxoti – hind erkaklar bel kiyimi.
Obi – yapon libosidagi belbog‘.
Okumi – yapon libosidagi qaytarma yoqa.
Onirjyek – qozoq ayollarining ko‘krak ustki kumushdan
yasalgan bezagi.
Onirshe – qozoq ayollarining ko‘krakpechi.
Op-art (inglizcha «optikal art» – optik san’at) – ranglar
kontrasti, kesishuvchi egri chiziqlar yordamida hosil bo‘luvchi
illuziyalar ishtirokida rangtasvir, grafika asarlarini yoki liboslar
yaratish yo‘nalishi. Kiyimda bunday illuziyalar juda ko‘p
ishlatiladi.
Oramal – qozoq ayollarining ro‘moli
Orxni – tikilmagan yelka kiyimi (miloddan avvalgi III
ming yillik).
Payjoma – hind erkaklarining tepasi keng, pochasi tor
ishtoni.
Pantalon – uzunligi boldirgacha bo‘lgan tor tekis ishton
bo‘lib, uni yon choklari bo‘ylab kashtado‘zlik bilan, past
qismini esa to‘r burmali qo‘shetaklar bilan yoki tasmali
choklar bilan bezalgan. Pantalonlar ostidan tor paypoq-ishton
kiyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |