Ishlab chiqarish texnologik laboratoriyani (ICHTL) tashkil qilish va uni vazifalari
Korxonada texno-kimyoviy nazorat bo‘limining tuzilishi va xodimlar o‘rni uning sig‘imi va ishlab chiqarish faoliyatiga bog‘liq holda tashkil qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari sanoatining korxona texno-kimyoviy nazorat laboratoriyasi mustaqil bo‘linmalardan tuzilgan bo‘ladi. Ular standartga, texnik talablarga va ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qilgan holatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifati va ularni sifatini aniqlashni ta’minlab beradi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida markaziy laboratoriya bilan bir qatorda alohida korxonalarda va sexlarda ham laboratoriyalar bor. Har bir laboratoriyani ICHTL boshlig‘ining o‘rinbosari, laboratoriya mudiri yoki katta laborant ish hajmiga bog‘liq holda boshqarishi mumkin. Unchalik katta bo‘lmagan korxonalarda TKN bo‘limining o‘rniga faqat laboratoriya tashkil qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalarida texno-kimyoviy nazorat bo‘limini tashkil qilishning umumiy tizmasi 4-rasmda berilgan. Tizma qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoati korxonalarida tashkil qilinadigan barcha turdagi laboratoriyalarni birlashtirib texno-kimyoviy nazorat bo‘limiii tashkil qilishga javob beruvchi variantni hosil qilgan.
Ishlab chiqarish laboratoriyalari. Texnologik jarayonlarni har smenadagi nazoratini o‘tkazadi. Qayta ishlashga qabul qilinayotgan xom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini baholaydi. Uskunalarning ishlashini nazorat qiladi.
Tajriba laboratoriyasi. Uni faqat un tortish zavodlarida tashkil qilinadi. Laboratoriya xom ashyolar texnologik xususiyatlarini o‘rganadi, tortish turkumi tuzilganligining to‘g‘riligini tekshiradi, ularni qayta ishlash tartibini o‘pHanadi.
Markaziy laboratoriya. Markaziy laboratoriya quyidagilarni bajaradi: ishlab chiqarish laboratoriyalarining ish faoliyatini nazorat qiladi, donning qayta ishlanadigan turlarini tuzadi, retseptlarni tanlaydi va ulardagi xom ashyoni almashtiradi, mahsulot chiqishini hisoblaydi va nazorat qiladi, ancha murakkab tahlillarni bajaradi va o‘rta smena namunalarni tahlil qiladi, mahsulot saqlanishini kuzatadi, mahsulotni jo‘natadi, non, makaron va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati bo‘yicha hisobot tuzadi, zararkunandalar bilan zararlanganlik bo‘yicha binolar tekshiriladi, korxonaning tozalik holatini nazorat qiladi.
Bino va uskunalar. Markaziy laboratoriyani alohida binoga joylashtiriladi, ishlab chiqarish (sex) laboratoriyalari - korxonaning ishlab chiqarish binosida va ulardan uzoq bo‘lmagan joyga joylashtiriladi. Qabul qilish laboratoriyasi alohida binoga yoki markaziy laboratoriya bilan birga joylashtiriladi.
Laboratoriya xonalari yorug‘ va quruq qilinadi. Xonaning shifti va devopHing yuqori qismi suvoq qilinadi va oqlanadi, pastki qismi esa -poldan 2 metr balandlik atrofida och rangli moy bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Xona pollari taxtadan qilinadi, moy bo‘yoq bilan bo‘yaladi yoki linoleum bilan yopiladi.
Laboratoriya isitish, vodoprovod, elektr quvvati va so‘rib tortuvchi ventilyasiya bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Laboratoriya xonalari qishda 18-20 °S xaroratda, yozda esa - 20-22 °S da bo‘lishi kerak. Tabiiy yorug‘lik, deraza maydoni pol maydoniga nisbati 1:5 dan 1:3 gacha bo‘lgan mikdorda bo‘lishi kerak. Asosiy derazalar shimoliy - sharq yoki shimoliy - g‘arbga loyihalanadi, janub tomonga joylashtirilgan derazalarni yozda quyosh nuridan himoyalash uchun ularning tepasiga soyabon o‘pHatiladi. Tungi vaqtda ishlash uchun xonalar kunduzgi yorug‘dan ta’minlab beruvchi lampalar bilan jihozlanadi, ish o‘rinlari qo‘shimcha yoritiladi.
Laboratoriyaning barcha xonalarida tozalikni saqlash lozimdir. Har kuni polni yuvish kerak va stollarni davriy artib turish lozim. O‘z hususiyatini yo‘qotgan don va mahsulotlarni yig‘ish uchun stollari tagiga qutilar o‘pHatiladi.
Laboratoriya xonalari mahsus mebel, zarur asbob va yangi konstruksiyali apparatlar bilan jihozlanadi. Laboratoriya binolari har yili remont qilinadi va dezinfeksiya o‘tkaziladi.
Laboratoriya shtati va uning burchlari
ICHTL va uning alohida laboratoriyalarining shtatlari, ular bajaradigan ishlarning hajmiga qarab aniqlanadi. Kichik don qabul qiluvchi korxonalarda shtat 5-7 kishilardan tashkil topishi mumkin va katta don qabul qiluvchi korxonalarda ularniig soni 50 dan 60 kishigacha etishi mumkin.
ICHTL shtati tarkibiga: texno-kimyoviy nazorat bo‘limining boshlig‘i, uning o‘rinbosari, katta laborantlar, laborant na laborant-vizirlovchilar kiradi. Unchalik katta bo‘lmagan korxonalarda ICHTL boshlig‘i lavozimi o`rniga laboratoriya mudiri lavozimi bo‘ladi. Agar don mahsulotlari kombinati tarkibiga bir necha katta korxonalar kirsa, har qaysi ulardagi laboratoriyani laboratoriya mudiri boshqaradi.
Texno-kimyoviy nazorat bo‘limining boshlig‘i bo‘limining barcha ishlarini boshqaradi. Ishlab chiqarishda uning faoliyati ko‘p qirrali va (javobgarli) mas’uliyatli. U quyidagi majburiyatlarni bajaradi;
namuna olish joyi, namuna olish usuli, taxlillar ko‘rsatkichi va
usullarini ko‘rsatgan holda korxonada texno-kimyoviy nazorat jarayonlarining tizimi va jadvalin ishlab chiqadi;
texno-kimyoviy nazorat bo‘limining ish rejasini tuzadi, bu erda
korxonaning qabul ilish, joylashtirish, saqlash, qayta ishlash va
jo‘natish ishlari asosida ish hajmi hisoblab chiqiladi, shuningdek bir
oyga va bir chorrakka tahlillar hisoblab chiqadi;
- texnologik uskunalar nazoratining jadvalini tuzadi, shtatlar jadvaliga muvofiq laboratoriya shtatlarini xodimlar bilan to‘ldiradi, ular orasida xizmat majburiyatlarini taqsimlaydi va ishga chiqish jadvalini tuzadi;
- har kuni laboratoriyada barcha lavozimli kishilarning
bajarayotgan tahlillari va mahsulot sifati haqidagi xujjatlarni
to‘ldirish ishlarini nazorat qiladi.
ICHTL boshlig‘i rahbarligi ostidagi laboratoriya ishchilari xom ashyolarni qabul qilish va joylashtirish shuningdek bir xil turdagi katta turkumlarni tashkil qilishda texno-kimyoviy nazorat qilinadi;
-korxonada ishlab chiqilgan non, makaron va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini nazorati, shuningdek ularning omborda saqlanishda nazorat qiladi;
ICHTL boshlig‘i un aralashmasi tuzilishini nazorat kiladi, mahsulot ishlab chiqarishda retseptlar belgilaydi va undagi alohida turdagi xom ashyolarni almashtiradi;
ICHTL boshlig‘i kuzatuvi ostida laboratoriya ishchilari mahsulot chiqishi tartibini hisoblab chiqishadi, korxonaning tozalik (sanitar) holatini nazorat qilinadi va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini o‘tkaziladi.
ICHTL boshlig‘i asosiy e’tiborini don mahsulotlarini qabul qilish, jo‘natish va yuklashdagi ularning sifati haqidagi hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirilganligiga, shuningdek reklamatsiya hisobi na ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot hisobiga berishi kerak.
ICHTL boshlig‘i saqlanayotgan xom ashyo va tayyor mahsulot sifati bo‘yicha hisobot tuzadi, shuningdek mahsulot chiqishini tartibi bajarilganligi va belgilangan qat’iy muddatda ishlab chiqilgan mahsulot sifati haqida hisobot tuzadi. Ishlab chiqish korpusi va omborlarni tozalash aktini tuzishda ishtirok etadi.
Bo‘lim boshlig‘i laboratoriya uskunalarini ishga yaroqliligini kuzatishi lozim, uni o‘z vaqtida ta’mirlashni tashkil qilishi kerak va asboblarga tamg‘a bosishni o‘z vaqtida ta’minlash kerak.
ICHTL boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega: agarda o‘pHatilgan tartib buzilib olib borilayotgan bo‘lsa va kerakli natija berilmayotgan bo‘lsa yoki donni sifatini pasaytirayotgan bo‘lsa donni quritish, tozalash va faol shamollatish jarayonlarini to‘xtatadi; saqlash uchun va tashish uchun yaroqsiz bo‘lgan don mahsulotlarni ombor, vagonlar va kemalarga yuklashni taqiqlaydi; agarda mahsulot standartlar, texnik shartlar, retsepturaga yoki yuqori tashkilotlar yuk xati talablariga javob bermasa, uning ishlab chiqarilishi, jo‘natilishi va ortilishini to‘xtatadi.
ICHTL boshlig‘i o‘zining farmoyishlarini korxona rahbariga etkazadi, u buni faqat yozma ravishda buyruq berib bekor qilishi mumkin.
SHuningdek korxona rahbari bu haqida yuqori korxonalar - korporatsiya yoki vazirlikka yozma ravishda bildirish xati yuboradi. ICHTL bopshig‘i bir vaqtning o‘zida o‘zining ko‘rsatmasi haqida Davlat don iispeksiyasi boshlig‘iga ma’lum qiladi.
ICHTL boshlig‘i non, makaron va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning sifatini aniqlash haqidagi hujjatlarni to‘ldirish, shuningdek kelib tushayotgan va saqlanayotgan mahsulotlar sifati haqidagi hisobotni tuzish kabi savollarda ishlab chiqarish rahbariga bo‘ysinmaydi. Xom ashyo va tayyor mahsulot sifati haqidagi korxona rahbari va ICHTL boshlig‘i o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilikni yuqori turuvchi tashkilot rahbari hal qiladi.
Texno-kimyoviy nazorat bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari ICHTL tarkibiga kiruvchi bitta laboratoriya ishlarini boshqaradi. Muhandis-ximik-bu lavozim korxonalarda agarda ko‘p kimyoviy tahlillar bajarilsa, belgilanadigan shtat dir. Muhandis-ximik barcha kimyoviy tahlillarni bajaradi. Masalan, non, makaron va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida u xom kletchatka, protein, moy, mineral moddalar, vitaminlar va mikroelementlarni aniqlashdagi tahlillarni bajaradi.
Taqsimlash (realizatsiya) bazalarida u tayyor mahsulotning saqlanishini kuzatadi, sifatining barcha ko‘rsatkichlarini, shuningdsk kislotalilikni tekshiradi, shu qatorda ularning kelib tushganda va jo‘natilishda sifatini aniqlaydi.
Muhandis-texnolog-non, makaron va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati tipidagi har xil korxonalarda turli vazifalarni bajaradi. Ko‘proq u ICHTL boshlig‘i tasdiqlangan jadvalga muvofiq texnologik uskunalar ishlashini nazorat qiladi. Texnolog bajarayotgan barcha ishning hajmiga ko‘ra sifat ko‘rsatgachlarni hisobga olib mos tushuvchi qayd daftari tutadi.
Katta laborant-smenada barcha ishlarni boshqaradi. U o‘zining ishini smenadan oldin laboratoriya holatini tekshirish bilan boshlaydi, smenaning oxirida esa boshqa smenaning laborantiga topshiradi. Katta laborant smena davomida uzining smenasidagi laborant va vizirlovchilar ishlarini bajaradi. Don, mahsulot va chiqindilar sifatini baholash bo‘yicha ancha murakkab taxlillarni o‘zi bajaradi. Donni omborlarga joylashtiradi, kelib tushayotgan namunalarni qayd daftariga ro‘yxatga oladi, don, un va yorma sifati haqidagi hujjatni jo‘natishda va yuklashda to‘ldiradi.
SHuningdek laboratoriya shtatida smenadan tashqari katta laborant bo‘lishi mumkin. Ular mahsulotni saqlashda va jo‘natishda texno-kimyoviy nazoratni bajaradi yoki ICHTL boshlig‘i o‘rinbosarining vazifasini bajaradi.
Laborant xom ashyo, mahsulot va chiqindilar sifatini baholash bo‘yicha tahlillar qiladi, sifat bo‘yicha bajarilgan tahlillar haqida hujjatlar to‘ldiriladi. Laboratoriya uskunalaridan to‘g‘ri foydalanganligi haqida, ish joyini tozaligini saqlaganligi haqida, sifat bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirgani haqida javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |