Tokau – tojik libosidagi ishton, paypoq.
Uniseks (fransuzcha) yoki oneseks (nemischa) – bu
so‘zlarning tarjimasi bir jinsli yoki jinsdan tashqari ma’nosini
bildiradi. Oddiy qilib aytilsa, bu shunday uslubdagi kiyimki, uni
erkaklar ham, ayollar ham kiyaveradi. Jinsi kiyimlari buning
uchun yorqin misoldir. Ham erkak, ham ayolning libosiga
kiruvchi bunday kiyimlar keyingi paytda ancha ko‘paygan:
sviter, pulover, kurtka va hokazolar.
Upavasa-paridxana – hind erkaklari va ayollari yopinchig‘i.
Upelyand – qoplama va tugmalari qadalmaydigan,
turli uzunlikdagi ustki kiyim bo‘lib, uni belbog‘ bilan yoki
belbog‘siz kiyib yurishgan. Uzun upelyandning etaklari kengligi
7 metrgacha, yengi pastining kengligi 3 metrgacha borishi
bilan xarakterlidir. Uni kech o‘rta asrlarda G‘rbiy Yevropada
kiyishgan.
Uslub – qandaydir vaqt oralig‘ida umumiy vosita va usullar
bilan badiiy ifodalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |