Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

qo‘rg‘oshin monooksidi
ni 
qum va kaliy karbonati bilan birga qizdirish yo‘li bilan olinadi.
Qo‘rg‘oshinning aksariyat birikmalari suvda erimaydi. Faqat, 
qo‘rg‘oshin atsetati

yoki, boshqacha nomi 
qo‘rg‘oshin shakari
bo‘lgan birikmagina bundan mustasno. 
«Qo‘rg‘oshin shakari» deyilishining sababi, ushbu birikma shakar singari shirin ta’mga 
egaligidan bo‘lib, lekin bu juda-juda aldamchi, xiyonatkor shirinlikdir. Chunki, 
qo‘rg‘oshinning barcha birikmalari singari, qo‘rg‘oshin shakari ham zaharli modda bo‘lib, 
salomatlikka jiddiy xavf tug‘diradi.
Qo‘rg‘oshin yaqin o‘tmish zamonlarida ham metall sifatida unchalik katta qadr 
qozonmagan edi (ya’ni, u qimmatbaho metall sifatida qaralmagan). Chunki, uning rangi oltin 
yoki kumush singari jilvalanadigan emas, aksincha, xira va kulrang bo‘lib, boz ustiga, juda 
yumshoq va mo‘rt metall bo‘lgan uchun odamlarni unchalik ham o‘ziga jalb qilmagan. 
Odamlar qo‘rg‘oshinni keraksiz metall deb juda arzon-garov narxlarda oldi-sotdi qilishgan. 
Shekspirning «Venetsiyalik tujjor» asarida qahramonlardan biri – Portsiya ismli ayol qo‘lini 
so‘rab kelgan o‘z oshiqlariga yopiq turgan uchta sandiqchidan birini tanlashni taklif etadi. 
Kimda-kim, ichiga Portsiyaning portreti yashirilgan sandiqchani to‘g‘ri topib, ochsa, ayol 
o‘sha odamga turmushga chiqishini ma’lum qiladi. Tanlash uchun oshiqlarga havola qilingan 
sandiqchalarning biri tilla, ikkinchisi kumushdan bo‘lgan. Tabiiyki, ushbu metallar o‘sha 
zamonlarda boy-badavlatlik va mulkdorlik ramzi edi (hozir ham shunday 

). Uchinchi 
sandiqcha esa qo‘rg‘oshindan yasalgan bo‘lib, o‘sha paytlar bu metall kambag‘allik ramzi 
bo‘lgan. Ehtimol, Portsiya timsoli bilan Shekspir tashqi jilvaga qarab emas, ichki go‘zallikka 
e’tibor qaratish kerakligini shunday tasviriy ifodalamoqchi bo‘lgandir... Chunki, Portsiyaning 
portreti aynan qo‘rg‘oshin sandiqcha ichida bo‘lgan.
O‘tmishda odamlar qo‘rg‘oshinni faqat bitta jihati uchun – uning og‘ir metall ekani 
uchun oz-moz qadrlashgan. Haqiqatan ham, qo‘rg‘oshin temirdan ko‘ra deyarli 50% og‘irroq 
bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin kumushdan ham og‘ir. Lekin, uning og‘irligi oltin va platina metallarining 
og‘irligining yarmichasi ham kelmaydi. Biroq, qadimgi davrlarda nafaqat oddiy odamlar, balki, 
boy-zodagonlar ham oltin yoki platinani ko‘p miqdorda saqlashmagan va ayniqsa, ushbu 
qimmatbaho metallardan og‘irlik manbai (posangi) sifatida foydalanishni tasavvur ham 
qilishmagan. Shu sababli, o‘sha vaqtlarda qo‘rg‘oshin eng og‘ir metall bo‘lib hisoblanib, og‘ir 
narsa bilan bosish, yoki urish talab qilinadigan joylarda aynan qo‘rg‘oshindan tayyorlangan 
vositalardan foydalanishgan. Masalan, ushbu metalldan miltiq va to‘pponcha o‘qlari yasalgan. 
O‘q og‘irroq bo‘lsa, uning o‘ljaga yoki dushmanga yetkazadigan shikasti ham shunga yarasha 
bo‘lgan. Keyinchalik, o‘q-dori tayyorlashda qo‘rg‘oshinga biroz mishyak aralashtirilsa, o‘q 
qattiqroq bo‘lishi aniqlangan va shunday o‘qlar ishlab chiqarila boshlagan.
Qo‘rg‘oshinku mayli, ko‘p joyda arzon ruda holida mavjud bo‘lgani va metallning o‘zi 
odamlarni o‘ziga unchalik jalb qilmagani uchun, ancha arzon va qadrsiz metall bo‘lib yurgan. 


150 
Lekin, unga nisbatan kamyob va ishlab chiqarilish jarayoni murakkabroq bo‘lgan qalay ham 
o‘tmishda negadir o‘ziga munosib qadr topmagan.
Qo‘rg‘oshinning foydali jihatlaridan biri shundaki, u atiga 328 °C dayoq eriydi. 
Metallar uchun bu nihoyatda past erish harorati sanaladi. Qalay esa undan ham past haroratda, 
ya’ni, 232 °C da eriydi. Mazkur ikki metall qotishmasi esa yanada past haroratdayoq eriy 
boshlaydi va shu xossasiga ko‘ra kimyo va fizika tajribaxonalarida qadrlanadi.
Texnikada oson eriydigan qotishmalarga muntazam ehtiyoj mavjud. Oson eriydigan 
qotishmalar tarkibida vismut, yoki, surma mavjud bo‘ladi. Shuningdek, aksariyat oson 
eruvchan qotishma tarkibida albatta qo‘rg‘oshin va qalay ham, yoki, bir vaqtning o‘zida 
ularning ikkisi ham mavjud bo‘ladi. Masalan, Vud qotishmasi 50% vismut, 25% qo‘rg‘oshin 
va 12,5% qalaydan tashkil topgan bo‘ladi. Gart nomli qotishmada esa 5% surma, 3% qalay va 
82% qo‘rg‘oshin bo‘ladi.
Bir paytlar qalay va qo‘rg‘oshin qotishmasidan arzon idishlar ishlab chiqarishni ham 
yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Bunday idish tarkibining asosiy qismini qalay tashkil qilgan. 
Lekin, bu tajriba o‘zini oqlamadi va keyinchalik o‘z-o‘zidan tinchib ketdi.
Qalay va qo‘rg‘oshinni turli proporsiyalarda aralashtirish orqali 
payvandlash vositasi
tayyorlanadi. Oson eriydigan va yumshoq payvand vositasi elektronika platalaridagi 
yo‘laklarda va asosan, elektronika-mikroelektronika sxemalarida payvandlash uchun 
ishlatiladi. Payvandlagich (payalnik) orqali bunday qotishmani qizdirib, keyin kerakli joyni 
ulash mumkin. Payvand modda sovigach, qotadi va ulangan qismga mahkam yopishadi. 
Bunday modda elektr tokini yaxshi o‘tkazgani bois, elektrotexnika va maishiy texnika ishlab 
chiqaruvchilari va tuzatuvchi ustalarining ish stolidan muntazam va muqim joy olgan.
Davriy jadvalda kremniy va qalayning oralig‘ida atom raqami 32 
bo‘lgan 
germaniy
elementi joylashgan. Uni 1886-yilda olmon kimyogari 
Klemens Aleksandr Vinkler (1838-1904) tomonidan kashf etilgan. 
Vinkler o‘zi kashf etgan ushbu metallni vatani Germaniya sharafiga 
shunday nomlagan.
Germaniyning kashf etilish tarixi ham qiziq. 1869-yilda rus kimyogari D.I. Mendeleyev 
kimyoviy element davriy jadvalini ishlab chiqdi va undagi bitta ustunda joylashgan elementlar 
o‘zaro o‘xshash kimyoviy xossalarga ega bo‘lishini fahmlab qoldi. O‘sha paytda kimyoviy 
elementlarning hammasi ham kimyogarlarga ma’lum emasdi va ularning aksariyatining 
mavjudligini olimlar taxmin ham qilishmasdi. Biroq, Mendeleyev davriy jadvalida bo‘sh 
kataklar bo‘lib, bu tabiatda hali kashf etilmagan elementlar mavjudligini bildirgan. 
1871-yilda Mendeleyev davriy jadvaldagi bo‘sh kataklar bir kun kelib albatta to‘lishini, 
ya’ni, hali olimlarga noma’lum elementlar albatta kashf etilishini ma’lum qildi. Misol sifatida 
uchun uchta bo‘sh katakni ko‘rsatib, ushbu kataklarni to‘ldirishi lozim bo‘lgan elementlar 


151 
qanday xossalarga ega bo‘lishi haqida aniq ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirdi. U jumladan, 
qalay va kremniy orasida joylashishi lozim bo‘lgan va hozircha kashf etilmagan element haqida 
ham gapirib o‘tgan. Mendeleyevning o‘zi o‘sha hozircha noma’lum elementni 
ekakremniy 
deb 
nomlagan. Eka – sanskrticha so‘z bo‘lib, 1 raqamini bildiradi. «Ekakremniy» atamasi esa, 
«
kremniydan keyingi birinchi element
» degani bo‘lgan. U mazkur elementning taxminiy 
xossalarini, kremniy va qalaynikidan kelib chiqib aytib bergan.
Tez orada, Mendeleyev bashorat qilgan o‘sha uchala element haqiqatan ham kashf 
etildi va ularning kimyoviy va fizik xossalari u olim bashorat qilgani bilan bir xil bo‘lib chiqdi. 
O‘sha uchun element ichida eng oxirgi bo‘lib germaniy kashf qilingan va shu orqali, davriy 
jadvalning to‘g‘ri ekani va Mendeleyevning haq ekani qat’iy isbotlangan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, germaniy elementi butun dunyoni o‘zgartirib 
yuborgan kashfiyotlardan biri uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Germaniyga maxsus birikmalar 
qo‘shilsa, u muayyan sharoitlarda elektr tokini faqat bir tarafga o‘tkazadigan bo‘lib qoladi. 
Boshqacha aytganda, u 
yarimo‘tkazgich
hamda, 
kuchaytirgich
sifatida ishlay boshlaydi. 
Bunda, germaniy zaif toklarni kuchaytirib beradi va elektronika sxemalarida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Biroq, buning uchun germaniy bo‘lagi imkon qadar sof bo‘lishi kerak va unda 
ayniqsa mishyak aralashmagan bo‘lishi kerak. Milliarddan bir qism mishyak ham 
germaniyning tokni kuchaytirish va yarimo‘tkazgich xossalarini chippakka chiqaradi. 
Germaniyning ushbu o‘ta muhim xossasidan elektronika va mikroelektronikadagi eng muhim 
elementlardan biri bo‘lgan – tranzistorlarni tayyorlashda foydalaniladi. Tranzistorlar esa – 
axborot asrini boshlab bergan va insoniyat sivilizatsiyani yangi yo‘nalishga – axborotlashtirish 
erasiga burib yuborgan eng buyuk ixtirolardan biridir.


152 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish