Mahsulot sifatini boshqarishda kompleks sistemalar
Mahsulot sifatini sistemali ravishda oshishi (ko`tarilishi) davlatning milliy boyligini oshirishda va iste’molchi talabidagi mahsulot ishlab chiqarishda 1 chi o`rinni tutadi.
Hozirgi ishlab chiqarishda va tarmoqda boshqarishning kompleks sistemasini tashkil qilmasdan turib, mahsulot sifatini oshirish vazifasini, ishlab chiqarishni har bir bo`g`inini xilma-xil elementlarini o`sish natijalarini, uni boshqarish va tashkil qilish qiyinchiliklarini, tarmoqlararo aloqalarni har hil xarakterda ekanligini aniq yechish imkoniyatiga ega bo`lish mumkin emas.
Boshqarishning kompleks sistemalari ko`pincha Oziq-ovqat sanoatida mahsulot saqlash talablari va shartlariga javob beradi. Bu kompleks sistemalar standartlar bo`yicha yuqori boshqarish organi bo`lgan Davlat standart qo`mitasi va «Yog` moy tamaki sanoat» uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Oziq-ovqat mahsulotining sifatini boshqarish mahsulot sifatini oshiradigan quyidagi omilga ta’sir qiladi:
- Xomashyo omillariga;
- Texnik va texnologik omillarga;
Bunga texnologik jarayonlarni texnik jihatdan yuksalish darajasi mashina va apparatlar, texnologik nazorat va sinovlar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari darajasi kiradi.
Tashkil qilish omillari. Bular ishlab chiqarishni mehnat va material resurslari bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni tashkil qilish usullari, hodimlar malakasi darajasi;
Moddiy va ma’naviy rag`batlantirish sistemasi. Aholining farovon turmush darajasi. Bu omillarning bittasini yo`lga qo`yish orqali ishlab chiqarishda mahsulotni sifatini oshirishga erishib bo`lmaydi. Faqat mahsulot sifatini kompleks boshqarish sistemasigina ishlab chiqarishda mahsulotni sifatli qilib olish imkonini yaratadi.
Mahsulotni sifatini boshqarish sistemasini oziq-ovqat sanoatini yaratish quyidagilarga bog`liq bo`ladi; bular qishloq ho`jaligi ishlab chiqargan xom ashyo sifati, yordamchi materiallar sifati, qadoqlash materiallari sifati va boshqalar hisoblanadi.
Bularni tashkil qilish bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Mahsulot sifatini ta’minlash texnologik, metrologik, texnik, iqdisodiy, tashkiliy, ma’lumotlar olinishi va hodimlar jihatidan ta’minlashni o`z ichiga oladi.
Mahsulotsifatinitexnologikta’minlash o`zichigaquyidagitalablar majmuasini oladi: Yangi yutuqlarga asoslangan texnologik jarayonlarni takomillashtirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni hamma turlari sifatini uzluksiz ravishda oshirishni ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini hamma bosqichlarida sifatni nazorat qilish sxemalarini tuzish va takomillashtirish.
Metrologik ta’minlash quyidagi tadbirlar majmuasidan iborat: O`lchash vositalari va o`lchovchi asboblarni tanlash va ishlatish qoidasi, yangi uskunalarni metrologik ta’minlash, Davlat standart organlari bilan kelishilgan holda o`lchovchi uskunalar va o`lchash usullarini qo`llashni ta’minlash.
Texnikta’minlash – buishlabchiqarishnihammatexnikvositalaribilanta’minlashdamahsulotsifatiniboshqarishvanazoratqilishtadbirlarimajmuasidir.
Tashkil etish va iqtisodiy ta’minlash – korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotni sifati haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, hisoblash va yig`ish sistemalarini tashkil etish, mahsulotni sifatini oshirish moddiy va ma’naviy sistemalarini tashkil etish, sifatini boshqarish sistemasini joriy qilish orqali iqdisodiy natijalarni hisoblashni va mahsulotni sifatini oshirishda muxandis – texnologlar va ishchilarning mehnat faoliyatlarini baholashni amalga oshiradi.
Ma’lumotlar olishni ta’minlash - izlanish olib borish, analiz va tarmoqda o`zimizdagi va cheteldagi fan-texnika taraqqiyoti haqida ma’lumotlar berish sistemasini yaratish, ma’lumot beradigan materiallar nashr qilish (ekspress ma’lumot obzorlar, referatlar, biliografiya va boshqalar) va tarmoq mutaxassislariga ma’lumotlar xizmatini olib borishda o`z aksini topadi.
Hodimlar jihatidan ta’minlash hodimlarni o`z vaqtida tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini yechish, malakali kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo`ladi.
Ishlab chiqarishni va mahsulot sifatini boshqarish kompleks sistemalari halq xo`jaligida keng tarqalmoqda. Hozirgi vaqtda halq ho`jaligini boshqarish, uning rivojlanishini keng yo`lga qo`yish, bu tarmoqni hamma elementlarini eng maqbul tarzda muvozanatlashni faqat boshqarishni uzluksiz ravishda takomillashtirish usullarini yo`lga qo`yish orqali amalga oshirish mumkin. Shuning uchun mahsulot sifatini boshqarishni kompleks sistemalari va ishlab chiqarishni bir butun takomillashuvi davom etmoqda va boshqarishning eng maqbul yo`llari izlanishi davom etmoqda.
Oziq-ovqat mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini doimiy oshirish zaruriyati fan va texnika taraqqiyoti rivojlanishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirilgan usullarini eskirishi bilan izohlanadi. Oziq – ovqat mahsulotlarini eskirishi – bu aholini o‘sha mahsulotga talabini pasayishiga va shu mahsulotga raqobat- bardosh yangi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi. Bu sanoatning boshqa tarmoqlari ishlab chiqaradigan mahsulotga nisbatan sekin boradi. Lekin bu kelajakda oziq – ovqat mahsulotlarini iste’mol ko‘rsatkichini oshirish va ularning mazalilik xususiyatlarini oshirish muammosini echilishini ko‘zda tutishni talab etadi.
Mahsulotni sifatini oshirishni rejalash fan va texnika taraqqiyotini iste’molchi talablariga mos ravishda to‘liq qo‘llashni, mahsulotni ishlatish shartlari va belgilanishini, texnika xafsizligi talablarini va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. SHuning uchun mahsulotni sifatini oshirishdagi vazifalar va amalda qilinadigan ishlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini analiz qilish natijalarini hisobga olib, ishlab chiqiladi. Bu esa halq ho‘jaligi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, texnika rivojlanishi, standart talablar va mahsulotni sifatini aniqlashda davlat iste’mol talabidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mahsulot sifatini rejalashda korxonaga yoki butun tarmoqqa quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- Yuqori sifatli yangi mahsulot xillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
- Yuqori sifatli mahsulotning aniq chiqish miqdorini amalga oshirish. (YOg‘-moy sanoati uchun - oliy navli va yuqori sifatga ega bo‘lgan mahsulot olish)
- Kelajakda muhim bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish miqdorini oshirish.
Mahsulot sifati ko`rsatkichlari – uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bilan bog`liq ma’lum sifat ko`rsatkichlari parametrlarining miqdoriy o`lchamini ifodalaydi. Qishloq xo`jaligida bunday ko`rsatkichlarga qishloq xo`jalikmahsulotlari bo`yicha ularning foydalilik darajasi, texnologik parametrlari, standartlashtirish xususiyatlari, ishonchliligi, ekologik tozaligi, to`yimliligi kabi ko`rsatkichlar kirsa, paxta xomashyosida uning navlari, turi, tola va chigit chiqish nisbati, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi ko`rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin.
Ko`pchilik sifat ko`rsatkichlari mahsulot xususiyatlarining parametrlaridan tashkil topadi. Sifat ko`rsatkichlari muayyan mahsulotning iste’mol xususiyatlariga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin. Qo`yilgan maqsaddan kelib chiqib, mahsulot sifatini baholashga imkon beruvchi ko`rsatkichlarni belgilari bo`yicha turkumlash mumkin:
Ifodalanish miqdori bo`yicha:
yakka ko`rsatkichlar;
kompleks ko`rsatkichlar.
Xususiyatlari bo`yicha:
iste’molga yaroqlilik darajasini ifodalovchi;
ishonchliligini baholovchi;
foydaliligini baholovchi;
tejamliligini ifodalovchi;
to`yimliligini baholovchi;
mustahkamligini baholovchi;
texnologik parametrlarini baholovchi;
ekologik xavfsizligini baholovchi va boshqalar.
Ifodalash usuli jihatidan:
natural ko`rsatkichlar (%, sm, kg va boshqalarda);
qiymat ko`rsatkichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |