Oliy va O‘rta maxsus ta’limi vazirligi nashrga tavsiya etadi
ISBN: 978-9943-10-760-1
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012
KIRISH
Kasb-hunar kollejlarida ta’limning amaliy samarasini oshirishga, o‘quv jarayonini muvofiq tashkil qilish, o‘qitish mobaynida ta’limni usul va formalaridan oqilona foydalanish, o‘quv ustaxona va kabinyetlarni talab darajasida jihozlash va ulardan unumli foydalanish, o‘quv dasturlarini milliylikni e’tiborga olgan holda tuzish, milliylik asosida o‘quv darsliklarini yaratish kabi ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Jumladan, kasb ta’limini barcha yo‘nalishlari kabi “Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi” bo‘yicha o‘qitishni samarali tashkil qilishga oid bo‘lgan muammolar qatoriga milliylik va halq xunarmandchiligi g‘oyalari asosida o‘quv jarayonini tashkil qilishga qaratilgan o‘quv dasturlari tuzish va shu asosida o‘quv darsliklari yaratish muammolarini kiritish mumkin.
Hozirgi kunga qadar kasb ta’limini “Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi” bo‘yicha mavjud darsliklarda milliylik va halq hunarmandchiligiga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Shu boisdan ham ushbu darslikka mo‘ljallangan darslikda tuzuvchilar o‘quvchilar o‘zlashtirish qobiliyatini xisobga olgan holda milliylik ruxidagi dars manbalarini va amalietlarni tashkil qilishga uslubiy tavsiya va manbalarni aniq bir tizimga keltirishga harakat qilishgan.
Demak, ushbu darslik qo‘llanmasining ahamiyati o‘rgatishga mo‘ljallangan engil sanoat uchun materialshunoslikka milliy halq xunarmandchiliklarida ishlatiladigan materialshunoslikka oid manbalarni umumlashtirib ma’lum didaktik tamoyil asosida tizimga solishga harakat qilishganligidandir.
Ushbu darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’limi Vazirligining 2011 yil 11 maydagi 192-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning 2011 yil 29 martdagi 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan. Chilangarlik va modellashtirish ishlari fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Shu boisdan servis kasb ta’limining “Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi”ga tegishli tolalardan to‘qimachilik maxsulotlari olish texnologiyasi fani bo‘yicha o‘rgatishga mo‘ljallangan engil sanoatda va halq xunarmandchiligida ishlatiladigan gazlama materiallarni olish texnologiyalariga oid keltirilgan manba materiallariga uslubiy fikrlar, mulohazalar, tuzatishlar, ko‘rsatmalar, tavsiyalar bildirishlarni tuzuvchilar o‘rinli deb xisoblab e’tibor qilganlari uchun minnatdorchilik birdirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |