Mahsulot sifati darajasini oshirish
Mahsulot sifatini me’yorlash darajasi ko`p vaqt o`zgarishsiz qolishi mumkin emas. Fan va texnika rivojlanishi bilan ishlab chiqarish o`sadi, yangi texnologiyalar joriy qilinadi. Mahsulotni kerakli hususiyatlarini ishlatish kengayadi. Uning sifatiga yangi talablar qo`yiladi.
Halq xo`jaligida mahsulot sifatini oshishi, aholining shu mahsulotga bo`lgan talabini qondiradigan yuqori darajali ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishdan iboratligi bilan aniqlanadi.
Oziq – ovqat mahsuloti sifatini oshishi - bu sotsial – iqdisodiy masalalarni yechish orqali aholi ehtiyojini qondirishni yo`lga qo`yish demakdir. Bunda mehnatkashlarning bo`sh vaqtlari ko`payishi ro`y beradi. Mehnatkashlarni vaqtini tejalishida asosiy rolni mahsulotni qadoqlangan holda ishlab chiqarilishi, tez tayyorlanadigan tayyor mahsulot holda chiqarilishi va aholi uchun qulay qilib qadoqlanishi va boshqalar o`ynaydi. Bunday mahsulotga talab mehnatkashlarning salomatligini saqlash, ish unumini oshirish, vaqtini tejash imkonini yaratadi.
Mahsulot sifatini rejalashda mahsulot ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini aniqlash vazifasi birinchi o`ringa qo`yiladi. Bunga halq ho`jaligida ma’lum bir vaqt mobaynida erishiladi.
Mahsulot me’yoriy va sifat darajasi xom ashyo va materiallarni me’yori mavjud standart va me’yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda o`rnatiladi. Ilgarilayotgan standartlashtirish standartlashtirish ob’ektlari ko`rsatkichlarini boshqarishning asosiy omili hisoblanadi.
Ilgarilayotgan standartlashtirishning ob’ektlari bo`lib, mahsulot va jarayonlarni amal qilish muddati davrida o`zgaradigan ko`rsatkichlari, mahsulot va jarayonlarga qo`yiladigan me’yorlar, qoidalar, shartlar xizmat qiladi.
Mahsulot sifatini doimiy oshirish zaruriyati fan va texnika taraqqiyoti rivojlanishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarishni o`zlashtirilgan usullarini eskirishi bilan izohlanadi. Oziq – ovqat mahsulotlarini eskirishi – bu aholini o`sha mahsulotga talabini pasayishiga va shu mahsulotga raqobat- bardosh yangi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi. Bu sanoatning boshqa tarmoqlari ishlab chiqaradigan mahsulotga nisbatan sekin boradi. Lekin bu kelajakda oziq – ovqat mahsulotlarini iste’mol ko`rsatkichini oshirish va ularning mazalilik xususiyatlarini oshirish muammosini yechilishini ko`zda tutishni talab etadi.
Mahsulotni sifatini oshirishni rejalash fan va texnika taraqqiyotini iste’molchi talablariga mos ravishda to`liq qo`llashni, mahsulotni ishlatish shartlari va belgilanishini, texnika xafsizligi talablarini va iqtisodiy maqsadlarni ko`zda tutadi. Shuning uchun mahsulotni sifatini oshirishdagi vazifalar va amalda qilinadigan ishlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini analiz qilish natijalarini hisobga olib, ishlab chiqiladi. Bu esa halq ho`jaligi taraqqiyotining asosiy yo`nalishlari, texnika rivojlanishi, standarttalablar va mahsulotni sifatini aniqlashda davlat iste’mol talabidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mahsulot sifatini rejalashda korxonaga yoki butun tarmoqqa quyidagi vazifalar qo`yiladi:
- Yuqori sifatli yangi mahsulot xillarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish;
- Yuqori sifatli mahsulotning aniq chiqish miqdorini amalga oshirish. (Yog`-moy sanoati uchun - oliy navli va yuqori sifatga ega bo`lgan mahsulot olish)
- Kelajakda muhim bo`lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish miqdorini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |