1.8. KIMIYOVIY TOLALI GAZLAMALARNI OLINISHI.
Kimyoviy tolalar — tabiiy va sintetik pslimerlardan olinadigan tolalar. Dastlabki xom ashyoga qarab sintetik (sintetik polimerlardan olinadigan) va sun’iy (tabiiy polimerlardai olinadigan) turlarga bulinadi. Anorganik birikmalardan olinadigan tolalar (shisha, metall, bazalt, kvars tolalari)ni ham ba’zan kimiyoviy tolalarga qushishadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan kimiyoviy tolalar turlari: 1) uzun yakka tola; 2) shtapel tola (ingichka tolalarning kalta bulaklari); 3) filament iplar (bir talay ingichka va juda uzun tolalarning eshilgan tutami). Kimiyoviy tolalar qanday maqsad uchun ishlatilishiga qarab tuqimachilik va texnika iplariga bulinadi. Ularning kupchiligi pishiq, g‘ijimlanmaydi, yorug‘lik, namlik, zamburug‘lar. bakteriyalar. kimyoviy moddalar va issiq ta’siriga chidamli. Kimiyoviy tolalarni tabiiy tolalarga aralashtirib ishlatish mumkin. Kimiyoviy tolalarni ishlab chiqarish uchun elastik va uzun, tarmoksiz yoki kam tarmoqlangan, makromolekula hosil qiluvchi polimerlargina yaraydi. Bu tolalar yetarlicha katta molekulyar og‘irlikka ega bulib eritilganda va qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlana oladi. Kimyoviy tolalarni chiqarish jarayoni: 1) yigiriladigan eritmalar tayyorlash; 2) tola olish va tolaga shakl berish; 3) tolani pardozlash operasiyalaridai iborat. Kimyoviy tolalar arzonga tushadigan va sifati tabiiy tolalarga nisbatan yaxshi bo’lgani uchun tobora kup ishlab chiqarilmok,da.2000 yilda butun dunyoda tayyorlangan hamma tolalar hajmining 40% (7,287 mln. t) kimyoviy tolalarga tug‘ri keldi. Turli sohada kimyoviy tolalar tabiiy ipak, zig‘ir tolasi va jun urnida ishlatilmoqda. 1980 yilda kimyoviy tolalar ishlab chiqarish 9 mln. t ga, 2000 yilda esa 20 mln. t ga yetdi. O’zbekistonda ham kimyo sanoatining kimyoviy tolalar ishlab chiqaradigan tarmog‘i kengaytirilmoqda. Chunonchi, Farg‘onada asetat ipak (sun’iy tola), Navoiyda nitron tolasi (jun urnida ishlatiladigan sintetik tola) zavodi bor. Bu shaharlarda 2 sellyuloza asetatlar zavodi kengaytiriladi. Sellyuloza asetatlardan esa diasetat va triasetat kabi sun’iy tolalar ishlab chiqariladi. 111 va IV tipdagi paxta linti xom ashyo sifatida ishlatiladi. Sellyuloza pa akrilonitril asosida siantisellyuloza, ukdan esa sellonitron tola olinadi. Medisina maqsadlari uchun suvi eriydigan asetat tolalar ham yaratilmoqda. Ular karboksimetiliyellyulozadan yoki selleloza asetatii kislotada gidrolizlab olinadi.
Kimyoviy tolalarni olish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Sun’iy tolalar tabiiy organik polimerlardan olinadigan kimyoviy tolalar. Viskoza tolalari, mis-ammiak tolalari, asetat tolalar, ossilli sun’iy tolalar S. t. dir. Gidratsellyulozalardai iborat viskoza va mis-ammiak tolalari gidratsellyuloza tolalari deb yuritiladi. Viskoza, mis-ammiak va asetat tolalari sellyulozad,an olinadi. Oqsil tolalari usimlik va hayvon oqsilidan (maye, zein, kazein) olinadi.
Tolalarni olish uchun xomashyoni tayyorlash. Sun'iy tolalarni ihlab chiqarishda xomashyo sifatida paxtadan yoki daraxtlardan ajratilgan sellyuloza, ba'zi bir oqsil moddalar ishlatiladi. Sintetik tolalarni olish uchun quyi molekulali moddalardan sintez yo‘li bllan polimerlar ishlab chiqariladi.
Yigiruv eritmasini tayyorlash. Polimerlar doim qattiq jism bo‘lganligi tufayli ulardan tola olish imkoniyatini yaratish uchun ularni suyuqlik, eritma yoki yumshaytirilgan holatga keltirishadi. Sun'iy tolalar odatdagicha suyuqliklardan, sintetik tolalar esa critmalardan yoki yumshatilgan poliamidlardan ishlab chiqariladi.
Tolalarni shakllantirish (yigirish). Jarayonning bu bosqichida yigiruv eritmasi bosim kuchi yordamida filera degan maxsus qalpoqchalarning mayda teshikchalaridan o‘tkaziladi. OUnayotgan kimyoviy tolalarning turi, yo‘g‘onligi, ko‘ndalang kesimining ko‘rinishi fileralar teshiklarining soniga, diametriga, shakliga bog‘liq. Filerada bitta teshik bo‘lsa, yakka tola hosil bo‘ladi. Filerada 24—50 tagacha teshik bo‘lsa, u holda kompleks tolasi olinadi. Shtapel tolalarni ishlab chiqarish uchun teshiklar soni 40 ming bo‘lgan fileralar qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesimlari har xil ko‘rinishda yoki ichi bo‘sh bo‘lgan tolalarni olish uchun fileralarning teshiklari dumaloq emas, balki turli shaklda bo‘ladi.
Tolalarni shakllantirish ikki usulda o‘tkaziladi. Agar filera teshiklaridan chiqqanlaridan so‘ng eritma oqimlari issiq havo ta'sirida qotib, iplarga aylansa, bu usul quruq shakllantirish deb ataladi. Agar eritma oqimlarini qotirib iplarga aylantirishi maxsus cho‘ktirish vannalarda o‘tkazilsa, bu usul ho‘I shakllantirish deb ataladi.
Tolalarni pardozlash va to‘qimachilikda qayta ishlashga tayyorlash. Olingan tolalarni pardozlash uchun ular yuviladi, quritiladi, buraladi, oqartiriladi yoki bo‘yaladi, ya'ni ularga to‘qimachilikda qayta ishlash uchun talab qilinayotgan xususiyatlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |