MA’RUZA-1
Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. Kompyuter tarmoqlarining protokollari,
ilovalar va texnologiyalar haqida umumiy tushinchalar.
Reja:
1. «Kompyuter tarmoqlari» fanining pridmeti va vazifalari;
2. Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari.
3. Tarmoqning dasturiy ta’minoti;
4.Kompyuter tarmog’ining umumlashgan tuzilmasi;
5. Ma’lumotlarni taqsimlab va qayta ishlash;
1. «Kompyuter tarmoqlari» fanining pridmeti va vazifalari.
Fanni o’qitishdan maqsad
– kompyuter tarmoqlari qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va
ishlatilishi, xamda kompyuter tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan
nosozliklarni
bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi
- zamonaviy kompyuter tarmoqlarining funksional va strukturaviy
tuzilishlari, kompyuter tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy
tarmoq texnologiyalari va
ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.
2. Tarmoqlarning tasniflanishi va ularni qo’llash xususiyatlari.
Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini
ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter
tarmogi hisoblanmish Internet misolida yaqqol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali o’zaro
bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi. Bu tarmoq undan
foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i
resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Tarmoqlar tasnifi
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan
tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab
oladi va
ko’pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini
birlashtiruvchi aloqa tarmog’i xisoblanadi.
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaxarlari,
viloyatlaridagi
foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan
foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin
binolaridagi
abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha
tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin.
Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish
kanali
bilan bog’langan bo’ladi.