Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

barometr
deyiladi. Atmosfera bosimi aynan barometr bilan 
o‘lchanadi. Ob-havo ma’lumotlari orasida atmosfera bosimi qayd etib o‘tilganda, uning 
ko‘rsatkichlari millimetrlargacha aniqlikda aytilayotganini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Simob 
ustuni balandligi 760 mm bo‘lganda (dengiz sathida) o‘zi turgan idish tubiga, 1 atmosfera 
bosimiga teng bosim beradi. Shunga asoslanib, atmosfera bosimi va unga yaqin boshqa bosim 
kattaliklarini simob ustuni o‘lchov birligida ifodalash ham mumkin.
Simob atmosfera bosimini o‘lchashdan tashqari, haroratni o‘lchash asboblarida ham 
keng qo‘llanadi. Barcha moddalar singari, simob ham harorat oshganda kengayadi va 
soviganda torayadi. Simobning issiqlik ta’sirida kengayishi va sovuqlik ta’sirida zichligining 
ortishi – bir tekis va barqaror kechadi. Shu sababli, harorat o‘lchash texnikasida boshqa 
moddalardan ko‘ra simobdan foydalanish samaraliroq sanaladi. Shu sababli ham
hammamizning uyimizdagi dori qutichada turadigan 
termometr
ichida aynan simob bo‘ladi. 
Simobning yana bir muhim xossasi shisha nayli termometrlarni aynan simob bilan to‘ldirish 
uchun asos bo‘lgan. Gap shundaki, simob shishaga yopishmaydi va ishqalanmaydi. Shu 
sababli, simob bilan to‘ldirilgan shisha naycha ichida simob yopishib qolmasdan pastga va 
yuqoriga erkin harakatlanaveradi.


154 
Simob metall bo‘lgan sababli, u elektr tokini o‘tkazadigan modda sanaladi. Uning bu 
xususiyati ham elektrotexnikada ajoyib yechimlar uchun xizmat qiladi. Masalan, qat’iy 
gorizontal turadigan trubka ichiga simob quyib, uni har ikki tomoniga elektr kontaktlari ulansa, 
undan elektr zanjirlarini uzib-ulaydigan (o‘chirib-yoqadigan) uskuna sifatida foydalanish 
mumkin. Masalan, bunday trubkani biror elektr zanjir uchun dastak-kalit sifatida qo‘llansa, 
dastakni o‘ng tomonga qiyalatganda trubka ichidagi simob oqib kelib elektr kontaktlarni bir-
biriga ulaydi va zanjirda tok oqa boshlaydi. Trubkani yana gorizontal holatga keltirilsa simob 
qaytib oqib ketadi va kontakt uziladi. Bunday dastak-kalitlar shovqinsiz ishlashi bilan ham 
ahamiyatli bo‘ladi.
Biroq, simob haqida gap ketganda shuni ham alohida ta’kidlash shartki, simob va uning 
birikmalari zaharli hisoblanadi. Simob hatto qo‘rg‘oshindan ham zaharliroqdir. U atiga 357 °C 
dayoq qaynaydi. Bu esa, metallar orasida eng past qaynash harorati sanaladi. Lekin, bundan 
ham pastroq, oddiy xona harorat va yozgi issiq haroratlarda ham simob juda sekinlik bilan 
bo‘lsa-da, harholda muntazam bug‘lanib turadi. Simobning bug‘lari ham juda zaharli bo‘lib, 
kumulyativ effektga egadir. Shu sababli ham, kimyogarlar simob bilan ishlashda va ayniqsa 
uni qizdirishda, maxsus shkafdan foydalanishadi. Bunda simob o‘sha shkaf ichida tutib turiladi. 
Shkaf esa har qanday bug‘larni zudlik bilan boshqa kameraga o‘tkazadigan so‘rish 
moslamasiga ega bo‘ladi.
Simob ko‘plab metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Simobning boshqa metallar bilan 
qotishmasini 
amalgamma
deyiladi. Masalan, kumush va simob qotishmasi 
kumush 
amalgammasi 
deyiladi. Kumush amalgamma erigan holatdan biror qolipga quyilsa, u bir necha 
daqiqa muddatda xuddi loy kabi yumshoq holda turaveradi. Bu holatda unga shakl berib, biror 
ko‘rinishga keltirish mumkin. Keyin u qotadi va o‘ziga berilgan shakni mustahkam saqlab 
qoladi. Tish davolovchi vrachlar tishlardagi kovraklar o‘rniga shunday kumush 
amalgammasidan to‘ldirish orqali kovaklarni berkitadilar. Albatta, tish shifokorlari 
qo‘llaydigan kumush amalgammada kumush va simobdan tashqari yana qalay, mis va rux ham 
mavjud bo‘ladi. Lekin, bunday amalgammada baribir asosiy o‘rinni simob egallaydi. Simob 
atomlari kumush atomlarini mustahkam bog‘lab tutib turadi. Natijada, so‘lak, havo, namlik, 
issiqlik va og‘izdagi bakteriyalar ta’sirida yemirilmaydigan, mustahkam qobiq paydo bo‘ladi. 
Bunday qopib, yoki qoplama tishlarga ham yaxshi o‘rnashadi va salomatlikka ziyon 
yetkazmaydi.
Tish davolash texnikasida shuningdek oltin amalgammasi ham qo‘llaniladi. Simob oltin 
bilan ham tez va oson aralashib, qotishma hosil qiladi. Shu sababli, simob to‘kilgan joyga tilla 
buyumlarni yaqinlashtirmagan ma’qul. Ayniqsa barmoqlardagi tilla uzuklar bilan simobga 
tegib ketilsa, qimmatbaho taqinchoqlarning sifati darhol buziladi. Simob bilan ta’sirlashgan 
tilla taqinchoq o‘zining yarqiroq jilvasini darhol yo‘qotib, xira va nursiz bo‘lib qoladi.
Amalgammalar kimyogar mutaxassislar tomonidan ham keng qo‘llaniladi. Masalan, 
metall natriy o‘ta faol modda bo‘lib, u bilan ishlashda juda xushyor bo‘lish talab etiladi. Shu 
sababli, kimyogarlar 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish