137
tayyorlagan edi. 1909-yilda e’tiboran esa, nitrosellyuloza o‘rniga
atsetat sellyuloza
dan
tayyorlangan fotoplyonkalar ishlab chiqarila boshlagan. Bunday plyonka nitrosellyuloza
plyonkaga qaraganda yong‘in xavfsizligi jihatdan ishonchliroq material bo‘lib, uni yonishi juda
mushkul. Shu sababli ham keyinchalik bunday plyonkalar ommalashib ketgan.
Bugungi kunga kelib, deyarli barcha foto va videotexnika apparatlari raqamli formatda
ishlamoqda. Hozirda plyonkali fotoapparat yoki, magnit tasmasiga yozilgan videolarni
uchratish tobora mahol bo‘lib bormoqda. Chunki, endi raqamli texnika endilikda ham sifat,
ham tannarxiga ko‘ra bunday eskicha texnikani ortda qoldirdi. Biroq, deyarli butun XX asr
davomida olingan suratlar va kinotasvirlar hammasi aynan o‘shanday
plyonkalarga olingan
edi. Shunga muvofiq, XX-asr davomida qazib olingan va ishlatilgan kumushning asosiy qismi
fotografiya uchun sarflangan.
Kumushning yana bir birikmasi – kumush yodit (unda bittadan kumush va yod atomlari
bo‘ladi) qishloq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alati bir xossaga ega. Yo‘q,
kumush yodit qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi vosita hisoblanmaydi. Bu birikmadan
yomg‘ir chaqirish uchun foydalaniladi! Ha-ha, yanglishmadingiz, kumush yoditdan yomg‘ir
chorlash uchun ishlatiladi. Qadimgi xalq qo‘shig‘idagi «sust xotin, suzma xotin» jumlalari
aynan kumush yoditga atalgan bo‘lsa ajab emas (hazil albatta
). Gap shundaki, kumush
yoditni kukun holida samolyotda bulutlar ustida sochib chiqilsa, bunday kukun tarkibidagi har
bir zarra o‘z atrofida yomg‘ir tomchisi shakllantirishi mumkin bo‘ladi.
Bulutlarga shunday
kukundan sochib yuborilsa, tez orada yomg‘ir boshlanadi. Hozirgi kunda, yomg‘ir chaqirish
uchun «sust xotin» qo‘shig‘ining ilmiy qayta ijrosi shunday desak yanglishmaymiz. Bu narsa,
qurg‘oqchil mintaqalarda va hosilga xavf tug‘ilganda qo‘llansa, kutilgan natijani berishi
mumkin. Faqat, odatda bu ancha qimmatga tushadi. Samolyot ijarasi va uning yoqilg‘isidan
tashqari, kumush yoditning o‘zi ham uncha-muncha pul turadi. Odatda bir maydonga bu usulda
yomg‘ir yog‘dirish, o‘sha maydondan olinadigan hosilning foydasidan qimmatga tushishi
mumkin. Shu sababli ham, mazkur usul o‘ta favqulodda
holatlarda va asosan, cho‘llanish
hududlarida qo‘llanadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, mis va kumush ham chiroyli, qimmat va foydali
elementlardir. Elektr simlarini missiz, XX-asr fotografiyasini kumushsiz tasavvur qilish
mumkin emas.
Xo‘sh, oltinchi? Oltindan naf bormi?
Hafsalangizni pir qilaman. Odatda odamlarni ochko‘zlikka o‘rgatib, vasvasaga
soladigan, aka-uka, qarindosh-urug‘ orasiga adovat solib, ba’zan esa, butun boshli urushlarga
sabab bo‘ladigan bu yaltiroq metalldan aslida amaliy (texnik) naf deyarli yo‘q! Albatta ayrim
juda kichik istisnolarni inobatga olmasa. O‘sha kichik istisnolardan biri –
shishasozlik
yo‘nalishidir. Agar shisha eritilayotganda uning tarkibida oz miqdorda oltin qo‘shib yuborilsa,
bunday shisha pishgach yorqin-qirmizi, yoki, binafsharang tusga kiradi. Binolarning
peshoynalarini dekorativ bezash uchun bunday shishadan foydalanish mumkin albatta. Bunday
shishani shishasozlar «
yoqut shisha
», yoki, «
la’l shisha
» deb atashadi. Xuddi shu maqsad
138
uchun shisha tarkibiga mis qo‘shib yuborilsa, unda mahsulot ko‘kimtir, yoki, yam-yashil bo‘lib
chiqadi.
Oltin – eng oson ishlov beriladigan, yumshoq metalldir. Oddiy bolg‘a bilan bir urib,
oltinni yupqa list ko‘rinishiga keltirish qo‘yish mumkin. Oltinni
shu darajada yupqa qilish
mumkinki, yaxshi texnologlar oltindan atiga 0,0001 mm qalinlikdagi
zarqog‘oz
lar ham
tayyorlay olishadi. Bunday zarqog‘ozlardan odatda «tilla suvi yuritilgan» deyiladigan
buyumlarning sirtini qoplanadi. Masalan, tilla rangda tovlanadigan hajmli harflar bilan yirik
korporatsiyalarning ofislar, yoki, asosiy binolarida ushbu korporatsiyaning nomi shunday
zarhal harflar bilan yozib qo‘yiladi. Bunday harflar bilan terilgan
nomlar juda yorqin va
jilvakor ko‘rinadi. Binoga ulug‘vorlik baxsh etib turadi. Lekin, hozirda oltin rangida
tovlanadigan boshqa sun’iy materiallar ham juda ko‘payib ketgani uchun, endilikda hech kim
qimmatbaho asl oltinda zarhal har termay ham qo‘ygan. Yuqorida ayrib o‘tilganidek, hozirda
hech bir mamlakatda, umumiy muomaladagi tanga pullar ham oltindan zarb etilmay qo‘ygan.
Shundan kelib chiqsak, ushbu metall endilikda faqat zeb-ziynat buyumlari va taqinchoqlar
yasash uchun ishlatilmoqda deyish mumkin. (Albatta, mamlakatlarning iqtisodiyoti va
moliyaviy barqarorligi ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lmish – oltin zaxiralari ham ushbu metallning
asosiy borar joyidir).
Oltinga xos qiziq jihatlardan biri shuki, bu metall ancha og‘ir metall sanaladi. Oltin –
tabiatdagi eng og‘ir moddalardan biridir. Bir xil hajm va sharoitda turgan oltin va po‘lat olinsa,
oltinning vazni po‘latnikidan deyarli 3 barobar og‘ir bo‘lib chiqadi. Qirralari uzunligi 2,5 sm
dan bo‘lgan kub shaklida quyilgan sof temirning og‘irligi 100 grammdan biroz og‘irroq bo‘ladi
xolos. Po‘lat ham deyarli shunday. Shunday kubni misdan quyilsa, u 120 gramm vaznga ega
bo‘ladi. Kumush 150 gramm atrofida bo‘lsa,
oltin esa, 300 gramm tosh bosadi!
Oltinning ushbu fizik xossasidan boxabar bo‘lgan odamni oltin oldi-sotdisida aldash
juda qiyin. Bir paytlar Yevropa xalqlarida g‘alati bir ertak bo‘lardi. Unda qishloqda shaharga
kelgan to‘pori bir yigit, shaharlik mug‘ombir savdogarning nayrangiga uchun, undan «sof
oltindan quyilgan» g‘isht sotib oladi. Aslida esa bu oddiy guvala g‘isht bo‘lib, faqat uning
yuzasiga tilla suvi yuritilgan bo‘ladi. Agar o‘sha bechora qishloqi yigit, g‘isht kattaligidagi sof
oltin quymasi eng kamida 20 kg bo‘lishini bilganida, bunday oson aldanmagan bo‘lardi.
Haqiqatan ham, 65×120×250 mm o‘lchamdagi oddiy g‘ishtning hajmi 1950000 mm
3
bo‘ladi.
Bunday hajmli guvala g‘isht esa taxminan 3 kg tosh bosadi xolos.
Sof oltindan quyilgan
shunday hajmli g‘isht esa, taxminan 20 kg atrofida massaga ega bo‘lishi kerak! Shu sababli,
siz agar kimdir «sof oltin» quymasi ko‘rinishidagi g‘ishtni bir qo‘li bilan ushlab turganini
ko‘rsangiz, bilingki, u hech qanaqasiga oltin emas...